Islom Karimov ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash zamon talabi ekanligi to’g’risida
O’zbekiston xalqi mustaqillikni qo’lga kiritgach, uni iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy ma’naviy jixatdan mustaxkamlash uchun barkamol insonlarga bo’lgan extiyoj nixoyatda kuchayib ketdi. SHuning uchun xam mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab Prezident Islom Karimov Oliy Majlisda qilgan ma’ruzalari, muxbirlarning bu masalaga doir bergan savollariga javoblari xamda boshqa asarlarida sog’lom avlod, barkamol avlod, komil inson xaqida o’z nuqtaiy nazarini bayon etib, xuquqiy demakratik davlat qurish, fuqorolik jamiyatini shakillantirish, bozor iqtisodi munosabatlariga nisbatan beozorroq o’tib olish ko’p jixatdan komil insonni tarbiyalash soxasidagi ishlarim samarasi bilan bog’laydi. Karimov tashabusi bilan “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati ishini zamon talablari darajasida tashkil etishga bosh-qosh bo’lishi, mustaqillikning aloxida yilini ‘Sog’lom avlod yili” deb e’lon qilishi va qator shu kabi tadbirlar tashabbusi bilan chiqishning barchasi negizida yuqoridagi ijtimoiy, tarixiy extiyojlar yotadi.
“Ma’naviy soxasidagi ishlarning pirovard maqsadi,- deydi Islom Abdug’aniyvich, - imon e’toqod butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro ma’naviyatini shakillantirishdir, ya’ni mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarmning bebaxo merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs-komil insonni tarbiyalashdan iborat. Islom Karimov komil inson tushunchasini talqin etar ekanlar, avvalo uning zamonaviy ilmiga, dunyoqarashiga, milliy o’zlikni anglashga, Vatanni, xalqiga sadoqatiga tarixiy xotiraga ega berishga urg’u beradi va odamning baxt – saodatini shunda ko’radi.
“Agar odamning baxti nimada deb so’rasa, men kimki o’z ichki dunyosi, boshqacha aytganda imon – e’tiqodi amriga bo’ysunib yashashga shunday rozilik, qanoat tuysa, shubxasis, ana shunday inson baxtlidir deb javob bergan bo’lardim”, deydi Islom Karimov.
*Darxaqiqat, odam eng kichik xatti – xarakatidan tortib, oily ijtimoiy maqsadga intilishigacha bo’lgan barcha faoliyati avvalo uning miyasida ideal tarzda shakillangach, xarakati shunga muofiq tus oladi. Binobarin, odamzodning ongiga qanday fikr, g’oya nuqtai nazar, olam va unda odamning o’rniga qarashlar” to’g’risidagi bilimlariga muofiq, uning fel-atvori, xatti – xarakati butun faoliyati muayyan tus oladi. “ Xozirgi eng muxim, eng dolzarb vazifa deydi – Prezident, “Jamiyatimiz a’zolarini, avvalom bor voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish ularning qalbida milliy g’oya milliy mafkura, o’z Vataniga mexr-sadoqat tuyg’usining uyg’otish o’zligini anglash milliy va umumbashariy qadryatlar ruxida tarbiyalashdan iborat, “Islom Karimov so’zida davom etib, yana bunday deydi: “ Odamzod qanday tizim qanday muxtda yashamasin bari-bir o’z qalbiga muayyan bir g’oyaga, maqsadga extiyoj sezadi.
Komil inson deganda I. Karimov dunyoviy va diniy bilimlarni egallagan, dindorlikni dunyoviylikka also qarama – qarshi qo’ymaydigan, o’z mustaqil fikriga ega, ijtimoiy – siyosiy xayotda 4 5 faollik ko’rsatadigan, ajdodlarning boy ma’naviy merosidan boxabar, Vatani xalq farovonligi yo’lida jonini fido qilishga tayyor kishilarni nazarda tutadi.
Barkamol avlod tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo’lib kelgan. Biroq dunyo xalqlarining barchasi xam bu xaqda o’ylayvermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma’rifatga, madaniyatga mansub bo’lgan yurtlarning donishmandlari – eng mo’tabar ziyolilar, xukumdorlari, xisoblanganlar. Ularning orasida O’zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimizning o’z o’rni xurmati bor. Bu jaxon xamjamiyati tomonidan qabul qilingan xaqiqatdir. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusida o’z tariximizdan juda ko’p dalillar keltirishimiz mumkin.
Al-Farobiyning “Fozil odamlar shaxri” asaridagi g’oyani yodga oling. Unga ko’ra jamiyatning xar-bir fuqorosi – mansabi, tutgan o’rni, ya’ni kim bo’lishidan qatiiy nazar Fozil kishi. Fozil inson o’z davlatining barcha qonun qoidalarini yaxshi biladi unga amal qiladi, fikrlaydi, o’z kasbining ustasi, lozim bo’lganda Vatani uchun jon fido qiladi.
Fozillar shaxri axolisi bir-biriga xurmatda bo’ladi, ota-ona va farzand, ustoz shogird o’rtasida sharqona nazokat, mexr va extirom bo’ladi. Avvalo bunday fikr yuritishning o’zi bobolarning ma’naviy darajasi naqadar yuksak bo’lganligini va albatta bunday fikr aytish bu borada ko’p asrlik meroslarni o’rganish natijasida vujudga kelishini takitlash joiz. Demak bizning barkamol avlod tarbiyalash xaqidagi niyatimiz uchun ma’naviy asos bor. Millatimiz urf-odatlaridagi, qonidagi ma’rifiy tushunchasi, ilm va bilimga intilishi xislati bir necha ming yillar davomida shakillangan sayqal topgan. Bir so’z bilan aytganda – deb takitlaydi I.A.Karimov, ma’rifatga intilish xalqimizning azaliy vazilatlaridan biridir. Bobolarning shu kabi o’y-fikrlari tildan-tilga ko’chgan. Bunday xalq, ayniqsa yurtboshilar xabardor bo’lishgan. Chunonchi Soxibqiron A.Temur xam buyuk davlat qurishda, ish yuritishda o’tib ketgan bobolarning o’gitlari, davr donishmandlarining maslaxatlari bilan ishlanganligi tarixiy manbalarda ayon. Butun dunyoda malumki o’sha davrda ilm-fan rivoji uchun sharoit yaratilgan. Madaniyat rivojlangan, bugun dunyoni lol etayotgan osmono’par minora-yu masjidlar bunyod etilgan. Bu davlatni barcha davlatlar eng yuqori madaniyat o’chog’i sifatida tan olingan, o’z elchilarini jo’natishgan. Elchilar yuborish maqul davlatni xurmat qilish, tan olish natijasidir.
Amur Temur asos solgan davlatni jaxolat botqog’iga botgan avlodlar tanazulga elitdilar.
Davlatning asosiy – poydevori noto’g’ri qurilgani uchun emas, balki mustaxkam asos ustiga yaxshi pishirishmagan g’ishtlar qing’ir-qiyshiq terilgani bois binoga dars ketdi. Turkiston XIX asrning ikkinchi yarmida o’ziga davlatga maxv bo’ldi. Jaxolat xech qachon ilm-fanni tan olmaydi. Jaxolatning boshida turgan ilmsiz kimsaning tuban dunyoqarashiga xos biqiq “qoidalar” vujudga keladi va boshqalarni unga bo’ysunishiga majburlay boshlaydi. Ilm – fansiz bobolar me’rosini o’rganib, rivojlantirish u yoqda tursin, xatto asrab bo’lmaydi. Shu bois A.Temur davlatchiligi, Farobiyning Fozillar jamiati Ibn Sino tibbiyoti, Xorazmiyning aniq fanlari, Beruniyning Qomusiy ilmi, Ulug’bek – koinotni – xamma – xammasi jaxolat pardasi ortida qoldi, unutildi. Bobolar orzuligicha qolib ketdi.
*Orzu yo’qolsa xayot to’xtagan xisoblanadi. Shu bois bobolar qonidagi shunday orzu XIXasr oxirida bosh ko’tardi. Orzuning paydo bo’lishiga jaxolat sababchi bo’lishligini chor Rassiyasi mustamlakasida yozilib undan qutilish chorasini izlashga tushgan yurt ziyolilari birinchi bo’lib taxlil etildi. Ozodlik uchun o’z jonini tikan millat fidoyisi, Turkiston jadidlarining yetakchisi mufti Maxmudxo’ja Bexbudiy shu jaxolatni keltirib chiqargan millatlarni taxlil qilarkan, shunday xulosaga keladi: “Dunyoda turpoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebaxra millat boshqalarga paymol bo’lur”.
(“Extiyoji millat”, “Samarqand gazetasi, 1913 yil, 26-son). Shu qisqacha iqtibosda “Biz nega mustamlaka bo’lib qoldik” degan savolga javob bor edi.Takitlanayotgan “dunyoviy fan va ilm” bu bir davlatning qudratini, madaniyatini, ma’naviyatini rivojlangan mamlakatlar qatorida saqlab turuvchi omildur. Bunday ilm-fanning rivoji va ta’lim tizimining puxtaligi, fanning rivojlanishi uchun yaratiladigan sharoitdadir. Shu bois Toshkentda Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Buxoroda Fitrat, Qoqonda Ashurali Zoxiriy, Samarqandda Abduqodir Shaxuriy kabi qator jadidlar bu fikrga qo’shilgan xolda ta’lim isloxiga qarashildilar.
Ta’lim isloxiylarini o’rganish jarayonlarida qiziq xolat ko’z oldimizda namoyon bo’ladi. Ma’lumki O’zbekistonning 130 yillik osoratdosh tarixi ikki xil mustamlaka davriga to’g’ri keladi. Birinchi chor Rassiyasi, boshqasi qizil imperiya davri. Bu ikki xil mustamlakachilik siyosati xam yemirilish davrlari bor. Ayni shu davrlarda milliy ozodlik xarakati namoyondalari, yurtning boshidan millat fidoiylari ta’lim isloxati borasida fikrlaganlar, isloxatni amalga oshirish taraqqiyot yo’llarini qidirganlar.
Chor Rassiyasining yemirilish davri maxalliy ziyoliylar – jadidlarning milliy ozodlik xarakatiga to’g’ri keladi. 1917 yilgacha binoan maskur xarakatlarning moxiyatida ta’limni islox qilish, rivojlangan davlatlardagi ilg’or jixatlarni o’zimizga moslab olish, g’oyasini ilgari surishgan, maktablar ochishgan, darsliklar chiqarib bolalarni o’qitishgan.
Ikkinchi – qizil imperiyaning yamirilishi davri ( SSSRning so’ngi yillari) dosh O’zbekiston gazetalari taxlamalarini kuzatganimizda amin bo’ldikki, bunda xam ta’lim isloxatiga asosiy e’tibor qaratilgan. Masalan, o’sha paytda ittifoq iskanjasidagi O’zbekistonga yaqindoshna raxbar bo’lib kelgan. Islom Karimov nutqidan olingan quydagi iqtibos – orzu, fikrimizni isbotlaydi.
“Aytish kerakki, qadrlarni puxtaroq qilib tayyorlamasdan, ularning qadriga yetmasdan, ularga ishonmasdan va qo’llab – quvvatlamasdan o’ylaymanki biron-bir soxada axvolni xech qanaqa tarzda o’zgartirib bo’lmaydi”.
Aslida ta’lim tizimini islox qilish lozimligi to’g’risidagi fikrni Islom Karimov 1988-yilli Qashqadaryo viloyatida ishlagan chog’ida:”Kishilarning umumta’lim va professional darajasini oshirish, yangi talablar asosida kishilarning savodxonligini o’stirish, uzuliksiz ta’lim sistemasini joriy etish – eng muxum masala” ekanligini qayd etib shunday degan edi:
“ Xar kim chuqur va mustaxkam bilimsiz oldimizda turgan vazifalarni bajarish mumkin emasligini, ishda siljishiga erishish mumkin emasligini aniq tushunmog’I lozim.”
Ushbu fikrlar aytilgan fursatga qaytaylik. Sobiq tuzum o’z tanazulga ishonmay xukumronligini saqlash uchun talpinayotgan, buning uchun millatlar o’rtasida nizolar uyushtirilayotgan, jinoyatchilik oshgan, kechqurunlari ko’chada yurib bo’lmaydigan paytda negadir kadrlar saviyasi ularning sifatli qilib tayyorlash ularning masalasi kun tartibga qo’yildi. Bu o’xshamlik nega? Bu o’ziga xoslik asr boshida xam takrorlangan Negaki, ozodlikni qo’lga kiritish maqsadida yashagan allomalar ozodlikka erishilgandan so’ng davlatni boshqaradigan yoshlarni, aniqrog’i kadrlarni saviyasi, bilim darajasi, 8.9. fidoiyligi, jasorati, matonati xaqida yo’q o’ylashgan Agar bunday kadrlar yo’q bo’lsa ularni tarbiyalash xaqida qayg’urishgan. Chunki ozodlikni asrab – avaylash uchun davlatning ishlab chiqarish rivojlangan, axolisi ta’minlangan, o’z armiyasini tiklay va saqlay oladigan bo’lishi shuningdek, o’zga davlatlar bilan teng xuquqda munosabatlar olib boradigan milliy kadrlar bo’lmog’i lozimdir. Shu bois ular “Ozodlik” deb ayuxannos solishdan avvalo uni qo’lga kiritadigan va qo’lda saqlay biladigan barkamol avlod tayyorlash g’amida yelib yashashgan. Ular ozodlik orzusini ro’yobga chiqarishning amaliy yo’llaridan biri – yoshlarni ma’rifatli qilib tarbiyalash deb bilganlar.
*Yuqorida I.Karimovning 1989-yilgi nutqida iqtibos keltirgandik. O’sha nutqdan so’ng bir oy o’tgach kadrlar tayyorlash masalasiga yanada aniqroq, kengroq yondashganini ko’ramiz.
“ Respublikani xozirgi davrigina emas, kaelajagi xam tub millatdan sanoat ishchilar sinfini shakillantirish muassasasi bilan bog’liq. O’zingiz o’ylab ko’ring, 460 ta kunduzgi xunar – texnika bilim yurtining xar beshtasidan biridagina zamonaviy sanoat kasblari bo’yicha ishchilar tayyorlanadi. Xunar – texnika bilim yurtlarining xar uchtasidan birigina to’la o’quv ko’mpilekisiga ega. Ularning ta’lim maqsadlari uchun zamonaviy mashina uskunalarga bo’lgan extiyojini zamonaviy korxonalar juda qoniqarsiz ta’minlanmoqda. Korxonalar va xunar – texnika bilim yurtlarining shartnoma sistemasiga o’tish ichki kadrlar tayyorlash qo’llashning keskin qisqarib ketishuviga olib keladi, uningsiz xam xunar – texnika bilim yurtlari Respublikaning tobora o’sib borayotgan extiyojlarini qanoatlantira olmayotgan edi. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik qurish industiriyasi, yengil sanoat korxonalarining ko’pida ish joylari muntazam ravishda bo’sh qolmoqda. Ko’p xollarda buni sababi bir xil mexnatga layoqatli axolining xisobga olish va bir qancha mutaxasisliklar bo’yicha ishchi kadrlar tayyorlashni tashkil etilgan jiddiy nuqsonlardir.
Ochig’ini aytish kerak, bu axvol faqat iqtisodiy vazifalarni xal qilishidagina emas, shu bilan birga yoshlarga kasb o’rgatishni tashkil etishda yo’l qo’yilgan nuqsonlarning natijasidir.
Bularning xammasi ittifoq bo’ysunuvchi ko’pgina korxonalar joylarda ishchi kadrlar tayyorlash o’rniga bazan o’zlari uchun oson, lekin maxalliy axolini ish bilan ta’minlash muassasini chigalashtiradigan yo’ldan borib, mamlakatning boshqa regionlaridan tayyor xodimlarni taklif qilinayotganliklarining bevosita oqibatidir. Bu yil shaxarlarda uy joy muamosini tog’in xam keskin-lashmoqda, ishchilar sinfi milliy otryatini vujudaga keltirishga to’sqinlik qilmoqda. Bu soxada eng asosiy narsa ayrim, lekin tez-tez uchraydigan nochor “Nazariyotchilar” pisxologiyasini va tafakkurini o’zgartirishdan iborat, ular va anashunday xollarda maxalliy axoli, o’zbeklar katta sanoat korxonalari sharoitida ishlashga o’rganganlar, ular bunday korxonalarda mexnat qila olmaydilar, ular ko’proq qayta ishlash tarmoqlarida, xizmat ko’rsatish soxasida ishlashga moildirlar, degan soxta aytish mumkinki, juda zararli nazariyani pesh qilishga urinadilar. Bunday muloxazalarni jiddiy qoralash kerak. Bir narsa ravshan ishchilarva injiner – texnik kadrlar tayyorlash tarkib topgan sistemasini tubdan yangilash talab qilinadi.”
Iqtibosga e’tibor bergan bo’lsangiz bunda birinchi bor kadrlar tayyorlashning tizimini tubdan yangilash masalasi ko’tarilgan. Demak I.Karimov bu muammoni yechish yo’llarini o’n yeti yil avval o’ylagan.
Yuqorida iqtibos keltirgan nutqdan bir yil o’tgach (1990y) esa I.Karimov milliy kadrlar tayyorlash tizimga solishni rejalashtirganligini payqash qiyin emas.
Qolaversa, unda 1997 yil O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ilk chizmalarini ko’rish mimkin.
Biz g’alati vaziyatga duch kelib qoldik.Ish bilan ta’minlanayotgan axoli bor, ish bor ammo ish joylarda bandemas. Kadrlardan samara olish uchun ularni tayyorlashga mablag’ sariflash lozim. Agar biz xaqiqatdan xam qashshoqlik va qoloqlik kishilardan qutilmoqchi bo;lsak, yoshlarni tayyorlash bilan juda jiddiy ravishda shug’ulanishimiz, zamonaviy kasbni egallashda ularga yordam berishimiz kerak. Bu soxada xasislik yaramaydi.
Biz milliy kadrlar tayyorlashning maxsus dasturi kerak bu dastur:
Umumiy ta’lim maktablarida dars berish sifatini oshirish.
Eng istedodli bolalar uchun maktablar ochish: korxonalar bilan maktablar o’rtasida sifat jixatidan munosabatlarni joriy etish:
Xunar-texnik bilim yurtlarida xo’jalik xisobni joriy etishni va shu asosida amaliy kasb kadrlari tayyorlagan sifatini keskin oshirishni:
Oliy o’quv yurtlarida mutaxasislar tayyorlash sistemasini qayta qurishni, bu soxada kadrlar tayyorlashning buyurtma berish usulini joriy etishni o’z ichiga olish kerak.
Jamiyatni yuqori malakali milliy mutaxasislarni tayyorlash uchun Ittifoqdosh va chet ellardan eng yaxshi markazlarga yoshlarni yuborish sistemasi aniq milliy boshlash kerakligi xaqida necha martalab gapirildi.
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini jahon jamiyati maydonida yil sayin barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli ko’p jihatdan bugungi avlodning bilimdon, ma’naviy jihatdan barkamol insonlar bo’lib yetishishga bog’liqdir.
Bu muamoning muhimligini yurtboshimiz I.A.Karimov: “Xar qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan o’rni, mavqei va shuhrati bevosita o’z farzandlarining aqliy va jismoniy yutuqligiga bog’liqdir” – deb ta’kitlab, kelajak avlodning ta’lim-tarbiyasiga aloxida e’tibor berish zarurligiga yana bir bor urg’u beradi. Zero, ta’lim-tarbiya – insonlarning ijtimoiy ong mahsuli bo’lsa-da, biroq ayni paytda ong darajasi va uning rivojini belgilovchi mezon hamdir. Shu sabab, ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilmasdan turub ongni o’zgartirib bo’lmaydi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy-demoqiratik va erkin fuqarolik jamiyati qurish yo’lida mamlakatimizda barcha sohalarda jumladan ta’lim sohasida ham tub isloxotlar amalgam oshirilmoqda. “Ta’lim to’grisida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning va boshqa qonuning hujjatlarning qabul qilinishi, amaliyotga tadbiq etilishi buning yorqin isbotidir. Ta’limni Respublikamiz taraqqiyotida ustivor deb e’lon qilinishi bejiz emas. Chunki ta’lim jamiyat taraqqiyotiga turtki beruvchi, ini harakatga keltiruvchi kuchdir. Bunda ta’limning o’rni quydagilardan iborat.
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishi, aholi turmush darajasi va sifatini oshrish uchun;
Erkin fuqarolik jamiyatining rivojlanishi va huquqiy demoqiratik davlatni mustaxkamlash uchun;
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqori malakali, raqobatbardosh mutahasislarni tayyorlash va ta’minlash uchun;
O’zbekistonning ta’lim, madaniyat, san’at, fan, iqtisodiyot va ishlab chiqarish sohalarida jahon hamjamiyatida muhim o’rin egallash uchun asos yaratadi.
MustaqilO’zbekistonimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilinishiga, Yangi ta’lim standarti asosida ta’lim va tarbiya ishlarini rivojlantirishga aloxida e’tbor berilmoqda. Bu sohadagi umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’rni, hizmati beqiyos kattadir. Maktabdagi ta’lim va tarbiya jarayoni, ko’p qirrali va murakkab jarayondir. Shu sababli mamlakatimizda maktab faoliyatiga, o’qtuvchi va murabbiylarning kasbiy mahoratiga katta e’tibor berilmoqda.
Sog’lom har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta’lim tizimidamehnat qilayotgan o’qtuvchi, murabbiyning saviyasiga, kasbiy tayyorgarligiga, pedagogik
qobilyati va maxoratiga bog’lig’dir.
Shunday ekan, o’qtuvchi va murabbiyning mustaqillik g’oyasiga e’tiqodi-ilmiy tafakkuri, pedagogik-pisihologik, uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo’lishi, pedagogik vaziyatlarni tezda sezishi hamda o’rganishini baholay olishi bilan belgilanadi.
Uzluksiz ta’lim tizimini amalgam oshirish, barkamol avlodni o’qitish, tarbiyalash g’oyat murakkab va ko’p qirrali jarayondir.
Shunday ekan o’qituvchi, murabbiyning, vazifasi sharafli va masuliyatlidir. Bu kasbga chinakkam o’qituvchi, murabbiy bo’lishiga havasi, ishtiyoqi zo’r, zamon talablarini tez va chuqur tushunadigan, o’zining ilmiy, ijyimoiy siyosiy sviyasini, pedagogic mahoratini oshirib boruvchilargina musharraf bo’la oladilar. Pedagogik qobiliyat va mahorat tug’ma talent yoki nasldan – nasilga xususiyat emas, balki izlanish va ijodiy mehnat maxsulidir.
Pedagogik jarayonda ilg’or o’qituvchining kasbiy mahoratini, tajribalarini boshqa o’qituvchilar o’rganishi, undan ijodiy foydalanishi va faoliyatini ilg’or tajribalar bilan boyitishi zarur.
Ta’lim – tarbiya jarayonida o’qituvchi bilan o’quvchi, talabalar o’rtasida o’zaro fikr olishuvchilar, samimiy munosabat, o’zaro hurmat va hamkorlik lozim. Ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligi va tasirchanligi o’qituvchining ilmiy salohiyatiga, yoshlar oldidagi obro’siga, ilmiyu iste’dodiga, ta’lim – tarbiya sohasidagi tajriba va mahorati hamda o’quvchi, talabalar bilan o’rnatilgan do’stona munosabatiga ham bog’liq. Pedagog maqsadga erishish uchun doimo o’qishi, o’rganishi, izlanishi, o’z mehnatining mamlakat uchun zarurligini chuqur xis etishi zarur. O’qituvchi va murabbiylarning ilmiy saviyasi, o’z kasbiga munosabati va mahorati dars va ma’ruzalarda ko’rinadi.
Ta’lim to’g’risidagi qonunda aytilgandek, o’qituvchi tegishli ma’lumot egasi bo’lishi, kasbiy tayyorgarligi, yuksak ahloqiy fazilat egasi bo’lishi lozim.
*Mamalakatimiz istiqboli ko’p jihatdan yoshlarimizning ta’lim – tarbiyasi, ahloqi, ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish bilan bevosita bog’liq. Ayni payitda iqtisodiy rivojlanish muammolarini hal etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishchi kuchini ishlab chiqarishga to’la safarbar etish va faolligini ta’minlashda ham ta’lim – tarbiyaning o’rni beqiyos. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomili asarida: “Bu yorug’ olamda har – bir odam o’zining mehribon ota – onasiga, ustoz va muallimlariga nisbatan hamisha minnaddorlik tuyg’usi bilan yashaydi. Inson o’z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasi, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta’lim tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutahasis bo’lib shakillanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz”.
Bugungi kunda jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri bu har tamonlama yetuk barkamol insonlarni tarbiyalash voyaga yetkazishdir. Hozir boqchada, maktabda, o’rta mahsus bilim yurtlarida ta’lim-tarbiya olayotgan yosh avlod ertaga jamiyatimiz taraqqiyoti bilan bog’liq hamma vazifalarni yelkalariga oladigan vorislardir.
Shuni ta’kitlash lozimki, mamlakatimiz o’z taraqqiyotining ilk davrlaridan boshlab ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilashga qaratilgan qator yangi qonunlar qabul qildi. Yurtboshimizda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dastur”I qabul qilinishi ularni tadbiq qilish jarayoni puxta ishlab chiqanligini nihoyatda katta amaliy axamiyatga egadir. Mamlakatimizda demokiratiya qonunchilik asoslari mustaxkamlanib bormoqdaki, bu yoshlarimiznimng huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga katta e’tibor berilishi lozimligini taqazo etadi. Shuni ham aytib o’tish lozimki, albatta biz huquqiy demoqiratik davlat qurar ekanmiz, kelajagimiz vorislari bo’lmish yosh avlod ham yuksak huquqiy madaniyatli insonlar bo’lib tarbiyalanmoqlari lozim.
Barkamol avlod tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo’lib kelgan. Biroq dunyo xalqlarining barchasi xam bu xaqda o’ylayvermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy mahrifatga, madaniyatga mansub bo’lgan yurtlarning donishmandlari — eng mo’tabar ziyolilari, xukmdorlari xisoblanganlar. Ularning orasida O’zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimizning o’z o’rni, xurmati bor. Bu jaxon xamjamiyati tomonidan qabul qilingan xaqiqat dir. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o’z tarixi-mizdan juda ko’p dalillar keltirishimiz mumkin. Al-Forobiyning «Fozil odamlar shaxri» asaridagi goyani yodga oling. Unga ko’ra jamiyatning xar bir fuqarosi — mansabi, tutgan o’rni, ya’ni kim bo’lishidan qat’iy nazar FOZIL kishi. Fozil inson o’z davlatining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladi, unga amal kiladi, fikrlaydi, o’z kasbining ustasi, lozim bo’lganda Vatani uchun jon fido qiladi. Fozillar shaxri axoliey bir-biriga xurmatda bo’ladi. Ota-ona va farzand, ustozu shogird o’rtasida sharqona nazokat, mexr va extirom bo’ladi. Avvalo bunday fikr yuritishning o’zi bobolarning ma’naviy darajasi nakadar yuksak bo’lganligini va albatta bunday fikr aytish bu borada ko’p asrlik meroslarni o’rganish natijasida vujudga kelishini ta’kidlash joiz. Demak bizning barkamol avlod tarbiyalash xakidagi niyatimiz uchun ma’naviy asos bor. Millatimiz urf-odatlaridagi, konidagi mahrifat tushunchasi, ilm va bilimga intilish xislati bir necha ming yillar davomida shakllangan, saykal topgan. Bobolarning shu kabi o’y-fikrlari tildan tilga kuchgan, kitoblarda qolgan. Bundan xalq, ayniqsa yurtboshilar xabardor bo’lishgan. Chunonchi Soxibkiron Amir Temur xam buyuk davlat kurishda, ish yuritishda o’tib ketgan bobolarning o’gitlari, davr donishlarining maslaxatlari bilan ishlaganligi tarixiy manbalardan ayon. Butun dunyoga ma’lumki o’sha davrda ilm-fan rivoji uchun sharoit yaratilgan. Madaniyat rivojlangan, bugun dunyoni lol etayotgan osmonupar minorayu masjidlar bunyod etilgan. Bu davlatni barcha davlatlar eng yuqori madaniyat o’chogi sifatida tan olishgan, o’z elchilarini jo’natishgan. Elchilarni yuborish mazkur davlatni xurmat kilish, tan olish
natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |