Barkamol shaxsni tarbiyalash – mustaqillikni mustahkamlashning asosi Reja



Download 97,33 Kb.
bet2/8
Sana22.03.2021
Hajmi97,33 Kb.
#61899
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
barkamol-shaxs

Kirish

Mavzuning dolzarliligi. Davlatimiz boshlig’i ta’kidlagandek, “Erkin fuqaro Ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz o’z haq-huquqlarini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak".1 SHu ma’noda barkamol shaxsni tarbiyalash jamiyat a’zolarining asosiy maqsadi bo’lib qoladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2008 yida bosilib chiqqan “Yuksak Ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida bu masalaga yana alohida urg’u berib shunday yozadi:

Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada Ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va masuliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zibo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’’rilgan va ulardan oziqlangan Ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.”

Tadqiqotning manbaviy bazasi. Bitiruv malaviy ish keng ko’lamdagi xilma-xil birlamchi va yordamchi manbalarga tayanadi, uning asosiy manbasi bo’lib arxiv hujjatlari xizmat qildi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida ehlon qilingan asarlar va materiallaridan foydalanildi.

Bitiruv malakaviy ishning yangiligi.

Bitiruv malakaviy ishining yangiligi shundaki, o’rganilgan mavzu tamoman yangicha metodologiya asosida tadqiq qilindi. Milliy g’oya ruhi va talablari asosida Barkamol shaxsni tarbiyalash – mustaqillikni mustahkamlashning asosi o’rganildi va nazariy xulosalar chiqarildi.



Tadqiqotning nazariy-metodologik bazasi.

Bitiruv malakaviy ishining nazariy va metodologik asosini ilmiy bilishning dialektik metodi, uzviylik tamoyillari, xolislik, tarixiylik, tizimlilik, O’zbekiston Respublikasining milliy istiqlol mafkurasi, Prezident Islom Karimovning O’zbekistonning yangi tarixini yaratish, o’zbek milliy davlatchiligi va uning tarixini bunyod etish to’g’risidagi metodologik, nazariy ko’rsatmalari, o’zbek davlatchiligi tarixi kontseptsiyasi tashkil etadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari mazkur mavzu tadqiqoti uchun muhim kontseptual ahamiyatga ega bo’ldi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat

Bitiruv malakaviy ishning ilmiy-amaliy ahamiyati.

Bitiruv malakaviy ishning natijalar katta ahamiyatga ega bo’lib, ular quyidagilardan iborat:



  • tadqiqot jarayonida aniqlangan faktik materiallar, xilma-xil mahlumotlar, ilmiy xulosalar O’zbekiston xalqlari hayoti, taqdirida yuz bergan o’zgarishlar xususida yangicha tarixiy tafakkur yaratish ishiga xizmat qiladi;

  • milliy qadriyatlarimizni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlikda tiklash, milliy g’urur va faxr his-tuyg’ularini uyg’otish yo’lida O’zbekiston hukumati olib borayotgan siyosatni izchil hayotga tadbiq etishda ham tadqiqotdagi fikr-g’oyalar, muhim ahamiyat kasb etadi;

  • tadqiqot jarayonida nohaq saylov huquqidan mahrum qilingan, siyosiy va fuqarolik huquqlari cheklangan yurtdoshlar taqdiri aniqlandi;

  • tadqiqot materiallaridan “Konstitutsiyaviy huquq” “O’zbekiston tarixi”, “Inson huquqlari” fanlaridan o’quv qo’llanma, darsliklar, o’quv videofilg’mlari, elektron qo’llanmalar tayyorlashda foydalanish mumkin.

Ishning strukturasi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.


Download 97,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish