Банкларда молиявий ҳисоб


Тўлов талабномалари билан ҳисоб-китоблар ва уларнинг ҳисоби (акцепт, 1-картотека, маблағларни олувчи, реестр, 2-картотека)



Download 138,06 Kb.
bet26/56
Sana26.02.2022
Hajmi138,06 Kb.
#468026
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56
Bog'liq
ЯН саволлари - Abdijabbar Nurmukhammedov

40.Тўлов талабномалари билан ҳисоб-китоблар ва уларнинг ҳисоби (акцепт, 1-картотека, маблағларни олувчи, реестр, 2-картотека).
To‘lov talabnomasi mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘idan unda ko‘rsatilgan summani to‘lash to‘g‘risidagi mablag‘larni oluvchining talabi nazarda tutilgan to‘lov hujjati hisoblanadi.
To‘lov talabnomasi faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga taqdim etilishi mumkin, bundan chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga taqdim etiladigan to‘lov talabnomalari mustasno.To‘lov talabnomasi tovarlar (ishlar, xizmatlar), shuningdek mablag‘larni oluvchi hamda to‘lovchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha taqdim etilishi mumkin. To‘lov talabnomalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
--akseptli to‘lov talabnomasi, unga muvofiq to‘lov talabnomasida nazarda tutilgan to‘lovlar mablag‘larni to‘lovchi tomonidan akseptlanganidan keyin amalga oshiriladi;
--akseptsiz to‘lov talabnomasi, unga muvofiq to‘lov talabnomasida nazarda tutilgan to‘lovlar mablag‘larni to‘lovchining roziligi bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
To‘lov talabnomalari qog‘oz shaklda yoki Tizim orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
Tovar yetkazib beruvchi to‘lov talabnomasining “To‘lov maqsadi” grafasida:shartnoma turi, sanasi va tartib raqami;tovarni jo‘natish (topshirish) sanasi va tovar-transport yoki qabul qilish-topshirish hujjatlari raqami hamda transport turi, tovarlar pochta aloqasi orqali jo‘natilganda — pochta kvitansiyalarining raqami;tovarlar sotib oluvchining transport vositasi bilan olib ketilganda “__-son ishonch xati asosida sotib oluvchining transport vositasi bilan olib chiqib ketilgan” degan yozuv ko‘rsatiladi.
Qog‘oz shakldagi to‘lov talabnomasi mablag‘larni oluvchi tomonidan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi ikki nusxada tuzilgan reyestr bilan birga unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yoki to‘lovchining bankiga taqdim qilinadi.Reyestrning birinchi nusxasi tashkilot rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan hamda tashkilot muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak, bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim qilingan reyestrda muhr izining mavjudligi talab etilmaydi. Reyestrning birinchi nusxasi qabul qilish sanasi ko‘rsatilib, bank mas’ul xodimining imzosi va bank tomonidan unga biriktirib qo‘yilgan bank shtampi bilan tasdiqlangan holda bankda qoladi.Reyestrning ikkinchi nusxasi bank tomonidan qabul qilingan sanasi ko‘rsatilib, mas’ul xodimning imzosi va bank tomonidan unga biriktirib qo‘yilgan bank shtampi bilan tasdiqlangan holda mablag‘larni oluvchiga qaytariladi.
Qog‘oz shaklidagi akseptli to‘lov talabnomalari:
a) mablag‘larni to‘lovchi va oluvchiga bankning bitta filiali tomonidan xizmat ko‘rsatilganda, to‘lov talabnomasi ikki nusxada taqdim qilinadi.
Bunda to‘lov talabnomasining birinchi nusxasi bankda qoldiriladi. To‘lov talabnomasining ikkinchi nusxasi keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay (bundan mablag‘larni to‘lovchi yoki uning vakili belgilangan muddatda bankka tashrif buyurmagan hollar mustasno), bank tomonidan qabul qilish sanasi ko‘rsatilib akseptlash uchun mablag‘larni to‘lovchi yoki uning vakiliga topshiriladi.b) mablag‘larni to‘lovchi va oluvchiga bir bankning turli filiallari yoki turli banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilganda, to‘lov talabnomalari ikki nusxada taqdim qilinadi. To‘lov talabnomasi mablag‘larni oluvchining bankiga taqdim qilingan bo‘lsa, to‘lov talabnomasining barcha nusxalari mablag‘larni to‘lovchining bankiga yuboriladi. Bunda mablag‘larni to‘lovchining bankida to‘lov talabnomasining:
-birinchi nusxasi bankda qoldiriladi;
-ikkinchi nusxasi keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay (bundan to‘lovchi yoki uning vakili belgilangan muddatda bankka tashrif buyurmagan hollar mustasno), bank tomonidan qabul qilish sanasi ko‘rsatiladi va akseptlash uchun to‘lovchi yoki uning vakiliga topshiriladi. To‘lov talabnomasi kelib tushganligi haqida mablag‘larni to‘lovchiga xabar berish hamda Tizimdan foydalanuvchi mablag‘larni to‘lovchi tomonidan to‘lov talabnomasi bilan tanishganligini tasdiqlash tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Akseptli to‘lov talabnomasining nusxasi mablag‘larni to‘lovchining bankiga kelib tushgan kundan keyingi operatsiya kunidan kechiktirmasdan, mablag‘larni to‘lovchi yoki uning vakiliga “To‘lov muddatini kutayotgan to‘lov hujjatlari” jurnalida va ushbu to‘lov talabnomasi birinchi nusxasining yuqori o‘ng burchagiga imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi. Bunda topshirilgan akseptli to‘lov talabnomasi 1-son kartotekada hisobga olinadi.
Tizim orqali topshirilgan akseptli to‘lov talabnomalarining olinganligi mablag‘larni to‘lovchi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Bunda ushbu to‘lov talabnomalarining hisobi elektron shakldagi “To‘lov muddatini kutayotgan to‘lov hujjatlari” jurnalida yuritiladi hamda 1-son kartotekada hisobga olinadi. Akseptli to‘lov talabnomalarini akseptlash muddati ular mablag‘larni to‘lovchiga topshirilgan kundan keyingi kundan boshlab besh operatsiya kunini tashkil qiladi.Bunda mablag‘larni to‘lovchining arizasiga asosan akseptli to‘lov talabnomalari ular topshirilgan kundan keyingi kundan boshlab o‘n operatsiya kuni ichida akseptlanishi mumkin.Mablag‘larni to‘lovchi mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar va muddatlarda yozma yoki elektron ravishda to‘lov talabnomasini akseptlashni to‘la yoki qisman rad etishi mumkin.Akseptli to‘lov talabnomasi kelib tushgan kundan boshlab o‘n operatsiya kuni ichida bank tomonidan mablag‘larni to‘lovchiga topshirish imkoni bo‘lmagan, shu jumladan ushbu muddatda mablag‘larni to‘lovchi Tizimga kirmagan hollarda to‘lov talabnomasiga bank tomonidan “Mijozning kelmaganligi sababli ijro etilmadi” degan yozuv kiritiladi va ijro etilmasdan qaytarib yuboriladi.Bunda, mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan o‘n operatsiya kuni ichida mablag‘larni to‘lovchining topshirig‘iga asosan uning hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish, shu jumladan naqd pul berish operatsiyalari amalga oshirilgan bo‘lmasligi kerak, bundan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytidagi soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabineti orqali yuborilgan to‘lov topshiriqnomalari asosida to‘lovlarni amalga oshirish holatlari mustasno.Mablag‘larni to‘lovchining to‘lov talabnomasini akseptlashni to‘la yoki qisman rad etish to‘g‘risidagi arizasida rad etish sabablari ko‘rsatiladi hamda uning shaxsiy varaqchasida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan imzolanadi (Tizim orqali yuborgan hollarda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi).

Download 138,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish