DEE si asosan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‟mitasida
o‟tkaziladi.
DEE ni o‟tkazish uchun me‟yoriy manbalar sifatida quyidagi 3 ta hujjat asos qilib
olinadi:
1. O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Tabiatni
muhofaza qilish to‟g‟risida”gi qonun;
2. O‟zbekiston Ruspublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‟mitasining 1992 yilda
tasdiqlangan xalq xo‟jaligi va komplekslarini qurish uchun maydon tanlashda texnika-
iqtisodiy asoslar va loyihalarni ishlab chiqishda (rekonstruksiyalashda), kengaytirish va
texnik qayta jihozlashda atrof-muhitga ta‟sirini baholash tartibi to‟g‟risidagi yo‟riqnoma
(instruksiya);
3. Korxonalar, binolar va inshootlarni qurish uchun loyiha xujjatlarning tarkibi, ularni
ishlab chiqish va muvofiqlashtirish tartibi to‟g‟risidagi 1.02.01-85 raqamli sanitar me‟yor
va qoidalar yo‟riqnomasi.
Umuman olganda, DEE sini o’tkazish paytida quyidaga masalalarga e’tibor
beriladi:
1. Xo‟jalik faoliyatida vujudga kelgan .ekologik xavf darajasini aniqlash;
2. Tabiatni muqofaza qilish qonun va qoidalari talablariga xo‟jalik faoliyatini mos kelishi
yo kelmasligini baholash;
3. Loyihalarda tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning ilmiy
asoslanganligi va etarliligini aniqlash.
Quyidagi ob‟ektlar DEE sidan o‟tishlari kerak:
1. Ishlab chiqarish kuchlari va xalq xo‟jaligi tarmoqlarini joylashtirish va
kengaytirishning sxemalari va asosiy yo‟nalishlari, konsepsiyalari , davlat rejalari va
loyixalari.
2. Barcha turdagi qurilishlar uchun tanlangan maydonlar, qurilish materiallari, rejadagi va
rejadan oldingi (agar korxonani kengaytirish lozim bo‟lsa) loyixa xujjatlari.
3. Tabiiy resurslardan foydalanish va xo‟jalik faoliyatini belgilovchi instruktiv-uslubiy
loyihalar va me‟yoriy texnik hujjatlari.
4. YAngi moddalar va materiallar yaratish bo‟yicha texnika va texnologiyalar, hujjatlar,
mahsulot standartlari, shu jumladan xorijdan olib keladigan texnika va texnologiyalar,
yangi mahsulotlar, ularning tarkibi va davlat andozalariga mos kelishi hujjatlari.
5. O‟bekiston Respublikasiga keltiradigan va undan olib chiqib ketiladigan mahsulotlar
va kimyoviy moddalar.
6. Ayrim hududlar, alohida joylar va ob‟ektlarning ekologik vaziyatlari.
7. Tabiiy atrof-muhitga salbiy ta‟sir ko‟rsatayotgan ishlab chiqarish qorxonalari va
ularning ob‟ektlari.
Shuni yodda tutish kerakki, har bir loyihaning DEE ijobiy xulosasisiz amalga
oshirish ta‟qiqlanadn. Bundan tashqari, mahsus ahamiyatga ega bo‟lgan xalq xo‟jaligi
muammolarini echishga mo‟ljallangan hujjatlar, xalq xo‟jaligi tarmoqlarining rivojlanish
sxemalari, katta shaharlarning bosh rejasi, davlat dasturlari, yangi texnika va
texnologiyalar, materiallar va moddalar, yirik va murakkab inshootlar, ob‟ektlar va
xomplekslarning loyihalari, ularning texnika-iqgisodiy asoslari DEE dan o‟gkazilishi
lozim. Ushbu ekspertizani mustaqil ravishda bosh kosmos ekspertlari tomonidan va
tabiatni muhofaza qilish davlat qo‟mitasi bo‟limlarining ekspertlari tomonidan ham
o‟tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |