Davlat ekologik ekspertizasi
.
Atrof-muhitni himoyalashning iqtisodiy ahamiyati.
"Ekspertiza" atamasining asl ma‟nosi “tekshiruv”, “tahlil” dir, Ekologik ekspertizani
o‟tkazish tartibi O‟zbekiston Resiublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‟mitasi
tamonidan qabul qilingan maxsus qaror (1993 yil 4 may N:8-TK sonli qaror) asosida
amalga oshiriladi.
Mazkur qaror quyidagilarni belgilaydi:
1. Xalq xo‟jaligi ob‟ektlarini va komplekslarini qurish loyihalari va texnika-iqtisodiy
asoslarini Davlat ekologik ekspertizasidan (DEE) o‟tkazishning bir xil tartibini
belgilaydi.
DEE dan o‟tkazish paytida tomonlar (ya‟ni, buyurtmachi va loyihalash
tashkilotlari)ning vazifalari va javobgarliklarini belgilaydi.
Mazkur qarorni bajarish quyidagi muassasa va tashkilotlar uchun asosiy vazifa
qilib belgilangan:
1. O‟z faoliyatida salbiy ekologik oqibatlarni bartaraf etish yoki ularni engillatishga
jamiyat oldida kafillik beruvchi loyixa-hujjatlarga buyurtma beruvchi tashkilotlar.
2. Loyiha-hujjatlarni ishlab chiquvchiga va buyurtma beruvchiga ekologik xavfsizlikni
ta‟minlashga kafillik beruvchi tashkilotlar.
3. Tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishni nazorat qiluvchi davlat
tashkilotlari.
Atrof-muhit musaffoligini saqlab qolish, atmosfera havosi, suv havzalari, tuproq,
o‟simliklar dunyosi ifloslanishning oldini olish maqsadida yangitdan vujudga
keltiriladigan qanday muhandislik loyihasini uning katta-kichikligidan qat`i nazar avvalo
Davlat ekologik ekspertizasidan o‟tkaziladi. Bu majburiyat 1992 yil 9 dekabrda qabul
qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‟g‟risidagi qonun”da ham yozib quyilgan.
DEE ning maqsadi – xo‟jalik korxonasining tevarak-atrof holatiga nisbatan ekologik
xavfini aniqlash, ushbu xavf darajasining me‟yoriy ko‟rsatgichlarga nisbatan qanchalik
kattaligini baholashdir. DEE dan o‟tkazilishi shart bo‟lgan loyixada tabiatning
ifloslanishi oldini oluvchi chora-tadbirlar ilmiy jihatdan asoslangan bo‟lishi zarur.
DEE sidan sanoat korxonalari, gidrotexnik inshootlar, konlar, shahar qurilishi,
chiqindilar to‟planadigan joylar, ularni ko‟mib yoki yondirib zararsizlantirish maxsus
joylari, kimyoviy moddalar va ular ishlatiladigan hududlar va boshqa xo‟jalik ob‟ektlari
loyihalari albatta o‟tkaziladi. Loyixada xo‟jalik ob‟ektlarining o‟z faoliyati davrida atrof-
muhitga zarar etkazishi oldi olingan bo‟lsa, ya‟ni maxsus tozalash qurilmalari va
inshootlari mavjud bo‟lgan taqdirda, ushbu loyihani amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Tog‟lardagi daryo havzalarida ishga tushirilishi lozim bo‟lgan ma‟dan konlari,
ularning boyitish fabrikalari loyihalari ekologik ekspertizadan maxsus mutaxassislar
ishtirokida o‟tkaziladi. (CHunki bunday nozik loyihalarda texnologik tizim yoki
ma‟danlarni saqlash joylaridan ularning bir qismi soy suvlariga aralashishi butun havzada
noxush oqibatlarga olib kelmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi.
Binobarin, ekspetriza chog‟ida ro‟y berishi mumkin bo‟lgan mazkur noxush hodisaning
qanday oldi olinishi mumkinligi hamma tomonlama chuqur tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |