2.2. Komil inson va uning Sharqona fazilatlari.
Sharq falsafasi olamning markaziga inson va uning olijanob faoliyatini ko’yib keladi. Bu bugun ko’p qo’llanayotgan komil inson tushunchasi chuqur tarixiy va falsafiy ildizlarga ega ekanini xar birimiz anglab olishimiz muhimdir
Islomda Alloh yo’lini anglab olgan momin – musulmonlar komillik maqomiga erishgan odamlar sifatida talqin etiladi. Islom mohiyatining e’tibori ila asrlar davomida insonlarning yaxshi amallar, ezgu ishlarga odamlar, xalqlarga ozor, bermaslika davat etib o’zlarida komillik sifatlarini ta’kitlash va tarbiyalash lozimligiga e’toborini qaratadi.Xadis shariflarda 38-bet tilidan odamlar ozor topsa uni musulmonlar qatoriga qo’yib bo’lmasligi ta’kitlanadi. Odam tanasi lazzatli taomlarga nechog’lik muxtoj bo’lsa, o’sish ruhi xam falsafiy asoslangan ma’naviy oziqqa shu darajada muxtojdir. Biroq lazzat taomga zaxar qo’shib qo’yilsa, tana maxkum bo’lgani kabi, islomdek tengsisparbar, sulxparvar dinga soxta g’oyalar tiqishtirilsa, u har qanday odam ruhini xasta qilib qo’yishi qalbni xatto o’z ota-onasi, millatdoshi, vatandoshiga nisbatan xam qaxri toshbag’ir etish, ongu shukridan mehr oqibatni yulib tashlash mumkinligi bugungi xayotimizdagi riyokorliklar ko’rsatib turibdi.
Islom pokligi, ma’rifatparvarligi uchun kurashda Markaziy Osiyoning olamga tanilgan olimu ulamolari namuna ko’rsatishgan. Buni yoshlarimizg tushintirish barcha ziyoliylarimiz burchidir.
Tasavvuf (so’fiylik) islom asosida shakillangan. O’z ziddiyatli falsafiy oqimlardan biri bo’lb 17 ta suluxka ega. Tasadduf sulxlari tashqi tomondan ( 39 ) nechog’lik xilma-xil g’olviy-nazariy (mazmun) jixatdan ikita asosiy yo’nalish, birinchisi bu dunyo o’tkinchi unga ixlos qilish amalda Allohni unutishga olib keladi, deb tarkidunyochilikka targ’ib qilgan bo’lsa ikkinchi: bu dunyo Allloh tomonidan ularning insonlardek yashashi uchun yaratilgach inson shu dunyodagi ezgu amallari bilan u dunyodagi xamda hudo marxamatiga musharraf bo’la oladi, degan ilgari surganlar.
Xo’ja A – viy, Yu Xamadoniy, A.Gejduvoniy, I.Qubro tasavvuf suluklari ta’sirida shakillangan Naqishbandiylik “Dil da yoru, dast da kor”, ya’ni diling, qalbing Alloh bilan qo’ling esa mexnatda bo’lsin, degan g’oyani mafkuraning asosiga qo’ydi. Idividual va ijtimoiy onga mafkuraviy ijtimoiy institutlar vositalar orqali shu ruh bilan singdirib kelindi.
Bunga ko’ra, komillikka sufiy 4-bosqishni bosib o’tib erishadi, 1-bosqishda sufiy sharoitni yaxshi bilishi da amali shundan kelib chiqishi kerak. 2-bosqich tariqat bo’lib, bu yo’l ya’ni iloxiy xaqiqatni izshlash va topish demakdir. Tariqatning 9 maqomini egalagan sufiyga marifat eshiklari ochiladi. Bu pir va shogird olamini boyitadi, xam zaxuriy, xam sufiyna ilmlarni o’rgatish o’rgatish jarayonida uning xis tuyg’ulari (ruhi) chorxlab, noziklashib boradi.
Sufiylar nazarida ma’rifat fikrdan oldin keladigan va shubxaga asos qoldirmaydigan ilimdir. Ana shu maqolalardan o’tgan soliq to’rtinchi xal bosqichi Alloh inoyati maqom etilgach martabaga musharraf bo’ilb, butun vujudi va ruhi Alloh ishqi bilan nafas oladi, zero u ilohiy xaqiqatni anglash darajasiga ko’tarilib o’zi xaqiqat timsoliga aylanadi.(Arab dunyosi soliq 4-bosqichda fanaga aylanadi).
Komil aql egasi negizida shakillangan javoiymardlik – futuvvat naqshbandiylikda o’zining yuqori bosqichiga ko’tariladi. Umrini do’stlar xizmatiga bag’ishlash faqat yaxshilik qilishdan charchamaslik, ezgu xulq atvorga ega bo’lib, borishi o’zgalar bilan baxam ko’rishi, muxtojlarga yordam berish, piru ustozlar, do’stu birodarlar or-nomusi, sharafini ximoya etish zaxiran va botinan pok yurib, pokiza insonlarning xurmatiga sazovor bo’lish javoimardlarning maqsad mudaosi bo’lagan.
Arab va mo’gul bosqinchlariga qarshi kurashganlar javoiymardlar edilar. Ular qyinroq tasavvufi nazariy ta’limot sifatida qabul qilib oldilar, o’z navbatida ko’pgina shayxlar avvalo naqshbandiylar fuduvvat qoidalarini tariqatga singdirib yubordilar. Demak o’zbek madaniyati siru asrorlarining kaliti tasavvuf va fuduvvatadir.
Ularni bilmayturib, o’zbek milliy mentalitetini anglash qiyin. Afsuski, XVII asrdan boshlab tasavvufning o’ng qanotizoxidlik g’oyalari Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy ongida yetakchi bo’lib qoldi. Mafkuraning g’oyaviy asoslarini naqshbandiylikdan uzoq shayxlar, Sayyidlar, darvishlar belgilab, masavvufning komil inson to’g’risidagi dunyoviy asoslariga putur yetkazdilar.
O’sha saltanatlardagi deyli barqarorlik, o’zaro tinimsiz urushlar adolatsizliklar zaminida yo’qolib insonlarning davlat tepasiga kelishi siyosatchilar, mafkurachilarning aksaryati sharoiat tariqat, ma’rifatdan uzoqlillari xam sabab bo’ldi.
O’tmishiga munosabatda falsafaning inkor katigoryasi va inkorni inkor qonuniga amal etgandagina odamzod o’z faoliyatida vorislikka qa’tiy amal qiladi xamda inkordan keyin inkorning keyingi bosqichlariga o’tish bilan hozirgi xayot o’rtasida uzilish bo’lmaydi, balki taraqqiyot uzviy bog’liqlikda ro’y beradi. Prezident fikricha, O’zbekiston fuqorolari qonunlarimizni xurmatlashlariKonistitutsiyamiz tamoillariga qa’tiy amal qilishlari, odamlarimiz avvalo yoshlarimiz Oliy maqsadlarga xurmat qilishlari ular milliy g’oya ruhida tarbiyalanib imoni butun, e’tiqodi sobit bo’lishi, elim deb, yurtim deb yonib yashashiyurtimiz qiyofasini o’zgartirishga munosib xissa qo’shish ishqi bilan nafas olish erkin, ijodiy fikr yuritish qobilyatiga ega bo’lish, bo’shliq vujudga kelmasligi kerak.
I.A.Karimov deputatlarimiz e’toborini 3 masalaga qaratgan. Birinchida har bir deputat o’z qadr – qimmatini bilish, ikkinchidan, mehr – oqibatlilik xalqimizga hos fazilat ekanini yodda tutish, uchunchidan biz qanday xalq farzandlarimiz degan savolga javob berish kerak. “ Kamolot ” yoshlar ijtimoiy harakati tashabuskor guruh bilan uchrashuvdagi nutqida Islom Karimov samarali mehnati, tadbirkorlik bilan shug’ulanayotgan, ilm-fan, ijod – san’atda o’zini namoyon etayotgan, Vatan ozodligi va himoyasi uchun jonini fido etayotgan yoshlarni ulug’laydi, ular bugungi kun qaxramonlari deb ta’riflanadi.
Prezident dinga, xususan islom diniga munosabat belgilashda xatoliklarga yo’l qo’ymaslik, bu muqaddas dindan, vatanga xalqqa inson tarbiyasiga qarshi foydalanmaslik balki O’zbekiston xalqlarining ajdodlari ma’rifatli islom uchun kurashib kelinganligiga e’tiborini qaratib, islom aqidaparastligi fundamentalizimni bizning millatimiz ruhi, taffakur va turmush tarziga mutlaqo yot ekanligiga e’tiborini qaratib kelmoqda.
Tasavvufda shariat, ya’ni qonunga qatiiy amal qilish, ma’rifatli bo’lish xaqiqatni topish, uning timsoliga aylanish to’g’risidagi g’oyalariga zamonaviy mazmun bersak, ham vorislik saqlanadi, ham komil inson tushunchasi ilmiy falsafiy fikrlar bilan boyib sayqal topadi. Bu o’rinda sog’lom e’htiyojlarni anglash va shu ruhni singdirish komil inson shaxsini shakillantirishda muhim omil hisoblanishini nazarda tutish lozim. Sog’lom e’htiyojni shakillantirish individual o’zini – o’zi nazorat qilishga jamoa va jamiyat oldidagi ma’sulyatini anglashga imkon yaratishi, shaxsiy guruhiy manfaatlarini milliy manfaatlarga bo’ysundirish qobilyatini nazarga keltirish lozim. G’arb madaniyatining komil inson shaxsni shakillantirishga yordam beradigan jihatlarni tanlab olgan holda unga ko’r-ko’rona ergashish mayllariga qarshi kurashish, bunda sharqona o’zbekona madaniyat sarchashmalaridan odamlarimizni barxamand etishga asosiy e’tiborni yaratishi ham milliy ham umumbashariy ahamiyatga moliq bo’ladi.
O’zbekiston bozor munosabatlariga to’la o’tayotgan davrda ma’naviy axloqiy qadriyatlarning ahamiyati tobora o’sib borayotganligi ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashni eng dolzarb masalasi sifatida kun tartibiga qo’yilmoqda. Shu manoda yurt boshimiz Islom Karimovning 2- chqairiq O’zbekiston Respublikasi Oliy majmosining 1- sessiyasida “ Ozod va obod vatan, erkin va farovon xayot privard maqsadimiz ” nomli maruzalardagi quydagi fikrlarga e’tiborni qaratmoq lozim: “ Bu soxadagi ishlarimizning privard mqsadi imon e’tiqodi, irodasi baquvvat erkin foqoro ma’naviyatini shakillantirishdir. Ya’ni mustaqil dunyoqarashga ega ajdodlarimizning bebaho me’rosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat ”. Bozor munosabatlarida ham yuksak ma’naviyatli axloq –odobli, iqtidorli bilim savyasi yuzaki va past, ishning ko’zini bilmaydigan kishilar bozor munosabatlarida ko’zlangan maqsadga erisha olmaydilar. Bundan hulosa shuki hech kechiktirmay, ikkilanmay ma’naviy – ma’rifiy tarbiya masalasi haqida o’ylash uni to’g’ri yo’lga qo’yish vazifasi kelib chiqadi. Bunda biz ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “ Tarbiya bizlar uchun yo xayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat, masalasidir ”, degan o’gitga amal qilishimiz zarur.
Endilikda ma’naviy va ma’rifiy tarbiya mustaqil davlatimiz siyosati darajasiga ko’tarildi. Chunki Presidentimiz takitlagandek taraqiyot tag’dirini ma’naviy jixatlari yetuk odamlar hal qiladi. Yurtdoshlarimizning texnikaviy bilimi murakab texnalogiyani egallash qobilyati ma’naviy jixatlari yetuk mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqli zakovat va ruhiy – ma’naviy saloxiyat ma’rifatli insonning ikki qanoti bo’ladi. Butun ma’naviy va ma’rifiy tarbiyalashimizni shu qoidaga asoslanib ko’rmog’imiz, zamon, mustaqil taraqiyotimiz, bozor munosabatlari davr talabidir.
Avvalo shuni takidlash kerakki ma’naviy barkamol inson tushunchasining o’zi keng qamrovli serqirra tushuncha ma’naviy barkamol inson – komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi sog’lom avvlod tushunchasi bilan ham bog’lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida – alohida ishlatilsa – da, mohiyatdan ularning hammasi inson ahloqiy va odobini ularda shakillangan barcha ijobiy hislatlar jumladan, insof diyonatdan toki oilaga, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarining qamrab oladi.
Mustaqillika erishib, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berishimiz mustaqillikni mustaxkamlash vazifalari tarbiya sohasida sog’lom avlod barkamol inson kabi tushunchalarga izoh berishni taqazo etmoqda.Bu tushunchalarda ayniyat bilan birga tafovud ham mavjuddir.
Bizning fikrimizga, barkamol inson kengroq tushuncha bo’lib, umummiliy va umumbashariy ma’no mazmunga egadir deb hisoblaymiz. Boshqa tillarda ham shu mazmunni ifodalaydigan tushunchalar bor.
O’zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat namoyondalari ro’yxatga olingan 16 ta konferensiya (diniy tashkilot ) mavjud. Demak diniy e’tiqod egalari huquqiy jixatdan tengdir. Anashu sababdan barkamol inson tushunchasi respublikamizda yashayotgan barcha fuqorolarga daxldor bo’lib, g’oyaviy tarbiyada buni e’tiborga olish kerak. Shu sababdan bo’lsa, kerak. Islom Karimov barkamol inson tarbiyasini milliy ma’fkuramizning bosh g’oyasini tavsil etilmoqda.
Komil inson asa mahaliy aholi (o’zbeklar qoraqalpoqlar, qozoqlar, tojiklar va boshqalar) tarixiy hotirasi turmush tarzi va milliy ananalari muofiq qiladi, desak xato bo’lmaydi.
Agar milliy istiqlol g’oyasi darslaridan muallimlar komil insonni milliy ma’fkuraning asosiy g’oyasi, deb talqin etsa, I.A.Karimov “ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch ” asarida uni tushuncha hisobladi. Bu holatni ham e’toborga olish kerak deb hisoblaydi.
Agar barkamol inson komil inson tushunchalarida individual yondashuv mayli yetakchi bo’lsa, sog’lom avlod tushunchasida umummiylik yetakchi tendensiyadir. Bunda tarbiya yo’nalishi bir odamga emas, balki ko’p odam (avlod)ga, o’shanda ham 30 yoshgacha bo’lgan individlarga qaratilgan bo’ladi. Bu uch tushunchadagi ayniyatdan tashqari tafovidni e’tibordan soqit qilish tarbiyaviy ishlar salmog’iga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Insonnni to’g’rilikka, halollikka, poklikka, insof diyonatli va qo’yingki, yuksak axloqiylikka yo’llash bu tushunchalarning mohiyati va mazmunini tashkil etadi.
Xozirgi kunda bu masalalarga birinchi darajali axamiyat berishimizning boisi – imoni butun, e’tiqodi sobit va axloqiy fazilatlari yuksak – individlargina jamiyat oldida turgan murakkab vazifalarni ham barqaror qila oladilar. Buyuk kelajak ma’naviy barkamol insonlarga – tayangandagina yaratiladi, qad ko’taradi. Boshqacha aytganda ma’naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. Shuning uchun ma’naviy barkamol insonni, sog’lom avlodni tarbiyalash muxim va dolzarbdir. Bu masalada yurtboshimizning quydagi sabog’i ibratlidir: “ Biz sog’lom avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki sharqona axloq – odob va umumbashariy g’oyalarni ruhida komil topgan insonni tushunamiz ”. Ko’rinib turibdiki, Sharqona axloq – odob umumbashariy g’oyalar ruhida tushunchani inggiga singdirib olgan kishi yuksak ma’naviyatni, ya’ni barkamol inson hisoblanadi. Ma’aviy barkamolni insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq – atvori normalari, axloq – odobi, bilan bevosita aloqadorlikda olib qaraladi. Ma’naviy barkamol inson kishilar xalq taqdiri va farovinligi, vatan taqdiri, va uning ravnaqini o’ylaydilar. Ular mutellikda, zaralikda yashashni istamaydilar.
Sog’lom deganda biz faqatgina jismoniy baquvvat ma’naviy boy avlodni, aqliy rivojlangan, axloqiy pok, ma’rifatli avlodni tushunamiz. Bunday kishilar o’zlarida xalqimizning eng ardoqli fazilatlari – insof diyonat, mehr – oqibat, rahm – shavqat, uyat va andisha, or – nomus, o’zaro hurmat, yukask vatanparvarlik, eliga va xalqiga sadoqat kabi qadriyatlarni mujassamlashtirgan bo’ladi.
Prezidentimiz erkin fuqoro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quydagi to’rt jihatga e’tiborini qaratdi, ya’ni har bir fuqoro
o’z haq –huquqini taniydigan bo’lsin, buning uchun kurashsin.
O’z kuchi va imkoniyatlariga taniyanadigan bo’lsin, imkoniyatlarini ishga solib samarasini ko’rsin:
Atrofida sodir bo’layotgan voqea –hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin:
Shaxsiy ma’nfaatlarini mamlakat va xalq ma’nfaati bilan uyg’un holda ko’rib, faoliyat yuritsin.
Bular barkamol inson fazilatlari haqida aniq va to’liq ta’rifdir.
Ma’naviy barkamol inson shon –shuhrat, mansab, moddiy boylik ketidan quvimaydi, moddiy qiyinchiliklarga duch kelganda qadi bukilmaydi, bazan uyushtirilgan tuxmatu – fitnalr uning ruhini tushura olmaydi. Demak, har qanday shum taqdir va qismat pokiza, mard, ma’naviy barkamol inson ma’naviyatini buza olmaydi, balki mustaxkamlaydi, shiniqtiradi. Yuksak darajadagi ma’naviyatga ega inson – fidoiylik, jasorat, mardlik, o’z xalqini sevish vatanni qadrlash ajdodlaridan faxrlanish kabi oily janob fazilatlari bilan ajralib turadi. Insonning insonligi, birinchi navbatda uning ma’naviy – axloqiy jixatdan barkamolligi, pokligi, bilan belgilanadi. Ma’naviy – axloqiy barkamollikning asosiy qiralariga yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, quydagilarni kiritish mumkin: ota – onasi farzandlari, qarindoshlari, hulas butun oila azolari qoni’- qo’shnilari, mahalla ko’yi, qishloqdoshlari va butun mamlakat xalq farovonligi xaqida qayg’urish: tevarak - atrofdagi insonlar unga kerak bo’lgani singari o’zi ham ularga kerakli bo’lishiga intilishi: Fel – atvorini yozimli qilishini insoniy burch deb hisoblash, ota-bobolardan, ajdodlardan yodgor bo’lib qolgan madaniy me’rosni qadirlash: Milliy qadryatlarni ezozlash va ularga sodiq bo’lib, qolish: Vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg’ularini barqaror bo’lishi, o’zaro muomila – munosabatda o’rnak bo’lishiga moyillik, birovning og’irini yengil qilishni odat qilish, umumxalq maqullagan hukumat tomonidan qonuniy qabul qilingan.
Konstitutsiyani hurmat qilish unga sadoqat namunalarini amalda ko’rsatish: Vatanni himoya qilish,boshqacha aytganda, harbiy – vatanparvarlik tuyg’ulari bilan yashash insof diyonat va adolat, mehr –shavqat va ezgulikni himoya qilish: vadaga vafoli bo’lish va boshqalar kiradi.
Ma’naviy – ma’rifiy barkamollikning qirralari va ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy – ma’rifiy barkamollikning qirralaridan biri milliy iftixoridir. Milliy g’urur bu milliy iftoxordir. Milliy g’uur o’z xalqining bir necha ming yillar davomida yaratib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari, tarixiy me’rosi, urf – odatlari, an-analari odob – axloqi, turmush tarsi, yuksak ma’naviyati barcha tarixiy yutuqlari va saboqlariga cheksiz hurmat va e’zoz bilan munosabatda bo’lish, avaylab – asrashdir.
O’z xalqining tarixini milliy qadryatlarini, tilini istoqbol ma’nfaatlarini bilmagan, qadrlamagan, milliy mansubligini unutgan o’z millatining istiqboli uchun qayg’urmaydigan, kurashmaydigan, kishilarda milliy g’urur xam millat bilan faxrlanish ham, millatparvarlik ham, bo’lmaydi. Bunday kishilarni ma’naviy barkamol inson deya olamiz.
Yuqorida aytganimizdek komil inson tushunchasi ma’naviy barkamol inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ma’naviy barkamollikka erishmay komil inson darajasiga erishish mumkin emas. Demak, ma’naviy barkamollikka intilish – bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir. Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Uchala tushuncha: sog’lom avlod, ma’naviy barkamol, komil indon – darajama – daraja chuqur ma’no kasb etadi. Shundan kelib chiqadigan bo’lsak, komil inson bo’lishning aniq cheki va chegarasi yo’q. Bizning ko’xna tariximizda yuzaga kelgan xalq, mamlakat tarixida katta ma’naviy – axloqiy tarbiya ro’lini o’ynagan tasavvuor komil inson nazryasi haqidagi, uni tarbiyalash, voyaga yetkazish, xaqidagi ma’lumot va amaliyot sanaladi.
Komil inson biz uchun indialdir. U barcha dunyoviy va axloqiy bilimlarni egallagan ruhi mutlas ruhga tutash, fayzu karomati serob, qalbi ezgu, tuyg’ularga limo-lim to’la pokiza zod. Komil inson odamzod orzu qilgan jamiki ezgu hislatlarning irodachisi.
Komil insonlar jamoyatning tirik vijdonlaridir. Kishilar ularga qarab hoshyor tortadilar, dunyo behudaligidan o’zlariga kelib, qalblariga o’z qilayotgan ishlariga razm soladilar. Tavba – tazaruh qiladilar.
Komil inson tarixida tasavvuf adabiyotida ko’p asarlar bitilagan. Ana shunday kishilardan biri XII asarda yashagan Aziziddin Nasafiy bo’lib, “Inson komil” nomli risolasida komil insonga ta’rif berib shunday yozadi: “Bilginki, komil inson shariyat va tariqat va xaqiqatda yetuk bo’lgan odamga aytishdilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilginki komil inson shunday insondirkim, unda quydagi to’rt narsa kamolotga yetgan bo’lsin: yaxshi so’z, yaxshi fel, yaxshi axloq va maorif ”. Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg’on, riyo va bag’ritoshlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi. Komillikning belgisi xaq yo’lidan xalqqa foyda keltirishdir. Kishi o’z so’zi, amaliy ishlari, niyati bilan qanchalik odamga foyda keltirsa, yomonlarni to’g’ri yo’lga solsa, xaq yo’lida fido bo’lsa, u shunga komil bo’ladi.
Shu tariqa o’tmishda, komil isonning hos axloq kodeksi ishlsb chiqgan bo’lib, bu sifatlarga ega bo’lish har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan. Komil inson haqidagi g’oyalar katta ijtimoiy – axloqiy ahamiyatga ega bo’lgan. Uinsonni sharafli ezgulik va buyuk hayr ruhida tarbiyalash, mehru muhabbat, vafo va sadoqat kuchaytirishga xizmat qilib keldi. Har zamon, har lahzada insonlarga ularga insonligini eslatib yovuz, qabiq ishlar, nojo’ya hatti – harakat va saqlanishga ko’maklashadi, ularga imon va vijdon binosining paydo bo’lishining ta’minlaydi,
Xalqimizning kelajagi, eng avvalo, uning o'ziga, ma'naviy qudratiga va milliy ongining ijodiy kuchiga bog'liqdir. Moddiy farovonlikka tabiiy intilish millatning ma'naviy va aqliy o'sish ehtiyojiga g'ov bo'lmasligi lozim. Ma'naviylik va ma'rifiylik xalqimizning ko'p asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli o'ziga xos xususiyati bo'lib keldi.
Bizning an'anaviy qadriyatlarimizni hozirgi demokratik jamiyatning qadriyatlari bilan uyg'un-lashtirish kelajakda yanada ravnaq topishimizning, jamiyatimiz jahon hamjamiyatiga qo'shilishining garovidir.
Istiqlol yillari yangi mustaqil O'zbekistonning milliy davlatchiligi poydevorini barpo etish sohasida puxta va jiddiy ish olib borilgan davr bo'ldi. Ma'lumki, davlatchiligimizning ming yillik tarixi Rossiya im-periyasiga zo'rlik bilan qo'shib olinishimiz natija-sida uzilib qolgan edi. Faqat mustaqillikka erishilgan-dan keyingina xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyektiga aylangan suveren O'zbekiston yangi dav-latchiligini qurish va rivojlantirishga kirishdi. Boshqacha qilib aytganda, faqat istiqlolgina xalqimizga o'z Vatanida o'zini erkin his qilish, chinakam milliy qadriyatlarni tiklash, o'z milliy davlatchiligini shakllantirish imko-nini berdi.
Mustaqillikka erishilgach, xalqimiz oldida keskin muammolar ko'ndalang bo'ldi. Ularni hal qilmasdan turib, demokratiya va hokimiyatni taqsimlash prin-siplarigaasoslangan yangi davlatchilikni barpo etish, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish mumkin emas edi.
O'zbekiston demokratiya qadriyatlarini, shaxsning huquq va erkinliklarini ta'minlash, erkin bozor iqtiso-diyotini barpo etishni o'zi uchun eng ustuvor qad-riyatlar sifatida tanladi.
E'lon qilingan maqsadlarga avvalgi, mafkuraviy totalitar tuzumni tubdan buzib tashlamasdan, o'tmish odatlaridan voz kechmasdan erishib bo'lmasdi.
Shu bois quyidagilar eng asosiy vazifamiz bo'lib qoldi:
Birinchidan. Eski ma'muriy-buyruqbozlik tizimini, unga muvofiq bo'lgan hokimiyat va boshqaruv organlarini tugatish.
Ikkinchidan. Yangi davlatchilikning siyosiy-huquqiy, konstitutsiyaviy asoslarini yaratish. Kons-titutsiya va qonunlarda ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimini, ham markazdagi, ham joylardagi davlat hokimiyati organlarining yangi tizimini mustahkamlab qo'yish.
Yangi o'zbek davlatchiligining qaror topish jarayoni ham tashqi, ham ichki murakkab sharoit-larda ro'y berdi.
Ichki siyosatimizda biz bir-biriga bog'liq ikki vazifani hal qilishimiz lozim edi. Bu — yangi davlatchilikni barpo etish hamda keng ko'lamli siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish vazifasi edi.
Yangi mustaqil davlatlarda islohotlarni amalga oshirish shuni ko'rsatmoqdaki, bozor islohotlarini ro'yobga chiqarish iqtisodiyotda tanazzulga, aholining ko'pchilik qismi turmush sharoitining pasayishiga olib keldi. Bu jamiyatda ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga sabab bo'lishi mumkin. Amaliy ish yurita olmaydi-gan, ko'pincha mas'uliyatsiz va ekstremistik kayfiyat-dagi, kalondimog' muxolifat bu muammoni ayniqsa keskinlashtirib yubordi. Demokratiya bayrog'i ostida o'zining xatti-harakatlari bilan jamiyatda beqarorlikni keltirib chiqardi.
Avvalambor, qo'shni Afg'onistondagi harbiy-siyosiy mojaro va Tojikistonda davlatchilikning qaror topishidagi qiyin kechayotgan jarayonlar yangi davlatchilikni barpo etishga tahdid tug'diruvchi tashqi siyosiy omillar bo'ldi. Bu omillar yanada kuchayib ketgan taqdirda, butun Markaziy Osiyo mintaqasiga yoyilishi, eng avvalo O'zbekistonni qamrab olishi muqarrar edi.
Sovetlardan keyingi makonda vujudga kelgan yangi mustaqil davlatlarda ro'y berayotgan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar va Hamdo'stlik doirasida vujudga kelayotgan davlatlararo munosabatlar, integratsiyani jadallashtirish va chuqurlashtirish shiori ostida milliy suverenitetning qaror topishi va mustahkamlanishi jarayonini to'xtatib qo'yishga turlicha urinishlar yangi davlatchilikning vujudga kelish jarayoniga ta'sir ko'rsatmasligi mumkin emas edi.
Bulardan tashqari, yangi davlatchiligimiz biz ko'p ishlarni ibtidosidan boshlashga hamda tashqi siyosiy faoliyat bobida yetarli tajribaga ega bo'lmagan
holda jahon hamjamiyatida o'z o'rnimizni topishga majbur bo'lgan bir vaziyatda qaror topdi.
Mana shu omillarning barchasi O'zbekistonning yangi mustaqil davlatchiligi murakkab sharoitlarda qaror topishiga sabab bo'ldi.
Hozir biz bu yillar mobaynida milliy davlatchi-likka poydevor qo'yilganligini ishonch bilan ayta olamiz. Eski ma'muriy-buyruqbozlik tizimi va unga mos bo'lgan hokimiyat va boshqaruv organlari barham toptirildi. Siyosiy va iqtisodiy boshqarish hamda tartibga solishning ko'pgina tuzilmalari va organlari tugatildi. Ular ma'muriy-buyruqbozlik tizimining, markazlash-tirilgan rejalash-taqsimlash iqtisodiyotining ustunlari edi. Ular demokratik qadriyatlar va tamoyillarga yo'naltirilgan yangi davlatchilikning qaror topishi va erkin bozor iqtisodiyotining poydevorlarini yaratish yo'lidagi asosiy to'siq bo'lib keldi.
1992 yil dekabrida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakat hayotida ulkan siyosiy voqea, yangi O'zbekistonni qaror toptirish jarayonidagi muhim qadam bo'ldi. O'zining Asosiy Qonunida davlat tuzumi prinsiplarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyatni rivojlantirishning iqtisodiy negizlari va strategik yo'na-lishlarini mustahkamlab qo'ymagan davlat chinakam suveren davlat bo'la olmaydi. Konstitutsiya suveren dav-latimizning qonunchilik-huquqiy negizini shakllan-tirishning asosiy poydevori, mustaqil davlatchili-gimizning tamal toshi bo'ldi.
Konstitutsiyaga muvofiq, davlat hokimiyati organlarining awalgi totalitar tuzumdan mutlaqo farq qiladigan, hokimiyatlarning, ya'ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining bo'linishi prinsipiga asoslangan tizimi yaratildi. Ularning har biri faoliyatida huquqiy asosda avtoritarizm va totalita-rizmning xurujlarini istisno etadigan chinakam demokratik me'yorlar va уо'1-yo'riqlar qaror topti-rildi.
Tashkil etilgan ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimi oldingilaridan tubdan farq qiladi. Ular rejalash-taqsimlash vazifalaridan xoli bo'lib, iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish va tartibga solish rolini bajarmoqda. Ko'plab vazirliklar o'rniga bozor sharoitlariga mos bo'lgan xo'jalikbirlashmalari, uyushmalari, konsern-lar, korporatsiyalar, xolding kompaniyalar tashkil etildi.
Davlat hokimiyati mahalliy organlarining yangi tizimi vujudga keltirildi. Uning asosini hokimlar instituti tashkil etadi. Unda joylardagi ijro etuvchi hokimiyat bilan vakillik hokimiyati rahbarining vazifalari bir-lashtirilgan.
Mahalliy hokimiyat organlarining muntazam tizimini fuqarolarning mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Bu organlarning asosini fuqarolar yig'inlari — mahallalar tashkil etadi. Ular xalqning tarixiy an'analari va ruhiyatini hisobga olish asosida tuzilgan. O'z-o'zini boshqarishning mu-him ijtimoiy organi bo'lmish mahallaning ahamiyati hamisha juda yuqori bo'lgan.
Mahalla odamlar o'rtasidagi munosabatlarda yaxshi qo'shnichilikni, hurmat va insonparvarlikni tarbiya-lashda muhim rol o'ynaydi. U fuqarolarning ijtimoiy
manfaatlarini himoya qiladi, aholining muhtoj qatlamlariga aniq yordam ko'rsatadi.
Ayni chog'da, hozirgi sharoitda mahallaning vazifalari yangi mazmun bilan boyitilishi lozim. Gap shundaki, mahalla iqtisodiy va demokratik o'zgarishlarni ro'yobga chiqarishda amaliy madad bo'lmog'i zarur.
Konstitutsiyaga muvofiq, yangi demokratik saylov tizimi asosida O'zbekiston tarixida ilk bor Respublika parlamenti — Oliy Majlis hamda vakillik hokimiyatining mahalliy organlariga ko'ppartiyalilik asosida erkin, mu-qobil saylov o'tkazildi. Natijada davlat hokimiyatining Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy kengashlari-dan iborat qonun chiqaruvchi tarmog'i vujudga keltirildi. U samarali ishlab turibdi.
Huquqiy islohotlar borasidagi ulkan va aniq maqsadga qaratilgan kuch-g'ayratlar natijasida, Asosiy Qonunning qoidalari negizida respublika sud tizimi mustaqil va boshqa tarmoqlarga bog'liq bo'lmagan hokimiyat sifatida qaror toptirildi. Sud hokimiyatining yangi tuzilmalari vujudga keldi. Sudning huquq doirasi kengaydi.
Jamiyatni demokratik rivojlantirishning strategik maqsadlari va qoidalariga muvofiq, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, milliy xavfsizlik organlarining ko'p jihatdan yangi bo'lgan tizimi barpo etildi. Milliy armiya — O'zbekiston Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi milliy davlatchilikni qaror toptirish yo'lidagi g'oyat muhim yutuq bo'ldi.
Xulosa.
Inson ma’naviy olamning yuksalishi bilan bog’liq turli holatlar haqida ko’p gapirish mumkin. Lekin, muxtasar qilib aytganda, Ollohning o’zi bizga yuborgan komil inson bo’lish, hallolik va adolat bilan hayot kechirish kabi oliyjanob fazilatlarining ma’nolari kelib chiqgan.
Ehtiroslilik hislatlari:
Ko’tarinkilik, tantanavorlik kulib turuvchanlik kelajakka ishonch, ezgulik, kek sakramaslik, oliyjanoblik, otashinlik, nozik tabiatlilik, hayolilik va hakozalar.
Bizningcha ayni shu hislat va fazilatlarning yoshlarim ongiga singdira borilishi ularni barkamol, sog’lom va komil inson ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik ruhida yangicha fikrlaydigan fozil, komil inson, eng avval fuqorolik burchini a’lo darajada his etadigan shaxs bo’lishi darkor.
O’zbekistonda ta’lim tizimini islox etish dasturini joriy etish bo’yicha amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan barcha ishlar, birinchi navbatda, mamlakatimizning uzoq muddatli manfaatlariga, uning xozirgi ancha murakkab rivojlanish bosqichining mavjud xolati va xususiyatlariga javob beradi.
O’zbekiston mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning tegishli oliy o’quv yurtlari o’rtasidagi xar tomonlama xamkorlikni yanada mustaxkam-lashdan manfaatdor ekanini ta’kidlamoqchiman. Biz mazkur forumning asosiy maqsadlaridan birini xam aynan shunda ko’ramiz.
Respublikamiz aholisining aksariyat qismini yoshlar va o’smirlar tashkil etadi. Har yili yuz mingdan ziyod yoshlar maktab quchog’idan chiqib katta hayotga qadam qo’yishmoqda. Ularniong muayyan qismi tez sinovlaridan muvofaqqiyatli o’tib, oily o’rta maxsus o’quv yurtlariga kirib o’qishmoqda “O’zbekiston oily maktab tizimi 58 oliy oily o’quv yurtini, shu jumladan 16 universitet va 42 inistututni o’z ichiga oladi, ulardan 164 ming talaba ta’lim olmoqda” Respublika hunar – texnika ta’lim tizimida esa hozirgi kunda jami 321 ming kishini qamrab olgan 442 o’quv yurti, shu jumladan 209 kasb - hunar maktabi, 180 kasb – hunar muzeyi va 53 biznes maktab ishlab turibdi.
*O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil avgust oyida bo’lib o’tgan
1-chaqiriq 9- sessiyasida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi
buning yorqin misolidir. Maskur dasturning “Kadrlar tayyorlash milliy modeli”
sarlavxali bobining istiqbolida xar jixatdan barkamol shaxsni shakillantirish
rejasida shunday satrlar mavjud:
“Kadrlar tayyorlash soxasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviy – axloqiy jixatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzuliksiz ta’lim tizimi orqali xar tomonlama barkamol shaxs –fuqoroni shakillantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqoroning eng asosiy kanistitutsiyaviy xuquqlaridan biri-bilim olish ijodiy qobilyatini namoyon etish intelektual jixatdan rivojlanish, kasbi bo’yicha mexnat qilish xuquqi ro’yobga chiqariladi.” Shuningdek, dasturning “Ma’naviy –axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar” bobida tezislar yanada kengroq sharxlanadi. “Yosh avlodni ma’naviy –axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy tarixiy an’analariga, urf-odatlari xamda umumbashariy qadryatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalar ishlab chiqarilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni xar tomonlama kamol toptirishning ustivorligi ta’minlanadi. Umumiy xamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat axolisi orasidagi ma’rifiy ishlar takomillashtirilib boriladi.
*O’zbekiston mustaqilligi pirinsiplariga sadoqatli xamda jamiat taraqiyotiga munosib xissa qo’shishga qodir shaxsni shakillantirish maqsadida ta’lim muassasalari ota-onalar, oila, maxalla,ko’mitalari, fondlar bilan o’zaro puxta xamkorlik qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |