90
.Bu o‘lchov birliklari to 1927-yillargacha o'zgarmasdan ishlatilgan bo'lsa, undan keyin orasida
uni ishlatish u yer-bu yerlarda davom etaverdi.
Farg'ona vodiysining ko'p joylarida jumladan, Andijon, Farg'ona, Qo'qon Xo'jandda asosan
qiymati 67,58-70,68 sm ya 106 ,82 sm bo'lgan gaz bo'yicha aniqla va 1644,14 kv.m ,1798,44
kv.m qiymatlarga ega bo'lgan tanoblar qo'llanilgan. Jekin jumhuriyat markaziy
boshqarmasining 1927 yil ma'lumotlariga qaraganda, shu joylarda qiymati 1820,9 kv.m bo'lgan
tanoblar ham qo'llanilgan. Bu tanoblarda (1 t = l820,9 kv.m 1 gazning qiymati 71,12 sm qilib
olingan. Mana shu 1 gaz = 71,12 sm bo'lgani uchun, va tanobni ba'zilar 71,12 sm bo'yicha
aniqlangan deb, uni arshinning ruslarda qo'llanilgan qiymati (71,12sm) bilan bog‘lashga
urinadilar. Bu o'lchamli tanob 1927 yil ma'lumotlaridan ancha avval (1872 y) ham amalda
qo'llanilgani to'g'risida bor.
Masalan 1872 yil ma'lumotlariga ko'ra, Samarqandda o'sha davr va undan ancha oldin
qiymati taxm (1820-1821) kv.m bo'lgan tanob qo'llanilgan. Farg'ona vodiysining ba'zi joylarida
esa juda qadimdan qiymati 1820,9 kv.m va 1820,83 kv.m bo'lgan tanoblar qo'llanilgan. Bu
tanoblardan birinchisining qiymati 71,12 sm bo'lgan gaz (l gaz =71,12sm) bilan aniqlangan
bo'lsa, ikkinchisining qiymati esa 71,1186 bo'lgan gaz 1 gaz =71,1186 sm) bilan aniqlangan.
Bulardan ko'rinib turibdiki, uzunlik o'lchovi amalda qo'llaniladigan qiymatlarini ko'pincha
taxminan 52 sm dan 112 sm gacha (1 gaz = 52—112 sm) bo'lgani uchun shunga mos holda yuza
o'lchov birligi tanobning ham 973,44 kv.m dan to 4515,84 kv.m gacha qiymatlari bo'ladi. Mana
shu tanoblardan biri 1820,9 kv.m yoki 1820,83 kv.m qiymatli tanoblardir. O'lkamizning ko'p
joylarida 1 gaz = 71 sm ham qo'llanilgan, bunga mos holda amalda shu gaz qiymati bo'yicha
aniqlangan tanob ( 1 tanob=1814,76 kv m) lar ham qo'llanilgan. Bu qiymat 1 gaz = 71,12 sm
bo'yicha aniqlangan. Tanob qiymati 1820,9 kv.m dan juda kam, atigi 6,14 kv.m ga farq qiladi;
ya'ni bu farq 0,33 foizni tashkil etadi. Bunday xatoga har qanday tanobchi ham yo'l qo'yishi
mumkin. Shunga asosan o'sha davrda hujjat yozganlar keyingi hisoblash ishlari murakkablashib
ketmasligi uchun 1 tanob = 1820,9 kv m ga yaqin bo'lgan tanob qiymatlarini yaxlitlab, 1 tanob
=1820,9 kv.m ko'rinishida yozavergan. Bunga yana asosiy sabablardan bin 1894 yilda e'lon
qilingan hujjatdir. Unda rus o'lchovlarini Turkistonda qo'llash majburiy ekanligi aytilgan. Tanob
ham 1 gaz = 71,12 sm ga mos keladigan qiymatiga yaxlitlanishi, ya'ni 1 tanob = l 820,9 kv.m
qilib olinishi bo'yicha misol bo'la oladi.
Toshkent, Sirdaryo, Xo‘jand, Jizzax, Chimkent, Avliyota hozirgi vaqtda Qozog'istondagi
Jambul viloyati va shunga yaqin joylarda qadimdan asosan 1 gaz =88,9 sm bo'yicha aniqlangan.
1 tanob =2845,1562 kv.m, 1 gaz =70,68 sm bo'yicha aniqlangan. 1 tanob=1798,44 kv.m lar
qo'llanilgan. Lekin 1870 yil ma'lumotlariga qaraganda shu nomlari keltirilgan joylarning ba'zi
yerlarida 1 gaz = 71,12 smorqali aniqlangan 1 tanob = l820,83 kv.m ham qo'llanilgan.
Qashqadaryo viloyatining har bir joyida qo'llanilgan tanob qiymatlari bir – biridan farq qiladi.
Bu farqni ko'rsatish uchun respublika statistika boshqarmasining 1927-yil ma'lumotlaridan
misollar keltirgan.
a) Koson, Beshkent va G'uzor tumanlarida yer yuzasini hisoblashda l gaz = 87,2 sm bilan
aniqlangan. 1 tanob = 2737,38 kv.m qo'llanilgan; b) Shaxrisabz va Yakkabog'ning ba'zi joylarida
yer yuzasini hisoblashda 1 gaz =95,4 sm bilan gniqlangan. 1 tanob = 3276,4 kv m qo'llanilgan;
v) Yakkabog' tumanining asosiy joylarida esa yer yuzasini hisoblashda 1 gaz = 92,73 sm bilan
aniqlangan. 1 tanob = 3095,587 kv.m-3095,6 kv.m qo'llanilgan ; g) Chiroqchi tumanida yer
yo‘zini hisoblashda asosan 1 gaz = 87,2 sm bilan aniqlangan. 1 tanob = 2737,38 kv,m
qo'llanilgan bo'lib , 20-asrning boshlarida (taxm 1920 -yillardan keyin) 1 gaz = 71,12 sm bilan
aniqlangan. 1 tanob = 1820,9 kv m qo'llanila boshlagan. Surxondaryo viloyatida yer yuzasining
o'lchovi sifatida aosan 1 gaz = 39 barmoq =39x2,28 = 88,9 bilan hisoblangan. 1 tanob=
2845,1562 kv.m, shuningdek 1 gaz = 40 barmoq = 40x2,18 = 87,2 sm bilan aniqlangan. 1 tanob
= 2737,38 kv.m lar qo'llanilgan. Respublika statistika boshqarmasining 1927-yil ma'lumotlariga
ham Surxondaryoda yer yuzasini o'lchashda qiymati 2737,38 kv.m bo'lgan tanob qo'llanilgani
to'g'risida xabarlar bo'lgan. Yuqorida keltirilganlarga asosan shuni aytish mumkinki,
respublikaning hamma viloyatlarida yer yuzasini o'lchashda tanob o'lchovi qo'llanilgan va u turli
Do'stlaringiz bilan baham: |