Банкларда молиявий ҳисоб



Download 138,06 Kb.
bet54/56
Sana26.02.2022
Hajmi138,06 Kb.
#468026
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
ЯН саволлари - Abdijabbar Nurmukhammedov

1. Aktivlar. 1. 010-satr “Naqd pullar” boʻyicha quyidagi hisobvaraqlardagi qoldiqlar summasi koʻrsatilishi lozim: – aylanma kassadagi naqd pullar; – limitdan ortiqcha naqd pul mablagʻlari sverxlimitnie nalichnie denejnie sredstva; – cheklar va boshqa toʻlov hujjatlari; – bankomatlardagi naqd pullar. 2. 020-satr “Bankning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olishi lozim boʻlgan summalari” boʻyicha quyidagi hisobvaraqlardagi qoldiqlar summasi koʻrsatilishi lozim: – OʻzR MBdagi vakillik hisobvaragʻidan olinishi lozim boʻlgan – Nostro; – OʻzR MBning vakillik hisobvaragʻidan olinishi lozim boʻlgan – Vostro, overdraft; – OʻzR MBdan olinishi lozim boʻlgan naqd pullar; – OʻzR MBdagi majburiy zaxiradan olinishi lozim boʻlgan summalar; – OʻzR MBdan olinishi lozim boʻlgan depozitlar; – OʻzR MBga berilgan kreditlar va boʻnaklar; – olinishi lozim boʻlgan foizlar. 3. 030-satr “Bankning boshqa banklardan olishi lozim boʻlgan summalari” boʻyicha quyidagi hisobvaraqlardagi qoldiqlar summasi koʻrsatilishi lozim: – boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim boʻlgan – Nostro; – boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim boʻlgan – Vostro, overdraft; – boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan naqd pullar; – boshqa banklardan olinishi lozim boʻlgan depozitlar; – boshqa banklarga berilgan kreditlar va boʻnaklar (qisqa muddatli, uzoq muddatli); – olinishi lozim boʻlgan foizlar. Ushbu satrda sof qoldiq, yaʼni koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash boʻyicha tashkil etilgan zaxiralar ayirilgan holda koʻrsatilishi lozim. 4. Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari diskont (mukofot) summasi, haqqoniy qiymat boʻyicha tuzatishlar va ular boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi ayirilgan holda, shuningdek, ular boʻyicha hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda (yaʼni 040 yoki 041-satrga qoʻshgan holda) koʻrsatilishi lozim. 5. Hosilaviy moliyaviy vositalar haqqoniy qiymat hisobga olingan holda, shuningdek ushbu moliyaviy vositalarni xarid qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan operatsiyalar boʻyicha xarajatlarni (“oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” sifatida yoki “oldi-sotdi uchun moʻljallangan qimmatli qogʻozlar”ni xedjirlash sifatida tasniflangan hosilaviy moliyaviy vositalar boʻyicha xarid qilish xarajatlari bundan mustasno) hisobga olgan holda (yaʼni 050-satrga qoʻshgan holda) koʻrsatilishi lozim. 6. Sotishga moʻljallangan mavjud ivestitsiyalar diskont (mukofot) summasi, haqqoniy qiymat boʻyicha tuzatishlar va ular boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi ayirilgan holda, shuningdek investitsiyalarni xarid qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan operatsiyalar boʻyicha xarajatlarni, ular boʻyicha olish uchun hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda (yaʼni 060-satrga qoʻshgan holda) koʻrsatilishi lozim. 7. Soʻndirilguncha saqlab turiladigan investitsiyalar diskont (mukofot) va ular boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi ayirilgan holda, shuningdek investitsiyalarni xarid qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan operatsiyalar boʻyicha xarajatlarni va ular boʻyicha olish uchun hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda (yaʼni 060-satrga qoʻshgan holda) koʻrsatilishi lozim. 8. 070-satr “Teskari REPO” boʻyicha REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar natijalari boʻyicha qoldiqlar summasi ular boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi ayirilgan holda koʻrsatilishi lozim. 9. 080-satr “Mijozlarga berilgan kreditlar va boʻnaklar” boʻyicha bank tomonidan berilgan qisqa muddatli, uzoq muddatli kreditlar, ushbu kreditlar boʻyicha olish uchun hisoblangan foizlar boʻyicha qoldiqlar summasi aks ettiriladi, shuningdek, kreditlarni taqdim etish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan operatsiyalar boʻyicha xarajatlar summasi kiritiladi.

Download 138,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish