Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki (MBRR) Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish shartlari
Kreditlash shartlari
|
ATB “Qishloq qurilish bank”
|
AT Xalq banki
|
Kredit maqsadi
|
Intensiv bog’ va zamonaviy issiqxona tashkil etish, qishloq xo’jaligi maxsulotlarini etishtirish, qayta ishlash, qadoqlash, uzoq muddatga saqlash va sotish bilan bog’liq faoliyatlar
|
Meva-sabzavotchilik mahsulotlarini etishtirish, issiqxona tashkil qilish, qishloq xo’jaligida ilg’or texnologiyalarni jalb qilish, qishloq xo’jaligi maxsulotlarini uzoq vaqt davomida saqlash, qayta ishlash va ularni qadoqlash bilan bog’liq loyihalarni moliyalashtirish
|
Kreditning minimal va maksimal summasi
|
Investitsion loyihalar uchun– 2 000 000,0 AQSh dollari yoki AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda - Aylanma mablag’lar uchun – 200 000,0 AQSh dollari yoki AQSh dollariekvivalentidan oshmagan miqdorda
|
Uzoq muddatli kreditlar va lizing operatsiyalari – 2.000.000,0 (ikki million) AQSh dollarigacha; Qisqa muddatli kreditlar (aylanma mablag’larni to’ldirish uchun) – 200.000,0 (ikki yuz ming) AQSh dollarigacha
|
Kredit muddati
|
Uzoq muddatli: 120 oy Qisqa muddarli: 18 oy
|
Uzoq muddatli: 10 yilgacha Qisqa muddarli: 18 oy
|
Imtiyozli davr
|
Uzoq muddatli: 120 oy - 36 oy Qisqa muddarli: 18 oy - 9 oy
|
Uzoq muddatli: 10 yilgacha -36 oy Qisqa muddarli: 18 oy - 9 oy
|
Foiz to'lovi
|
AQSh dollari miqdoriga: yillik 5,5% Milliy valyuta miqdoriga: yillik 10%
|
AQSh dollari miqdoriga: yillik 5,5% Milliy valyuta miqdoriga: yillik 10%
|
Loyihani ko'rib chiqish uchun komissiya
|
Kreditning 1,0% miqdorida
|
-
|
Kredit o’zlashtirilmagan qismi uchun komissiya
|
AQSh dollarida yillik 3,0%, milliy valyutada yillik 4,5% miqdorida
|
0,5% miqdorida milliy valyutada Markaziy bankning rasmiy kursi bo’yicha to’lanadi
|
Jadval ma'lumotlaridan ko'rininb turibdiki, Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki (MBRR) Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish shartlari ATB “Qishloq qurilish bank” va AT Xalq banklarida deyarli bir xil. aksariyat shartlarni, xususan, ATB “Qishloq qurilish bank” da loyihani ko'rib chiqish uchun komissiya 1 foizni tashkil etsa, AT Xalq bankida esa ushbu komissiya ko'zd tutilmagan. Bundan ko'rinadiki AT Xalq bankida kichik biznes sub'yektlariga ATB “Qishloq qurilish bank”ka nisbatan qulaylik yaratilgan. Bundan tashqari, kredit o'zlashtirilmagan qismi uchun komissiya ATB “Qishloq qurilish bank”da AQSh dollarida yillik 3,0%, milliy valyutada yillik 4,5% miqdorida bo'lsa, AT Xalq bankida 0,5% miqdorida milliy valyutada Markaziy bankning rasmiy kursi bo’yicha to’lanadi. Bu ham AT Xalq bankida kichik biznes subyektlariga berilayotgan bir imtiyoz desak, mubolag'a bo'lmaydi. Hech shubha yo‘qki, XMT va xorijiy bank tuzilmalarining kredit liniyalarini o‘zlashtirish va qayta moliyalashtirish jarayonini bank tizimining mahalliy hokimiyat organlari bilan o‘zaro uzviy aloqasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini o‘zaro manfaatli va o‘zaro kafolatli tarzda kreditlash mexanizmi to‘laligicha o‘zini oqlamoqda
Xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatining samaradorligi muayyan darajada a’zo mamlakatlarning hukumati va davlat tashkilotlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatga bog‘liq bo'ladi. Shunday ekan, xalqaro moliya tashkilotlarining investitsion faoliyati ko‘p hollarda yirik xalqaro loyihalar bo'yicha risklarni boshqarish va sug‘urtalashni amalga oshiruvchi davlat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni talab etadi. Hech shubha yo‘qki, XMT va xorijiy bank tuzilmalarining kredit liniyalarini o‘zlashtirish va qayta moliyalashtirish jarayonini bank tizimining mahalliy hokimiyat organlari bilan o‘zaro uzviy aloqasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kichik biznes subyektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit liniyalari hisobidan 206,7 mln. AQSH dollari miqdorida kreditlar ajratildi. Respublika hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga asosan tijorat banklari tomonidan 2,0 trln. so‘m yoki 2016 yilga nisbatan 25 foizga ko‘p miqdorda kreditlar ajratildi. Shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda shularga asosan shakllangan mahalliy korxonalarimiz, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, fermerlikni o‘zaro manfaatli va o‘zaro kafolatli tarzda kreditlash mexanizmi to‘laligicha o‘zini oqlamoqda va bu mexanizm milliy iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini va aholining farovonligini oshirishga xizmat qilayotir.
Do'stlaringiz bilan baham: |