Банкларда молиявий ҳисоб


Тижорат банкининг ҳисоб-китоб чеклари билан ҳисоб-китоблар ҳисоби (серияси ва рақами, минимал сумма, милки, жисмоний шахс)



Download 138,06 Kb.
bet29/56
Sana26.02.2022
Hajmi138,06 Kb.
#468026
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56
Bog'liq
ЯН саволлари - Abdijabbar Nurmukhammedov

44.Тижорат банкининг ҳисоб-китоб чеклари билан ҳисоб-китоблар ҳисоби (серияси ва рақами, минимал сумма, милки, жисмоний шахс).
Chek – chek beruvchining hisobvaragʻidan chek oluvchining hisobvaragʻiga chekda belgilangan summani oʻtkazish boʻyicha topshiriq nazarda tutilgan hisobkitob hujjati. Cheklar banklar buyurtmasiga muvofiq “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi. Chekning seriyasi va tartib raqami, mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va firma belgisi bosma shaklda chop etiladi. Cheklar jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarda qoʻllaniladi. Chekning maksimal summasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan, minimal summasi, shuningdek chekning amal qilish muddati banklar tomonidan belgilanadi. Bank tomonidan chek berilganda jismoniy shaxsning arizasiga asosan chekning summasiga 20206-“Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvaragʻida alohida ikkilamchi shaxsiy hisobvaraq ochiladi va toʻlovlar ushbu hisobvaraq orqali amalga oshiriladi. Chek jismoniy shaxslar tomonidan omonat hisobvaragʻidagi mablagʻlar yoki topshirilgan naqd pul mablagʻlari hisobidan beriladi. Chek amal qilish muddati davomida bankka taqdim qilinmagan boʻlsa, u holda chek summasi 29842-“Harakatsiz depozit majburiyatlari” hisobvaragʻida hisobga olinadi. Chek egasi amal qilish muddati tugagan chek bilan bankka murojaat qilgan taqdirda, bank chek egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida chekni qabul qilishi va unda koʻrsatilgan summani toʻlab berishi lozim. Cheklarni berish tartibi: a) chek berilayotgan vaqtda, unda bankning masʼul xodimi tomonidan quyidagi rekvizitlar koʻrsatilishi shart: chek berilgan sana; chek boʻyicha beriladigan summa; jismoniy shaxsning (chek beruvchining) familiyasi, ismi va otasining ismi; shaxsni tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va tartib raqami; chek beruvchining hisobvaragʻi; chek bergan bankning nomi va unikal kodi (xos raqami); chek amalda boʻladigan oxirgi sana. Mazkur rekvizitlar toʻldirilgandan soʻng, bank buxgalteri va kassiri tomonidan chekka imzo qoʻyilib, kesish chizigʻida qolgan sonlar chek summasiga muvofiq boʻlishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Chek milki imzolash uchun chek oluvchiga berilishi kerak. Chekning seriyasi va tartib raqami, chek yozilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek chek summasi va uning kelib chiqish manbalari koʻrsatilgan holda alohida daftarga yozib qoʻyiladi; b) bank kassiri bankning masʼul xodimidan barcha zarur hujjatlarni olgach: hujjatlarni toʻgʻri rasmiylashtirganligini tekshiradi va ularni imzolaydi; chek oluvchi shaxsni chaqiradi, undan chek uchun toʻlovni qabul qiladi; chek oluvchiga chekni beradi; amaliyot kunining oxirigacha chek milkini oʻzida saqlaydi; d) amaliyot kunining oxirida bank kassiri naqd pullarda olingan summa va omonat daftarchasidan hisobdan chiqarilgan summani koʻrsatadi hamda chekning milklarini bankning masʼul xodimiga topshiradi. Chekning milki 20206-“Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvaragʻidagi alohida ikkilamchi shaxsiy hisobvaraqdan hisobdan chiqarish uchun kelgunga qadar bankda saqlanadi. Cheklarning milklari bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi. e) chek blankini toʻldirishda xatoga yoʻl qoʻyilgan taqdirda, ushbu blank buzilgan deb topiladi va oʻrniga yangisi toʻldiriladi. Buzilgan chek blanki quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi: “hisob-kitob cheki” degan soʻzlarning bir qismi qirqib olinadi; chek blankiga “buzilgan” degan yozuv kiritiladi va sana koʻrsatiladi; bosh buxgalter va kassir tomonidan imzolanadi. f) qabul qilingan, ishlatilgan va qaytarilgan chek blanklarining hisobi qatʼiy hisobda turuvchi blanklar hisobi qayd etib boriladigan daftarda va koʻzda tutilmagan holatlar balans hisobvaragʻida yuritiladi. Amaliyot kuni davomida chek blanklari chiqim orderi boʻyicha koʻzda tutilmagan holatlar balans hisobvaragʻidan hisobdan chiqarib boriladi. Cheklar bilan toʻlovlar quyidagicha amalga oshiriladi: a) chek toʻlovga taqdim qilingandan soʻng, chekni toʻlovga qabul qilgan tashkilot xodimi chekning orqa tomoniga tashkilot muhri va mansabdor shaxsning imzosini qoʻyadi; b) tovar (ish, xizmat) qiymati chekda koʻrsatilgan summadan kam boʻlgan taqdirda, chekni toʻlovga qabul qilgan tashkilot ushbu chek summasining 25 foizigacha boʻlgan qiymatini naqd pulda berishi mumkin; d) toʻlovga qabul qilingan cheklar uni toʻlovga qabul qilgan tashkilot tomonidan xizmat koʻrsatuvchi bankka pul tushumi bilan birga inkassator orqali yuboriladi; e) bank tomonidan qabul qilingan cheklar boʻyicha toʻlovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi: – chek beruvchi va chek oluvchiga bitta bank tomonidan xizmat koʻrsatilgan taqdirda, cheklar boʻyicha toʻlovlar chekni toʻlovga qabul qilgan tashkilot hisobvaragʻining krediti va 19903-“Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” hisobvaragʻi orqali chek taqdim etuvchi hisobvaragʻining debeti boʻyicha oʻtkaziladi; – chekning asl nusxasi bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi; – chek beruvchi va chek oluvchiga turli banklar tomonidan xizmat koʻrsatilgan taqdirda: – chekda koʻrsatilgan summa chek oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan chek oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi; – bankning elektron hisob-kitob cheki elektron toʻlovlar tizimi orqali chek beruvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka yuboriladi hamda chekning asl nusxasi bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi; – elektron chekda koʻrsatilgan summa chek beruvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan dasturiy ravishda chek beruvchining ikkilamchi hisobvaragʻidan hisobdan chiqariladi hamda elektron chek chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi; f) chek merosxoʻrlar va boshqa vakolatli shaxslar tomonidan chekning amal qilish muddati oʻtganligidan qatʼi nazar, xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim qilinishi mumkin. Bank tomonidan merosxoʻrlar va boshqa shaxslarning chekni tasarruf qilish uchun vakolatliligi aniqlangach, chekda koʻrsatilgan summa toʻlab beriladi; g) foydalanilmagan cheklar bankka taqdim qilingan taqdirda, bank xodimi: chekning haqiqiyligini va uni taqdim qilgan shaxsning vakolatliligini tekshiradi; chekning old tomoniga “Summa _______-sonli hisobvaraqqa oʻtkazilsin” deb ustxat yozadi; chekni bosh buxgalterga beradi; h) yoʻqotilgan cheklar boʻyicha unda koʻrsatilgan summa hisobdan chiqarilganligi uchun bank javob bermaydi.

Download 138,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish