70.Асосий воситалар бўйича эскириш суммаларини ҳисоблаш (амортизация, фойдали хизмат муддати, тўғри чизиқли ҳисоблаш усули, жадаллаштирилган усуллар).
Ma’lumki, xo’jalik yurituvchi subyektlarda asosiy vositalarning qiymati odatda ularga eskirish (amortizatsiya) hisoblash yo’li bilan qoplanadi. Asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati uning butun foydali xizmat muddati mobaynida xo’jalik yurituvchi subyektning xarajatlariga amortizaiion ajratmalar ko’rinishida muntazam taqsimlanali. Bu yerda amortizatsiyalanadigan qiymat deyilganda aktivning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatidan uning taxminiy (baholangan) tugatish qiymatini chegirib tashlangandan qolgan summasi tushuniladi.
5-son BHMS, aktivning foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning tayinlashidan kelib chiqib, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam ravishda taqsimlanadigan eskirishning qiymat ko’rinishidagi ifodasini amortizatsiya sifatida belgilab beradi. Shuni nazarda tutish kerakki, asosiy vositalar obyekti bo’yicha eskirish hisoblanishi, mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va ushbu obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’la qoplanguncha yoki u balansdan chitsarilguncha amalga oshiriladi. Agar asosiy vositalarning obyektlari bo’yicha eskirish hisoblanishi mazkur obyekt qabul qilingan oydan keyingi birinchi oydan boshlanadigan bo’lsa, unga mos ravishda mazkur obyekt bo’yicha eskirish hisoblanishi uning amortizatsiya qiymati to’liq qoplangan yoki u balansdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan to’xtatiladi.
Asosiy vositalar obyektining foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya hisoblanishi to’xtatilmaydi, qonunchilikda o’rnatilgan tartibda ularni konservatsiyaga o’tkazish hollaridan hamda obyektning foydalanishi to’liq to’xtatilgan sharoitda ularning qo’shimcha qurilishi, qo’shimcha jihozlanishi, rekonstrukiiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi, texnik qayta qurollantirilishi davridan tashqari.
Asosiy vositalar obyektlari bo’yicha amortizatsiya ajratmalarining hisoblanishi, korxonaning hisobot davridagi faoliyati natijalaridan qat’iy nazar, amalga oshiriladi va u mos holatda hisobot davrining buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
21son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar obyektlari bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summasi buxgalteriya hisobida tegishli summalarni to’plash yo’li bilan asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarda (0200) aks ettiriladi.15 Хo’jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobida asosiy vositalar obyektlari bo’yicha amortizatsiya hisoblanishi quyidagi tarzda aks ettiriladi:
a) ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo’yicha ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining kalkulatsiyasini hisoblash va xarajatlarni mahsulot birligi tannarxiga olib borish usuliga qarab: Dt «Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2510 «Umumishlab chiqarish», Kt «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
b) yordamchi ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar uchastkalarida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo’yicha: Dt 2310 - «Yordamchi ishlab chiqarish" schyoti yoki 2710 - «Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar" schyoti, Kt «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
v) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) va tovarlarni sotishda foydalanilayotgan, ma’muriy maqsalda, malaniymarifiy va boshqa ijtimoiy vazifalarda ishlatilayotgan asosiy vositalar bo’yicha: Dt «Davr xarajatlari» schyoti, Kt «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya summasi quyidagi usullardan birini qo’llash yo’li bilan hisoblanishi mumkin:
1) amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash;
2) amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli);
3) ikki karrali amortizatsiya meeri bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli;
4) yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul).
Amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulining mohiyati shundan iboratki, asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqib, ularning foydali xizmat qilish muddati davomida amortizatsiya bir tekisda va teng ulushlarda hisoblab boriladi. Ushbu usulga muvofiq, asosiy vositalar obyektining amortizatsiyalanadigan qiymati uning foydali xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga bir maromda (tekisda) olib boriladi (taqsimlanadi). Mazkur usul bo’yicha amortizatsiya qilish meyorining miqdori foydali xizmat muddatining davomiyligiga bog’liqHar bir davr uchun amortizatsiya ajratmasi summasi amortizatsiyalanadigan qiymatini obyekt foydalaniladigan hisobot davrlari soniga bo’lish yo’li bilan hisob-kitob qilinadi.
Foydali xizmat muddati korxona tomonidan aktivning foydalanilishi kutalayotgan vaqt davri yoki korxona tomonidan ushbu aktivni ishlatishdan kutilayotgan mahsulot (ish va xizmatlar) miqdori. Asosiy vositalarning foydali xizmat muddati, korxona tomonidan asosiy vositalarning holatini yaxshilash maqsadida va shuningdek foydali xizmat muddatini oshirilishiga yoki texnologik o’zgartirishlar hisobiga ushbu muddatni qisqartirilishiga olib keladigan amalga oshirilgan xarajatlarni hisobga olgan holda, qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
Тugatish qiymati kutilayotgan foydali xizmat muldati oxirida asosiy vositalarni tugatishda olinadigan aktivlarning taxminiy baholangan summasidan asosiy vositaning chiqib ketishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni ayirib tashlash natijasidagi qiymatdir.
Asosiy vositalarning amortizatsiyalanidigan qiymatini hisoblashda tugatish qiymati muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Тugatish qiymatining miqdori jiddiy summani tashkil etmaydigan bo’lsa, bunday holatda, amortizatsiyalanadigan qiymatni hisoblashda u hisobga olinmasligi mumkin.
Agar tugatish qiymati muhim summani tashkil etsa, bunday holda, u asosiy vositalar sotib olingan sanada yoki qayta baholangan sanada belgilanishi shart. Тugatish qiymati asosiy vositalarning xizmat muddati oxirida tugatish bilan bog’liq kutilayotgan xarajatlar summasiga kamaytirilishi kerak.