Банкларда молиявий ҳисоб


Банкларда факторинг операцияларини ташкил этиш ва ва уларнинг ҳисоби (молиявий агент, дебиторлик қарздорлиги, тўлов талабномаси, дисконт)



Download 138,06 Kb.
bet38/56
Sana26.02.2022
Hajmi138,06 Kb.
#468026
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56
Bog'liq
ЯН саволлари - Abdijabbar Nurmukhammedov

57.Банкларда факторинг операцияларини ташкил этиш ва ва уларнинг ҳисоби (молиявий агент, дебиторлик қарздорлиги, тўлов талабномаси, дисконт).
Faktoring xoʻjalik yurituvchi subyektlar – yetkazib beruvchilarni moliyalashga doir bank xizmatlarining bir turi boʻlib, bunda ular bank – moliyaviy agentga yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovchilar tomonidan akseptlangan, lekin toʻlov talabnomalari boʻyicha haqi toʻlanmagan toʻlovni, regress huquqisiz, olish huquqini berishdir. Banklar faktoring operatsiyalarini ularning talab qilib olingungacha depozit hisobvaraqlari joylashgan yerdagi mijozlar bilan shartnomalar asosida amalga oshiradiFaktoring xizmatlarini koʻrsatish asosida toʻlovchi tomonidan moliya agentiga pul talabini bajarish muddatlari 90 kundan oshmaydi. Bank tomonidan quyidagilar boʻyicha faktoring operatsiyalarini amalga oshirmaydi:  budjet tashkilotlariga taqdim etiladigan talablar boʻyicha;  jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari boʻyicha;  toʻlovga noqobil deb eʼlon qilingan korxonalarning majburiyatlari boʻyicha;  zarar koʻrib ishlaydigan korxonalar boʻyicha;  kapital qoʻyilmalarni moliyalash boʻyicha;  eksportga oid konsignatsiya kontraktlari boʻyicha;  kompensatsiya va barter bitimlari boʻyicha;  ishga bosqichma-bosqich yoki boʻnak bilan haq toʻlash boʻyicha;  sotish xizmati koʻrsatilganidan keyin mahsulotni qaytarish huquqiga ega boʻlgan oldi-sotdi shartnomalari va boshqalar. Mijoz shartnoma tuzilgunga qadar bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:  toʻlovchi tomonidan imzolangan oldi-sotdi (ish va xizmat) shartnomasi;  moddiy boyliklar, mahsulot (ish va xizmat)  larni berganini tasdiqlovchi hujjatlar (tovar-transport yukxatlari, ishonchnoma koʻchirma nusxalari, ishlarni qabul qilish dalolatnomalari va hokazo);  toʻlovchi tomonidan boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlar roʻyxati;  90 kundan oshgan qarzdorlik boʻyicha solishtirish dalolatnomalari;  toʻlovchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etilgan, soʻnggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-sonli shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-sonli shakl). Bank bilan mijoz oʻrtasida tuzilgan faktoring shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:  ularga nisbatan pul talabining berilishi amalga oshirilayotgan xaridorlar;  berilayotgan talablarning umumiy summasi;  diskont summasi;  shartnomaning amal qilish muddati;  taraflar tomonidan shartnoma shartlari buzilgani uchun daʼvolarni bayon etish muddatlari;  shartnoma shartlari buzilgani uchun taraflarning masʼuliyati;  shartnomani bekor qilish shartlari;  qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shartlar. Faktoring xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzish chogʻida mijoz va bankmoliyaviy agent toʻlovchini ushbu bitim toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Toʻlovni amalga oshirish uchun toʻlovchining talab qilib olingungacha depozit hisobvaragʻida mablagʻlar yetishmagan taqdirda toʻlovchining banki bank – moliyaviy agentga toʻlov talabnomasining 2-sonli kartotekaga qabul qilinganini maʼlum etadi.
Banklarda faktoring operatsiyalarining buxgalteriya hisobi 11100-“Sotib olingan debitorlik qarzlari – faktoring” hisobvaragʻida hisobga olinadi Ushbu hisobvaraq tarkibida quyidaagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar ochilgan:  11101-Sotib olingan debitorlik qarzlari – faktoring;  11103-Muddati oʻtgan sotib olingan debitorlik qarzlari – faktoring;  11105-Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari – faktoring;  11195-Sotib olingan debitorlik qarzlari – faktoring boʻyicha diskont (kontraktiv);  11199-Sotib olingan debitorlik qarzlari – faktoring boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv). Faktoring operatsiyalari boʻyicha toʻlov hujjatlari hisobini yuritish uchun bank tomonidan kutilmagan holatlar hisobvaraqlarida 90966-«Xarid qilingan debitorlik qarzlari – faktoring» shaxsiy hisobvaraqlari ochiladi. Ushbu hisobvaraq debeti boʻyicha xarid qilingan debitorlik qarzlarning toʻliq summasi aks ettiriladi, krediti boʻyicha esa toʻlovchilar toʻliq soʻndirgan, xarid qilingan debitorlik qarzlari hisobdan chiqariladi: Debet: 90966-Sotib olingan debitorlik qarzlari – faktoring; Kredit: 96331-Sotib olingan debitorlik qarzlari – faktoring boʻyicha kontrhisobvaraq.

Download 138,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish