Банкларда молиявий ҳисоб


Номоддий активлар бўйича эскириш суммаларини ҳисоблаш



Download 138,06 Kb.
bet47/56
Sana26.02.2022
Hajmi138,06 Kb.
#468026
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56
Bog'liq
ЯН саволлари - Abdijabbar Nurmukhammedov

71.Номоддий активлар бўйича эскириш суммаларини ҳисоблаш (амортизация, фойдали хизмат муддати, тўғри чизиқли ҳисоблаш усули, камайиб борувчи қолдиқ усули). Nomoddiy aktivlar qiymati toʻliq yoki qisman oldindan toʻlanishi mumkin. a) oldindan toʻlov amalga oshirilganda: Debet: 19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablagʻlar” hisobvaragʻi; 232 Kredit: 16103-“Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi; b) aktivlar kelib tushganda esa: Debet: 16601-“Nomoddiy aktivlar” hisobvaragʻi; Kredit: 19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablagʻlar” hisobvaragʻi. Agar bank tomonidan toʻlov nomoddiy aktivlar kelib tushgandan keyin amalga oshirgan boʻlsa, u holda, buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv amalga oshiriladi: a) aktivlarning kelib tushishi va balansda aks etirilishiga: Debet: 16601-“Nomoddiy aktivlar” hisobvaragʻi; Kredit: 29802-“Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi; b) aktivlarning qiymati toʻlanganda esa: Debet: 29802-“Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi; Kredit: 16103-“Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” hisobvaragʻi. Agar banklar nomoddiy aktivlarni bepul olganda taqdirda, bepul olingan nomoddiy aktivlarning haqiqiy qiymati buxgalteriya hisobida quyidacha rasmiylashtiriladi: Debet: 16601-“Nomoddiy aktivlar” hisobvaragʻi; Kredit: 30905-“Tekinga olingan mulklar” hisobvaragʻi. Nomoddiy aktivlar bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar aktivga dastlab moʻljallangan meʼyorlardan yuqori kelgusidagi iqtisodiy foydani yaratish imkonini bergan taqdirdagina ularning boshlangʻich (haqiqiy) qiymatiga qoʻshiladi. Boshqa barcha kelgusidagi xarajatlar ular amalga oshirilgan davrdagi xarajatlarga olib boriladi.
72.Кам баҳоли ва тез эскирувчи буюмлар (КБТЭБ) ҳамда бошқа материал заҳиралар ҳисобини юритиш (хизмат муддати, товар-моддий қимматликлар, 19921, омборхона мудири, ҳисобдан чиқариш). Ushbu BHXSga muvofiq, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar tovar-moddiy zaxiralar sifati eʼtirof etilib, ular quyidagi aktivlardir: – odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun moʻljallangan; – bunday sotuv uchun ishlab chiqarish jarayonida boʻlgan yoki – ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar koʻrsatilishida foydalanilishi koʻzlangan xomashyo va materiallar koʻrinishidagi aktivlardir. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar uchun oldindan toʻliq yoki qisman mablagʻ toʻlanganda: Debet: 19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablagʻlar” hisobvaragʻi; Kredit: 16103-“Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablagʻlar” yoki 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvaraqlari. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar omborxonaga sotib olinganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar asosida kirim qilinganda: Debet: 19921-“Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar” hisobvarag‘i; Kredit: 19909-“Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to’langan mablag‘lar” hisobvarag‘i. Agar toʻlov kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar kelib tushgandan keyin amalga oshirilsa: a) kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar kelib tushganda: Debet: 19921-“Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar” hisobvarag‘i; Kredit: 29802-“Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i; b) kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar qiymati toʻlanganda: 243 Debet: 29802-“Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun to’lanadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i; Kredit: 16103-“Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha olinadigan mablag‘lar” yoki 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvaraqlari. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar Bosh bank/filialdan filiallar/bosh bankka berilganda shu kungi bank hujjatlariga moddiy javobgar shaxsga tegishli filial/bosh bank tomonidan (belgilangan tartibda) berilgan talabnoma va ishonchnoma tikib qoʻyiladi: Debet: 16104-“Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag‘lar – Tovar-moddiy qimmatliklar”; Kredit: 19921-“Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar” hisobvarag‘i. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar Bosh bankdan filialga qabul qilinganda, boshlang‘ich hujjatlar (yuk xatlari)ga asosan: Debet: 19921-“Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar” hisobvarag‘i; Kredit: 22205-“Bosh bank/filiallarga to’lanadigan mablag‘lar – Tovar-moddiy qimmatliklar” hisobvarag‘i.

Download 138,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish