1. Yangi mahsulotning istiqbolli texnik saviyasini belgilovchi hujjatlar, me‟yoriy-texnik
hujjatlar, me‟yoriy-huquqiy loyihalar.
2. Yangi mahsulotni ishlab chiqishda quyiladigan tabiat muhofazasi me‟yorlari va
talablariga rioya qilishning nazoratini aniqlaydigan, reglamentlaydigan tarmoq me‟yoriy-
texnik hujjatlari.
3. Yangi konkret mahsulotga tegishli texnix xujjatlarning loyihalari,
konstruktorlik va
texnologik hujjatlar, tajriba (tekshirish) natijalari,
shuningdek, ishlab chiqarilayotgan
mahsulotning dastlabki hujjatlar talablariga mos kelishini va uning texnik saviyasini
tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
4. O‟zbekiston Respublikasida va chet elda o‟xshashi (analogi) bo‟lmagan,
prinsipial
yangi mahsulot ishlab chiqarilganda rahbar organlarning topshirig‟iga asosan tabiatni
muhofaza qilish me‟yorlariga rioya qilish rejasiga asosan va tanlov asosida nazorat qilish
tartibiga binoan yangi mahsulot ekspertizadan o‟tkaziladi.
5. Yangi mahsulot ishlab chiqarish jarayonida vazirliklar,
boshqarmalar, korxonalar,
buyurtmachi va hujjatlarni tayyorlovchi tashkilotlar o‟rtasida ekologik masalalar
bo‟yicha kelishmovchilik
kelib chikqanda, respublika hududida pudrat asosida yoki
hamkorlikda qurilayotgan qo‟shma korxonalarga yangi texnika va texnologiyalar,
materiallar va moddalarning ayrim turlari keltirilganda ekspertiza o‟tkazilishi zarur.
Yuqorida ko‟rsatib o‟tilgan hujjatlarni DEE dan o‟tkazish O‟zbekiston
Respublikasi
Bosh Davlat Ekologik Ekspertizasi topshirig‟iga binoan viloyat tabiatni muhofaza qilish
davlat qo‟mitalari ekspertlari tomonidan mas‟ul tashkilotlar vakillarini jalb qilingan holda
amalga oshiriladi.
Yangi texnika va texnologiyalar, materiallar va moddalarni yaratish bo‟yicha hujjatlar
quyidagilardan iborat bo‟lishi kerak:
1. Texnik vazifa.
2. Texnik shartlar loyihasi.
3. Texnik saviya va sifat kartasi.
4. Ekspluatasiya qilish bo‟yicha yo‟riqnoma loyihasi.
5. Yangi mahsulotning texnik vazifasi.
6. Standart.
7. Sanitar-gigienik va tabiatni muhofaza qilish me‟yor va qoidalariga mos kelishi
to‟g‟risidagi ma‟lumotnoma.
8. Rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish dasturi to‟g‟risidagi ma‟lumotnoma.
9. Ekspluatasiya davrida atrof-muhitni
ifloslantiruvchi chiqindilar, tashlamalar va
ularning solishtirma (rejalashtirilgan) miqdori.
10. Chiqindi va tashlamalarni: neytrallash,
ularni ushlab qolish, qayta ishlash yoki
zararsizlantirish usullari va manbalari haqida ma‟lumotnoma.
11. Ishlab chiqarilishi mo‟ljallanayotgan yangi mahsulotning ekspluatasiya qilish
davridagi ekologik oqibatlar (atrof-muhitga ta‟sirini baholash natijalari) to‟g‟risidagi
ma‟lumotnoma.
12. Yangi mahsulotni ishlab chiqayotganda tabiatni muxofaza qilish me‟yorlariga va
talablariga rioya qilinishini nazorat qilish natijalari to‟g‟risidagi tarmoq xulosalari.
Do'stlaringiz bilan baham: