Банкларда молиявий ҳисоб



Download 138,06 Kb.
bet36/56
Sana26.02.2022
Hajmi138,06 Kb.
#468026
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56
Bog'liq
ЯН саволлари - Abdijabbar Nurmukhammedov

52.Кредит операцияларини ташкил қилиш ва уларнинг турлари. Мижозларга бериладиган кредитлар бўйича алоҳида ҳисобварақлар, овердрафт ва контокоррент ҳисобварақаларини очиш тартиби.
Kredit operatsiyalari (lotincha «creditum» kredit degan maʼnoni anglatadi) deganda shartlar asosida, yaʼni qaytarishlilik muddatlilik va toʻlovlilik shartlari asosida maʼlum bir miqdordagi pulni qarzga berish tushuniladi. Bank kreditlari muddatiga qarab turlicha boʻladi (uzoq va qisqa); qarzdorning tashkiliy-huquqiy tuzilishiga qarab (davlat, xususiy va aksionerlik jamiyati, kooperativlar, uyushmalar, boshqa banklar, qoʻshma korxonalar, fermerlar, xususiy shaxslar va hokazolar); tarmoqqa qarab, (sanoat qishloq xoʻjaligi, kommunal kredit); maqsadiga qarab (mavsumiy xarajatlar uchun, toʻlov hujjatlarni toʻlash uchun, aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun va boshqa asosiy aktivlar bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish) shuningdeq, boshqa mezonlarga qarab yirik va kichik kreditlarga farqlanadi. Kreditlashni tashkil etish kredit munosabatlarining ikki subyekti - bank va qarz oluvchining oʻzaro majburiyatlari hamda manfaatlarini uygʻunlashtirishni nazarda tutadi. Bank kredit siyosatining mazmuni quyidagilardan iborat: 1. bank kredit portfelini aniqlash va shakllantirish bilan bogʻliq masalalar; 2. bank raisining kredit faoliyati uchun javob beradigan oʻrinbosari, kredit qoʻmitasi raisi va kredit inspektoriga yuklangan vakolatlar roʻyxati; 3. bankning kredit berish sohasidagi huquqlari va axborot taqdim etish boʻyicha jami majburiyatlar; 4. kredit arizalari boʻyicha tekshirish va qaror chiqarish tizimi bayoni; 5. kredit arizasiga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar va kredit ishida albatta saqlanadigan hujjatlar roʻyxati; 6. kredit ishlari saqlanishi va tekshirilishi uchun kim javobgarligi, kim va qanday holatda ularni olish huquqiga egaligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar;7.kreditning taʼminlanganligi va uni qabul qilish, baholash va amalga oshirishning asosiy qoidalari; 8. barcha kreditlar sifatini belgilaydigan meʼyorlar bayoni; eng yuqori kredit imtiyozlarini belgilash va koʻrsatish; 9.bank xizmat koʻrsatadigan mintaqa, kredit qoʻyilmalarining asosiy qismi joriy etiladigan tarmoq, iqtisodiyot sohasi yoki sektori; u muammoli kreditlar tarkibi va tahlili, bunda muammolarni qanday hal etilishi ehtimollari koʻrsatiladi. Kreditlar muddatiga koʻra, qisqa va uzoq muddatli turlarga boʻlinadi. Qisqa muddatli kreditlar amal qilish muddati 12 oydan oshmaydigan kredit boʻlib, uning muddati uzaytirilishi kreditlanayotgan tadbirlarni oʻtkazish muddati, ularning qoplanishi va boshqa shartlardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qisqa muddatli kreditlar kreditlarning boshqa turlariga nisbatan likvidliroq hisoblanadi. Uzoq muddatli kreditlar 3-5 yildan ortiq muddatga beriladi. Kreditlash jarayoni bir nechta tamoyillar asosida amalga oshiriladi: kreditning muddatliligi; kreditning qaytarilishligi; kreditning taʼminlanganligi; kreditning toʻlovliligi; kreditning maqsadliligi. Bankning kredit operatsiyalarini quyidagi mezonlari boʻyicha tasniflanadi: Bank kreditlarini qarz oluvchilarping guruhlari boʻyicha tasniflanishi mumkin: Bank kreditlarini oluvchilar boʻlib hukumat, boshqa banklar, xoʻjalik subyektlari, turli moliya tashkilotlari, aholi hisoblanadi. Kreditlar maqsadi yoki qaysi sohaga yoʻnaltirilishi boʻyicha: sanoat, qishloq xoʻjaligi, savdo, investitsion, isteʼmol va boshqa kreditlarga boʻlinadi. Bank kreditlari ishlatilishi sohasi boʻyicha 2 xil boʻlishi mumkin: asosiy kapitalni moliyalashtirish uchun yoki aylanma kapitalni moliyalashtirish uchun kreditlar beriladi. Bular oʻz navbatida ishlab chiqarish yoki muomala sohasiga yoʻnaltiriladigan kreditlarga boʻlinadi. Inflatsiya sharoitida tijorat banklari amaliyotida savdo va chayqovchilik operatsiyalarini moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan kreditlar aksariyat qismni tashkil etadi. Hajmi boʻyicha kreditlar katta va kichiklarga boʻlinadi. Lekin xalqaro amaliyotda bu kreditlarni belgi boʻyicha yagona oʻlchov (mezon)i yoʻq. XVF, YETTBning nuqtai nazaridan 10000 AQSH dollarigacha boʻlgan summadagi kreditlar kichik kreditlarga kiradi. Qaytarish muddati boʻyicha kreditlar talab qilinguncha va muddatli boʻladi. Muddatli kreditlar qisqa va uzoq muddatlilarga boʻlinadi. Kreditlarni bu mezon boʻyicha turli mamlakatlarda farqlanadi. Aksariyat banklar asosan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit berish bilan shugʻullanadi. Ta’minlanganligi boʻyicha kreditlar taʼminlanmagan va taʼminlangan kreditlarga boʻlinadi. Taʼminlangan kreditlar taʼminlanganlik xarakteriga qarab garovli, kafolatlangan, sugʻurtalangan va hokazolarga boʻlinadi. Taʼminlanmagan kreditlar ishonchli deb ham ataladi va odatda faqat solo-veksel orqali taqdim etiladi. Taʼminlanmagan kreditlar qarz oluvchiniig obroʻsini hisobga olgan holda va uning daromadlari darajasini baholashdan soʻggina beriladi. Kreditning sifati past boʻlganda ham u taʼminlanmagan kredit deb yuritiladi va bunda kreditlar boʻyicha kreditning qaytmaslik xatari yuqori boʻladi. Berilish usullari boʻyicha kreditlar, qoplash uchun va toʻlov kreditlarga boʻlinadi. Birinchi holatda kredit qarz oluvchining hisobvaragʻiga xarajatlarni qoplash uchun oʻtkaziladi. Bunda yana avans xarakteridagi kredit mablagʻlarini oʻtkazilishi ham nazarda tutiladi. Ikkinchi holatda bank krediti bevosita naqd pulsiz hisob-kitoblarda hisob hujjatlarini toʻlash uchun beriladi. Shu bilan birga, bir martalik kreditlar ham boʻladi, yaʼni shartnomada belgilangan muddat va summada taqdim etiladi. Biroq koʻpchilik mamlakatlarda kredit liniyalari keng qoʻllaniladi. Bank kreditlarini qaytarilish tartibi boʻyicha ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga bir vaqtda qaytariladigan kreditlar, ikkinchi guruhga bir necha muddatda boʻlib-boʻlib toʻlanadigan kreditlar kiradi. Odatda yuridik shaxslar va aholiga joriy ehtiyojlarni qoplash uchun naqd pul mablagʻlari kerak boʻlganda beriladigan qisqa muddatli kreditlar, bir vaqtda qaytariladigan kreditlar hisoblanadi.
53.Қисқа муддатли кредитларни бериш ва қайтарилишини расмийлаштириш, ҳамда уларни бухгалтерия ҳисобида акс эттириш тартиби (кредит шартномаси, кредит комиссияси, кредит ҳисобварағи, ҳисобланган фоизлар, муддати).
Qisqa muddatli kreditlar bir yilgacha muddatga berilib, korxona aylanma
kapitalining xarakatini ta’minlash, joriy hisob – kitoblarni amalga oshirish, to‘lov
qobiliyatini mustahkamlash moliyaviy faoliyatining barqarorligini ta’minlash kabi
masalalarga yo‘naltiriladi. Qisqa muddatli kredit korxona va tashkilotlarning aylanma
kapitalini shakllantirishning ideal manbasi bo‘lib hisoblanadi.Qisqa muddatli kredit berishda kreditlar bir necha oydan bir yilgacha bo’lgan muddatga
beriladi. Bu turdagi kreditlar:
--aylanma kapitalni to’ldiruvchi;
– qurilish maqsadida olinadigan “oraliq”;
– qimmatli qog’ozlar dillerlariga beriladigan;
– chakana savdo bilan shug’ullanuvchi shaxslarga beriladigan;
– o’z aktivlari hisobidan ta’minlovchi (debitorlik qarzlari, factoring va tovar-moddiy
zaxiralari bilan ta’minlangan) kreditlar deb yuritiladi.
Qisqa muddatli bank kreditlari qarz oluvchi korxonaning xo'jalik faoliyatida
aylanma mablag’lar etishmovchiligini to'ldirish uchun qo'llaniladi. Bozor iqtisodiyoti
tamoyillariga mos keluvchi bunday jarayonning bo'lishi ssuda kapitali bozorida mustaqil
segment pul bozorining yuzaga kelishiga olib keladi. Qisqa muddatli kreditlar fond
bozorida, savdo va xizmatlar ko'rsatishda, banklararo kreditlash rejimida ko'proq
qo'llaniladi. Hozirgi sharoitda qisqa muddatli kreditlar quyidagi ko'rsat-kichlar bilan
xarakterlanadi:
– kreditlarning juda qisqa muddatlarga (ba'zida bir oygacha muddatga) berilishi;
– kreditning muddati va foiz stavkasining bir-biriga teskari proportsional (kreditning
muddati juda qisqa bo'lsada, foiz stav-kasi juda yuqori) bo'lishi;
– ishlab chiqarish sohasidan ko'proq muomala sohasiga xizmat ko'rsatish

Download 138,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish