Chaqirim (chaqirmoq so'zidan ) - uzunlik o'lchov birligi. Qadimdan O'rta Osiyo katta
masofalarni o'lchash uchun qo'llanilib kelingan. Qiymati 1200 qadamga teng. Agar bir qadam
o'rtacha 0,75 m ekanligini hisobga olinsa, unda 1 chaqirim = 1200x0,75=900m=0,4 km ga teng
bo'ladi. Biroq 19-asrning oxiri va undan keyingi vafftlarda chop etilgan adabiyotlarda 1 chaqirim
1500 gazga, ya'ni 1500 olchinga teng ekanligi to'g'risida ham ma'lumotlar uchrab turadi. Bunda
gaz va olchinlarning o'zaro tengligi, shuningdek, ularning 0,71 : 0,72 m ekanligi hisobga olinsa,
unda 1 chaqirim =1500(0,71-0,72)=l,065-l,08 km bo'ladi.
Umuman Chor Rossiyasining 1894 yilda rus o'lchov birligiga o'tish to'g'risidagi
ko'rsatmasi chiqqan davrgacha 1 chaqirim = 0,9 km,ko'rsatma chiqqandan keyin 1 chaqirim
=1,06-1,08 km ga teng bo'lgan. Hozirgi vaqtda esa 1 chaqirim deganda 1 km tushuniladi.
‖O'zbekiston xalqlari tarixi‖ kitobida VII-asrda shaharlar unchalik katta emas edi, masalan,
Afrosiyob harobalari 3,5 chaqirim (1 chaqirim -1,6 km) atrofida bo'lgan deb yozilgan.
Gaz -1) Uzunlik va masofalarni o'lchashdagi asosiy o'lchov birligi; arshinning o'zginasi
O'rta Osiyoning, shu jumladan O'zbekistonning ba'zi joydarida zar deb ham yuritilgan. Qiymati
0,71 m deb qabul qilingan. Gaz uch xil uslda aniqlangan: 1-usulda o‘zatilgan qo'lning barmoqlar
uchidan yelkagacha bo'lgan masofa (70-75 sm) (birinchisi); kukrakning o'rtasigacha bo'lgan
masofa, (80-90 sm) (ikkinchisi); to ikkinchi yelkagacha bo'lgan masofa (105-110 sm)
(uchinchisi), 2- usulda gazning o'lchami 1 barmoq = 6 arpa doni, 1 arpa doni-6 ishchi otning
yoliga tengligi orqali aniqlanadi. Respublikamiz hududida 1 gaz = 24 barmoq bo'lgan; arag bir
barmoq 2,28 sm bo'lsa, 1 gaz taxminan 52,32 -54,72 sm bo'lgan. 3 -usul bo'yicha gazning
o'lchami mushtum (tutam) orqali aniqlanadi. Bunda bir mushtum 4 barmoqqa tengligi,
shuningdek, bosh barmoqning ko‘tarilgan holatdagi uzunligi 3 barmoqqa tengligidan yangi
uzunlik o'lchov birligi -«mushtum ko'tarilgan bosh barmoq bilan» paydo bo'ladi va u miqdor
jixatidan 7 barmoq qiymatiga teng hisoblanadi. Shulardan: 1 gaz =6 mushtum +1 mushtum
ko'tarilgan bosh barmoq bilan = 6,4 barmoq +7 barmoq =31 barmoq. Demak; bu usulda 1 gaz 31
barmoqqa teng ekan. Endi 1 barmoq o'rtacha 2,18 6- 2,28 sm ga tengligidan 1 gazning qiymati
aniqlandi: 1 gaz = 31 barmoq = 31 x (2,18- 2,28) = 67,586-70,68 sm. Gaz qayerda va nima
uchun qo'llanilishiga qarab uning qiymati har xil bo'ladi: l)Xorazmda gaz ikki xil o'lchovga ega
bo'lgan; yer o'lchash uchun, mato o'ichash uchun, ya'ni 1 yer gazi = 49 barmoq, 1 mato gazi = 28
barmoq ; 1 barmoq Xorazmda 2,078 sm ekanligi hisobga olinsa, 1 yer gazi =101,822 sm;l mato
gazi = 58,184 sm ekanligi kelib chiqadi. Agar 1 barmoqni 2,18 sm ga teng deb olinsa, unda 1 yer
gazi = 49x 2,18 = 106,82 sm; 1 mato gazi = 28x2,18 = 61,04 sm ekanligi kelib chiqadi. Shunday
qilib, Xorazmda yer o'lchash uchun qo'llaniladigan gaz 106-107 sm ga, mato o'lchash uchun
qo'llaniladigan gaz 61 sm ga teng ekan; 2) Buxoroda ham ikki xil gaz o'lchami qo'llanilgan.
52
Zahiriddin Muhammad Bobur .‖Bobumoma‖ T. 1989. 5-50 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |