89
= 0,5786x10-
3m
) barmoqdan tortib to tosh va yog‘och (l yog‘och = 9000 m = 9 km)gacha bo'lgan
o'lchov birliklarini o'z ichiga olgan tizim paydo bo‘ldi.
№ Uzunlik o'lchov birliklari
Birliklarning
qari
bo'yicha birliklari
Birliklarning XBT bo'yicha
qiymatlari.
1 1 ishchi ot yoli
1/864
0,5786mm = 0,5786x10-
3m
2 1 arpa doni=6 ishchi ot yoli
1/144
3,472mm=3,472xl0-
3m
3 1 barmoq =6 arpa doni
1/24
20,832 mm=20,832x 10
3m
4 1 tutam = 4 barmoq
1/6
83,328 mm+83,33x10
3m
5 1 qari = 6 tutam
1
499,968 mm 0,5 m
6 1 qadam= 1 yo'l qari = l,5qari
1,5
74,9952 mm 0,75 m
7 1 chaqirim 1200 qadam= 1200 yo'l
qari=1800 qari
1800
900m =0,9 km
8 1 shar =4000 qadam
6000
3000m = 3 km
9 1 tosh =8000 qadam
12000
6000 m = 6 km
10 1 yog'och /yig'och/ 12000 qadam
18000
9000 m=9 km
(Jadval N.Axrorov kitobidan olingan).
Shona uchi-uzunlik o'lchovi; Farg'ona viloyatida gaz o'lchov birligini aniqlashda
qo'llaniladi. Qiymati qo'lning 4 ta barmog‘i eniga (taxm-6-7 sm ga) teng.
Tanob - Eron va O'rta Osiyo davlatlarida, xususan, O'zbekiston hududida qo'llanilgan
uzunlik o'lchov birligi. 17-asrda qiymati 399 m ga teng bo'lgan; yer maydonini o'lchash uchun
qo'llanilgan yuza birligi o‘rtacha qiymati 60x60 kv gazga teng. Biroq o'lchami har xil bo'lgani
uchun tanobning o'lchami har xil bo'ladi: a) 1 gaz = 68,86 sm bo'lganda, 1 tanob =1707, 1 kv.m
bo'lsa, 1 gaz = 70,68 sm bo'lganda 1 tanob =1798,44 kv.m bo'ladi; b) 1 gaz = 88,9 sm ga teng
bo'lganda 1 tanob = 2845,1562 kv.m bo'ladi;
v) gaz = 40 barmoq = 40x2,18 =87,2 sm bo'lgandagi qiymat bo'yicha aniqlangan
2737,38 kv.m ga teng bo'lgan; g) 1 gaz = 106,68 sm bo'yicha aniqlangan. Tanob 4097,027 kv.m
ga teng bo'lgan.
Tanob o'lchovi qiymatlari o'lkamizning turli joylarida qanday bo'lgan quyida ifodasini
topgan: Xorazmda 1 tanob tomonlari 60 gazdan bo'lgan maydonga teng, ya‘ni 1 tanob = (60x60)
gaz = 3600 kv. gaz. Tanobning yarmi -yarim tanob, to'rtdan bir ulushi o‘nsir, sakkizdan bir
bo'lagi 40 agra deyilgan. (1/8 Tanob =40 ag‘ra ); tanobning 16 qismi (1/16 tanob=20 ag'ra ) 20
ag'ra deyilgan va h.k mayda qiymatlarga bo'lingan.
Bu tanob 1 gaz =106,68 sm hisobida olingan bo'lib , u metrlarda 1 tanob = 3600 kv gaz =
4097,025 kv.m ga teng bo'ladi. Umuman Xorazmda gaz o'lchamini 1 gaz= 106 sm yoki gaz 58 -
59 sm qilib olinishiga qarab, asosan ikki xil qiymatli tanob qo'llaniladi.
Ulardan birinchisi 1 gaz = 106 sm da, 1 tanob = 3600 kv.gaz = 4044,96 kv.m bo‘lsa,
ikkinchisi 1 gaz = 58 - 59 sm da. 1 tanob =3600 kv gaz = (1211,04-1253,16) kv. m bo‘ldi.
Buxoro va Samarqandda 1 tanob = 4097,02 kv.m bo'lib, u 1 gaz = 106,68 sm. bo'yicha
aniqlangan. Tanobni hisoblashda «shox gazi» va «xon gazi» (1 gaz =106,68 sm qo'llanilgan.
1872 -yil ma'lumotlariga qaraganda, Samarqandda 1 tanob = 1820,9 kv.m bo'lgan (bunda 1 gaz
= 71,12sm). 1874 yil ma'lumotlariga ko'ra Zarafshonda 1 tanob=2845,1562 kv.m bo'lgan (bunda
1 gaz = 88,9 sm). 1927 yil ma'lumotlariga ko'ra Buxoro va Samarqandda 1 tanob = 2737,38 kv.m
bo'lgan. (bunda 1 gaz = 40 barmoq 40x2,18sm=87,2 sm). Yuqorida keltirilgan tanob o'lchov
birliklaridan Samarqand va Buxoroda, Zarafshon vodiysida, shuningdek, Xo'jand atrofida eng
ko'p qo'llanilgan gaz= 88,9 sm bo'yicha hisoblanilgan. 1 tanob = (60x60) gaz =2845,1562 kv.m
Do'stlaringiz bilan baham: |