45.Пластик карточкалар билан ҳисоб-китоблар ҳисоби (банк эмитент, дебетли, кредитли, электрон квитанция, процессинг маркази). Bank plastik kartochkasi – bank tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, toʻlov vositasi sifatida ishlatiladigan va oʻz saqlovchisiga bank hisobvaragʻidagi mablagʻlari doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni (toʻlovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablagʻlarini va bank kreditini olish imkonini beruvchi bank plastik kartasi Bank plastik kartochkaga operatsiyalarni amalga oshirish va ular hisobini olib borish uchun boshqa qoʻshimcha maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin. Qayta personalizatsiya qilish uchun bankka qaytarilgan bank plastik kartochkalar hisobi 93609-“Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaragʻining alohida shaxsiy hisobvaragʻida yuritiladi. Plastik kartochkalardagi depozit summasi quyidagi hisobvaraqlarda hisobga olib boriladi:
22618-“Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlari” hisobvaragʻi; 22620-“Korporativ plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlari” hisobvaragʻi. Masalan, jismoniy shaxslar plastik kartochkalaridagi majburiyatlaridan bankomatdan naqd pul olishsa quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi: Dt: 22618-“Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlari” hisobvaragʻi; Kt: 10107-“Bankomatdagi naqd pullar” hisobvaragʻi. Bank plastik kartochkalardan foydalangan holda amalga oshirilgan hisobkitoblar qogʻozda (slip, elektron terminal kvitansiyasi) yoki elektron shaklda (bankomat yoki terminalning elektron hujjati) yoki boshqa maʼlumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Bunda mazkur maʼlumotnomalar hisob-kitoblarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tomonlarga yetarli nusxalarda shakllantiriladi. Maʼlumotnomalar bank plastik kartochka orqali amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak. Maʼlumotnomalarda bank plastik kartochka va bank plastik kartochka saqlovchilarning bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari, shuningdek tashkilotlar, naqd pul berish punktlari va bankomatlarning hisobvaraqlari rekvizitlari boʻlishi shart. Elektron maʼlumotnomalar bank-ekvayerga, bankemitentga yoki shartnomada nazarda tutilgan protsessing markaziga yuboriladi. Bank plastik kartochkalar boʻyicha banklar oʻrtasidagi hisob-kitoblar: – elektron toʻlovlar tizimi orqali umumiy asosda amalga oshiriladi; – amaliyot kuni davomida oʻzaro majburiyatlarni yakuniy hisob-kitobi va yakuniy hisob-kitoblar summasini banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali hisobga oʻtkazish asosida hisob-kitob ishtirokchilari tomonidan tashkil qilingan protsessing markazi orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish. Amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha umumiy hisob-kitoblar elektron toʻlovlar tizimi orqali quyidagicha amalga oshiriladi: a) bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilinmagan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarda: – bank tomonidan xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotdan olingan elektron hujjatlar asosida bank-ekvayer uning hisobvaragʻiga tegishli mablagʻlarni oʻtkazadi, bunda avtomatik ravishda debet elektron memorial order shakllanadi va elektron toʻlovlar tizimi orqali bank-emitentga yuboriladi; – mijozning bank plastik kartochka hisobvaragʻidagi mablagʻlar bank-emitent tomonidan debet elektron memorial order asosida dasturiy ravishda hisobdan chiqariladi. Debet elektron memorial order roʻyxat koʻrinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi; b) bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilingan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarda: – bank tomonidan xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotdan olingan elektron hujjatlar asosida bank-ekvayerda avtomatik ravishda elektron xabarnoma shakllanadi hamda oʻtkazmalarni avtorizatsiya qilish va amalga oshirish uchun elektron toʻlovlar tizimi orqali bank-emitentga yuboriladi;
– bank-emitent elektron xabarnoma asosida tranzaksiyani avtorizatsiya qilib, mablagʻlarni elektron toʻlovlar tizimi orqali tegishli tashkilotlar hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun bank-ekvayerga yuboradi hamda mablagʻlarni bank plastik kartochka hisobvaragʻidan hisobdan chiqarish uchun elektron memorial orderni dasturiy ravishda shakllantiradi; – mablagʻlar bank-ekvayer tomonidan bank-emitentdan olingan elektron memorial order asosida tegishli tashkilotlarning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va memorial order roʻyxat koʻrinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi. Protsessing markazi orqali hisob-kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi: – amaliyot kuni davomida bank plastik kartochkalar boʻyicha protsessing markazi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar hisob-kitob ishtirokchilari uchun ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi; – yakuniy summalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitob markazida ochilgan banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali shartnomada nazarda tutilgan muddatda oʻtkaziladi; – banklar tomonidan protsessing markazidan olingan maʼlumotlar asosida mijozning Bank plastik kartochka hisobvaragʻiga mablagʻlar oʻtkaziladi yoki hisobdan chiqariladi. Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalariga mablagʻlar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tegishli toʻlov topshiriqnomalari asosida kirim qilinadi. Plastik kartochkalarga mablagʻlar kirim qilinganda, quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: Debet: 20200-“Mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari”; Kredit: 22618-“Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlar” hisobvaragʻi. Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalaridagi mablagʻlar foydalanilganda bank ularning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlarni tegishli savdo tashkilotlari yoki xizmat koʻrsatish subyektlarining tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi. Bunda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: Debet: 22618-Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlar; Kredit: 10301, 16103, 20200 tegishli hisobvaraqlari. Kartochkalar boʻyicha banklararo hisob-kitoblar texnologiyasi quyidagi variantlarni koʻzda tutadi: a) Hisob-kitoblarni amaldagi elektron toʻlovlar tizimi (ETT) orqali yalpi hisobkitob asosda oʻtkazish; b) Hisob-kitoblarni hisob-kitoblar qatnashchilari tomonidan tashkil etilgan protsessing markazlaridan kun davomida oʻtkazilib, yakuniy oʻzaro majburiyatlar hisoblangan holda, tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlaridan yakuniy hisobkitoblar summasini oʻtkazish. Protsessing markazlari orqali hisob-kitoblarni oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) kun davomida kartochkalar boʻyicha barcha tranzaksiyalar, hisob-kitoblar qatnashchilari tomonidan tasdiqlangan tartibda, protsessing markazi orqali oʻtkaziladi va hisob-kitoblarda qatnashuvchi har bir bank uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi; b) hisob-kitoblar qatnashchilari kelishuviga asosan, hisob-kitoblar boʻyicha yakuniy summalar (majburiyatlar) tijorat banklarining Markaziy bankning Hisobkitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali, shartnomada qayd etilgan davriylikda oʻtkaziladi; d) banklar, protsessing markazidan olingan maʼlumotlarga asosan kartochkalardan foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha mablagʻlarni mijozlarning hisobvaraqlariga kiritadilar yoki chiqaradilar.