Банкларда молиявий ҳисоб


Чиқим касса операцияларини амалга ошириш тартиби ва уларнинг ҳисоби (чиқим кассаси, чиқим касса ордери, пул чеки, чиқим касса журнали, назоратчи-бухгалтер)



Download 138,06 Kb.
bet34/56
Sana26.02.2022
Hajmi138,06 Kb.
#468026
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56
Bog'liq
ЯН саволлари - Abdijabbar Nurmukhammedov

49.Чиқим касса операцияларини амалга ошириш тартиби ва уларнинг ҳисоби (чиқим кассаси, чиқим касса ордери, пул чеки, чиқим касса журнали, назоратчи-бухгалтер).
Bank kassasidan naqd pullarni chiqim qilish:
a) xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi naqd pul cheki bo‘yicha;
b) jismoniy shaxslarga — mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi chiqim kassa orderi (bevosita bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan naqd puldagi chiqim kassa operatsiyalarini, xususan, naqd pullarni bir hisobvaraqdan ikkinchi bir hisobvaraqqa o‘tkazish uchun chiqim qilishda, naqd pullarni inkassatsiya xizmati xodimlariga topshirish maqsadida chiqim qilishda ham chiqim kassa orderidan foydalaniladi) bo‘yicha;
v) aholining bank depozit hisobvaraqlaridagi omonatlarini va unga hisoblangan foizlarni naqd pulda to‘lash mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi chiqim kassa orderi bo‘yicha;
g) jismoniy shaxsning bank kartasidan bankomat yoki terminallar orqali naqd pullar chiqim qilish — avtomatik tarzda, dasturiy yo‘l bilan shakllantiriladigan sliplar bo‘yicha amalga oshiriladi. Avtomat tarzda shakllantiriladigan slip — chiqim kassa orderiga tenglashtiriladi. Bank kassasidagi terminaldan chiqim qilingan naqd pullarning umumiy summasiga, bank ish kuni oxirida chiqim kassa orderi rasmiylashtiriladi hamda har bir slipdagi summa mazkur Yo‘riqnomaning 192-bandida qayd etilgan axborotlar tasmasiga alohida kiritilishi lozim.Bank kassasidagi terminal orqali jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan naqd puldagi chiqim kassa operatsiyalarining hisob-kitobi yuritiladigan hisobvaraq bo‘yicha kunlik chiqim aylanmalarni, ya’ni chiqim summalari ro‘yxatini chop etgan holda, undagi har bir summani tegishli slip summasi bilan taqqoslab chiqish mumkin.Bunda tafovutlar aniqlanmasa, taqqoslash ishlarini bajargan kassir ushbu ro‘yxatdagi umumiy summani imzolashi lozim. So‘ngra, ushbu ro‘yxat mazkur kassada terminaldan chiqim qilingan naqd pullarning umumiy summasiga rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderiga ilova qilgan holda kunlik kassa hujjatlariga tikilishi kerak. Bankning pul ombori ochilganidan so‘ng, kassa mudiri, bank rahbari va bosh buxgalteri ishtirokida aylanma kassadagi naqd pullar qoldiqlari qayta sanaladi hamda aylanma kassadagi naqd pullar qoldig‘ini mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasiga muvofiq 120-shakldagi kitobda qayd etilgan ma’lumotlar bilan, shuningdek 10101 — Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘idagi qoldiq summaga mosligi tekshiriladi. Bunda kassa mudiri o‘zining 155-shakldagi kitobiga berilayotgan naqd pullar summasini qayd etadi va chiqim kassasi kassiriga imzo qo‘ydirgan holda naqd milliy va xorijiy valyutadagi pullarni, bank ish kuni yakunida hisob berish sharti bilan beradi.Chiqim kassasi kassiri tomonidan naqd pullarni kassa mudiridan qabul qilish:
-banknotlarning to‘liq va to‘liq bo‘lmagan bog‘lamlarini ustki nakladkalardagi ma’lumotlarga qarab tekshirish yo‘li bilan;
-banknotlarning to‘liq bo‘lmagan dastalarini esa kassa mudirining yoki u tayinlagan kassa xodimining kuzatuvi ostida birma-bir qayta sanash orqali;
-tangalar — qopchalarga biriktirilgan yorliqlardagi (yoki paketlar ichidagi qog‘ozdagi) yozuvlarga qarab tekshirish orqali amalga oshiriladi.
Chiqim kassasi kassiri hisob berish sharti bilan kassa mudiridan olgan barcha naqd pul va boshqa qimmatliklarini o‘zining 155-shakldagi kitobida qayd etishi lozim.Kassa mudiri hisob berish sharti bilan bank chiqim kassasi kassiriga naqd pullarni berganidan so‘ng, kassada qolgan naqd pullarni qayta hisoblab, uni bank ish kuni boshidagi kassa qoldig‘i summasiga taqqoslab ko‘rishi kerak.
Naqd pul chek daftarchasini mijozga berish, uning yozma buyurtmalari asosida amalga oshiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatini tugatayotganida yoki hisobvarag‘ini boshqa bankka o‘tkazayotganida naqd pul chek daftarchasi mijozdan qaytarib olinadi hamda naqd pul chek daftarchasining har bir foydalanilmagan varag‘ining imzolar qo‘yiladigan qismini uchburchak shaklida qirqish orqali, foydalanishga yaroqsiz holga keltiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt vakili naqd pul olish uchun bank buxgalteriyasining ushbu mijozga xizmat ko‘rsatuvchi xodimiga naqd pul cheki va boshqa hujjatlarni taqdim etadi.Buxgalteriya xodimi chiqim kassa hujjatini mijoz tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilganligini va mijozning bankdagi hisobvarag‘ida yetarli miqdorda mablag‘lar borligini tekshirgach, uni imzolaydi.Bankda o‘zining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ini ochmagan yoki hisobvarag‘ida yetarlicha mablag‘lari bo‘lmagan har qanday mulkchilik shaklidagi xo‘jalik subyektlariga bank kassalaridan naqd milliy yoki xorijiy valyutalarni chiqim qilinishi taqiqlanadi.Buxgalteriya xodimi tekshirilgan chiqim kassa hujjatini nazoratchi buxgalterga beradi. Nazoratchi buxgalter chiqim kassa hujjatining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirgach, uning tegishli rekvizitlarini chiqim kassasi jurnalida qayd etadi. Ushbu chiqim kassa hujjati va chiqim kassa jurnali nazoratchi buxgalter tomonidan imzolanadi hamda bankning chiqim kassiriga taqdim etish uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt vakiliga naqd pul chekining nazorat markasi (bank xodimi bank kassasidan naqd pul olayotganida unga chiqim kassa orderining yirtma taloni) beriladi.Buxgalteriya xodimi chiqim kassa hujjatlarini chiqim kassasi kassiriga, chiqim kassa jurnaliga imzo qo‘ydirib topshiradi. Bank kassasidan naqd pul olayotgan shaxs tomonidan chiqim kassa hujjatlarini kassirga taqdim etilishi taqiqlanadi.Kassir chiqim hujjatini qabul qilib olganidan so‘ng:
-mijozni chiqim hujjatining raqami bo‘yicha chaqirishi;
-chiqim kassasi kassiriga mijoz tomonidan berilgan nazorat markasi yoki yirtma talonning raqamini chiqim hujjatidagi raqam bilan taqqoslashi va nazorat markasini yoki yirtma talonni tegishli chiqim hujjatiga yelimlab yopishtirishi;
-chiqim hujjatida buxgalteriya bo‘limining mas’ul xodimlarining imzolari borligini va ushbu imzolarni, mavjud imzo namunalariga mos kelishini tekshirishi;
-raqam va so‘z bilan yozilgan summalarning o‘zaro mosligini tekshirishi;
-hujjatda naqd pullarni olayotgan mijozning shaxsiy imzosi borligini tekshirishi;
-naqd pullarni oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati borligini hamda mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlarini chiqim kassa hujjatida qayd etilgan yozuvlar bilan solishtirib ko‘rishi shart.
Kassir chiqim kassa hujjatida ko‘rsatilgan naqd pullar summasini mijozga chiqim qilib berish uchun tayyorlaydi. Bunda kassirning stoli ustida mijozga berishga tayyorlab qo‘yilgan naqd pullardan boshqa pullar bo‘lmasligi kerak.Kassir tayyorlangan naqd pul summasini mijozga beradi va chiqim kassa hujjatini imzolaydi.Mijozga naqd pullar chiqim qilinganidan so‘ng, ushbu chiqim qilingan naqd pullarni alohida sumka, qop, paket yoki boshqa idishga solingan holda bank binosidan olib chiqiladigan hollardagina, olingan naqd pullar summasiga chiqim kassasi kassiri tomonidan moddiy ruxsatnoma rasmiylashtirib berilishi lozim

Download 138,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish