4.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishda mikrokreditlardan foydalanish amaliyotining tahlili
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan bir qator
mamlakatlarda yirik korxonalar o’zlarining ichki bo’linmalari bajargan avvalgi
ko’p funksiyalardan voz kechishi va bu funksiyalarni kichik korxonalarga
bosqichma-bosqich berish jarayoni kuzatilmoqda. Aynan shu sabablarga ko’ra
yirik sanoat korxonalarining soni qisqarib, kichik korxonalar soni o’sib
bormoqda. O’z o’zidan bu xolat tijorat banklarining kreditlariga bo’lgan talabni
oshishiga sabab bo’lmoqda. Bu jarayon bozor iqtisodiyotining dinamik,
xarajatchan, yangiliklarga hozirjavob, bozordagi talab va uning o’zgarishiga tez
moslashuvchan bo’lishini ta’minlaydi. Shunga muvofiq, O’zbekistonning xorijiy
mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda kichik koxona va firmalarni
kreditlashga o’zining e’tiborini ohirib bormoqda. Bu orqali banklar kichik biznes
sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish va mustahkamlashga imkon beruvchi qulay
shart-sharoit yaratish orqali bozor munosabatlarida sog’lom raqobat muhitini
vujudga kelishtirishmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438
sonli qarorida ko’rsatilgan “Moliyaviy nobarqaror va iqtisodiy nochor korxonalar
faoliyatini tiklash va strategic investorlarni jalb qilish”ga e’tiborni kuchaytirish maqsadida “Yo’l xaritalari” dasturini ishlab chiqish hamda ijrosini taminlashda
tijorat banklari va ularning kreditlarini ahamiyati kata. Jumladan, so’ngi yillarda
22 ta zarar ko’rib ishlayotgan korxonalarga 453,3 mlrd so’mlik kredit va
investitsiyalar yo’naltirildi. Natijada ular faoliyati sezilarli darajada ijobiy
tomonga o’zgarib ular 2014-yilning o’zida qariyb 2,5 trln so’mlik maxsulot
yaratib 173 mlrd so’m foyda olishga erishdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlariga kredit berishni ko’paytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2011 yil 11 martda imzolangan PQ-1501-sonli Qarori, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risida” 2011 yil 24 avgustda chiqarilgan PF-4354-sonli Farmoni va boshqabir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun turli imtiyoz va qulayliklar berildi, imtiyozli kreditlash tizimi soddalashtirildi. Xususan:
- kichik biznes sub’ektlaridan tijorat banklarida milliy valyutada hisobvaraq
ochgani uchun to’lov undirish bekor qilindi.
- imtiyozli kreditlash hajmini kengaytirishni rag’batlantirish maqsadida
tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasi mablag’lari
hisobidan kreditlar ajratishdan oladigan daromadlari 2016 yilning 1 yanvariga qadar foyda solig’idan ozod qilindi. Bunga asosan, joriy yilda Imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasi mablag’lari hisobidan kreditlar 1,3 barobarga ko’paytirilib, ularning hajmini 24 milliard so’mdan oshirish choralari ko’rildi. Ushbu kreditlar asosan uzoq va chekka, shuningdek, ortiqcha mehnat resurslariga ega bo’lgan tuman va shaharlarda joylashgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihalarini moliyalashtirishga yo’naltirildi. Kichik biznes va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlashga ajratilgan kreditlarning 1 trillion 172 milliard so’mi mikrokreditlar bo’lib, ularning hajmi 2011 yildagiga nisbatan 1,5 barobar o’sdi
2012 yil davomida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik
faoliyati bilan bog’liq loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari
tomonidan 48,5 milliard so’m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratildi.
“Mustahkam oila yili”da oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini
yaxshilash, turmush darajasini oshirish maqsadida mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar, jumladan mebellar, maishiy texnika va boshqa turdagi uzoq foydalaniladigan jihozlarni sotib olishga jami 320 milliard so’mlik, shu jumladan, 15 mingta yosh oilaga uch yillik qaytarish muddati bilan 81 milliard so’mlik iste’mol kreditlari ajratildi.
2012 yilda mamlakatimizning yuqori sur’atlar bilan barqaror o’sishini
ta’kidlar ekanmiz, buning boisi va omilini avvalambor iqtisodiyotimizga
yo’naltirilgan kapital mablag’lar, investitsiyalarning tobora o’sib borayotganida, bu ko’rsatkich yalpi ichki mahsulotga nisbatan 22,9 foizni tashkil etganida, deb hisoblashimiz zarur. Banklarning roli iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, uy-joy qurilishini, transport va infratuzilmaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish bo’yicha investitsion siyosatda, ayniqsa ahamiyatlidir. Banklar tomonidan ajratilgan kredit qo’yilmalari qoldig’i esa 30,5 foizga o’sib, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra 20,4 trillion so’mni tashkil etdi. Ajratilgan kreditlarning 85,8 foizi ichki manbalar hisobidan berilgan bo’lib, tashqi qarzlar asosan uzoq muddatga, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilinmoqda.
Yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit, jumladan, banklarning kredit portfeli
tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab
tabaqalashtirilgan foyda solig’i stavkalarining joriy etilgani tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda. Banklarning investitsiya kreditlari ustuvor ravishda “2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirish”, “2012 yilgi Investitsiya dasturi” hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni qo’llab-quvvatlashga, kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub’ektlari tomonidan minitexnologiyalarni sotib olishga yo’naltirilmoqda.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
korxonalari o’z faoliyatida turli banklar bilan muomalada bo’ladilar. Bu jarayon
oldingilaridan farq qilgan holda ancha murakkab hisoblanadi, chunki oldingi
jarayonlar, asosan, korxonalar orqali bank o’z faoliyatini olib borganligi bilan
xarakterlanadi. Tadbirkorlik faoliyati shakllanishi tufayli banklar xususiy mulk
egalari va kichik korxonalar faoliyati bilan bog’liq operatsiyalarni bajarishga o’z
mablag’larini safarbar etib boradilar.
Tadbirkorlarning banklar bilan bo’ladigan operatsiyalarida ko’pgina
erkinliklar berib qo’yilganligi shunda namoyon bo’lmoqdaki, xususiy tadbirkor
o’z jamg’armasini O’zbekistonning turli banklaridagi o’z hisob schyotida saqlash,
kredit va kassa operatsiyalarini bajarish huquqiga ega. Banklar bilan tadbirkorlar
o’rtasidagi munosabatlarda amal qilayotgan qonunlarga va shartnomalarga asosan
pul o’tkazish yo’li bilan hisob-kitoblar olib borish mumkin. Banklar tadbirkor
schyotida pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va boshqa muhim ahamiyatga ega
bo’lgan hujjatlarni saqlashni kafolatlab beradi. Banklar tadbirkorlar va mijozlar
bilan bo’ladigan operatsiyalarda pul egasi tomonidan topshiriq qog’ozi bankka
kelib tushishi bilan 12-13 soat davomida keyingi operatsiyalarni bajarishi zarur.
Mulk egalari hisobiga pul o’tkazish shahar ichida 4 ish kunida, viloyat
ichida 5 ish kunida, respublika ichida 10 ish kunida bajarilishi lozim. Agar bu
qonun shartlari buzilsa, mijozga yillik foiz miqdorida bank jarima to’laydi. Bank
mijozlarning arizasiga binoan ularga tegishli operatsiyalarni bajaradi. Banklar
tadbirkorlarni Respublika Markaziy banki tomonidan kiritilgan o’zgarishlardan,
qoidalardan ayniqsa, hisoblar bo’yicha naqd pulsiz tarzdagi operatsiyalar
bo’yicha o’zgarishlardan xabardor qiladi. Bank mijozga kechikib o’tkazgan
operatsiyalari uchun, pulni noto’g’ri jo’natganligi uchun, aybdor sifatida, har bir
kun uchun o’tkazilayotgan summaning 3 foizi mikdorida jarima to’laydi.
Bankning aybi bilan hisob hujjatlari yo’qolsa, mijozga hujjatda ko’rsatilgan
summaning har bir kuni uchun 3 foiz miqdorida jarima to’lanadi.
Tadbirkorlar bilan bank o’rtasida kredit berish bo’yicha bo’ladigan
operatsiyalar ikki tomon o’rtasida imzolangan shartnoma asosida amalga
oshiriladi. Operatsiyalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun har bir tadbirkor
«Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlarini
chuqur o’rganib, unga rioya qilishi lozim.
Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik korxonalarining hayoti va iqtisodiy
faoliyati valyuta operatsiyalari bilan bog’liqligi ma’lum. Tadbirkorlik korxonalari
tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda ham milliy valyuta, ham xorij
valyutasida operatsiya-larni bajarishiga to’g’ri kelmoqda. Ayniksa, tashqi savdo
jarayon-lari bevosita valyuta operatsiyalari bilan bog’liq.
Valyuta operatsiyalari valyuta kursi bo’yicha ikki tomon valyutasi nisbati
solishtirilib amalga oshiriladi. Halqaro maydonda AQSh dollari valyuta
kotirovkasida baza sifatida qabul qilingan. Boshqa mamlakatlar valyutasi, kurs
bo’yicha, AKSh dollariga solishtirib boriladi. Dollar kursi abadiy bo’lmay, u ham
o’zgarib turadi. Bu o’zgarish har kuni ham bo’lishi mumkin. Shuning uchun
banklar kursni bank faoliyat boshlash yoki yopilish vaqtidagi kurslar bo’yicha
hisob-kitob ishlari olib boradi. Valyuta kursining o’zgarib borishi haqida har
xafta matbuotda jadval berib boriladi. Bu axborot tadbirkorlarning iqtisodiy
faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Valyuta operatsiyalarida asosiy o’rinni kredit,
qimmatli qog’ozlar, valyutani foyda olish maqsadida sotib olish va sotish kabilar
egallaydi. Xo’jalik yuritish jarayonida xususiy mulk egalari valyuta hisob -kitob
schyotiga ega bo’lish huquqini olib, erkin tarzda valyutani sotib olishlari ham
mumkin. Tadbirkorlar ham, xorij firmalari va tadbirkorlari bilan savdo qilishi
uchun valyutani erkin sotib olish huquqiga egadirlar.
Umuman, bozor iqtisodiyoti jahondagi rivojlangan mamlakat-larning
muomaladagi valyutalarini mamlakat ichki bozorida harakat etishi uchun huquqiy
imkoniyatlar yaratib beradi. Tadbirkorlar valyuta bilan bog’liq bo’lgan
faoliyatlaridan samarali foydalanib, xorij valyutasiga yangi texnika va
zamonaviy texnologiya harid qilib, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
korxonalarida xizmat sifatini oshirishga, ishlab chiqarish sohasida sifatli tovarlar
ishlab chiqarib, uni sotishdan katta foyda olish imkoniyatlariga ega bo’ldilar.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida 2013 yilda tijorat banklari tomonidan jami 6,1 trillion so’m
miqdorida kreditlar ajratildi. Jumladan, xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy
mamlakatlar hukumatlarining imtiyozli kredit liniyalarini jalb qilishni
faollashtirish orqali kichik biznes sub’ektlarini 2013 yilda 110 million AQSh
dollaridan kam bo’lmagan miqdorda moliyalashtirildi. Ana shu kredit
mablag’larini ajratishda asosiy e’tibor kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub’ektlarining investitsiya maqsadlariga, ularning boshlang’ich kapitalini
shakllantirishga hamda mikrokreditlash ko’lamini kengaytirishga qaratildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimizda o’rta sinfni shakllantirishda mustahkam zamin bo’lib xizmat qilmoqda. Aynan mazkur sektorni rivojlantirish hisobidan mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, sotsial va
iqtisodiy barqarorlikdan manfaatdor, uni taraqqiyot va demokratik tub
o’zgarishlar sari faol harakatlantiradigan kuch hisoblangan ijtimoiy qatlam
shikllanmoqda.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlikni huquqiy himoya qilish
masalasi mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy yo’nalishlaridan biridir. Keyingi yillarda ushbu soha jadal sur’atlar bilan ravnaq topib, aholi bandligi va turmush farovonligini ta’minlashda etakchi kuchga aylandi.
Keyingi yillarda zamonaviy bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan bir qator mamlakatlarda yirik korxonalarning ichki bo’linmalari bajargan avvalgi ko’p funktsiyalardan voz kechish va bu funktsiyalarni kichik korxonalarga berish jarayoni kuzatilmoqda. Aynan shu sabablarga ko’ra, yirik sanoat korxonalari soni qisqarib, kichik korxonalar soni o’sib bormoqda. Bu jarayon bozor iqtisodiyotining dinamik, harakatchan, yangiliklarga hozirjavob tarzda o’sishi, bozordagi talab va uning o’zgarishiga tez moslashuvchan bo’lishini ta’minlaydi.
Shunga muvofiq, O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar korxonalari bilan riqobatdoshlik darajasi ortishiga imkon beradigan eng muhim omillardan biri kichik korxonalarning butun bir tarmog’ini vujudga keltirishga imkon beradigan qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo’lib, bunday korxonalar yig’indisi raqobatli bozor muhitini yaratishga imkon beradi.
kichik biznesni kreditlash uchun 2014 yilda jami bo’lib, 9 157 mlrd. so’m miqdoridan mikrokreditlar ajratilgan. Ushbu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 130 foiz miqdorida o’sgan. Kasb hunar kolleji bitiruvchilariga ajratilgan kreditlar hajmi 200,9 mlrd. so’mni tashkil
qilgan. Ushbu ko’rsatkich 129 foizga o’sgan. Oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratilgan kreditlar miqdori 2014 yilda 1592,5 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Ushbu ko’rsatkich 128,7 foizga o’sgan. Oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikka ajratilgan kreditlar hajmi 200,6 mlrd. So’mni tashkil qilgan. Bu o’tgan yilga nisbatan 127 foizga ko’p miqdorni tashkil qiladi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatga olish, ularni
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, eksport tovrlarini bojxonada
rasmiylashtirish tartib-taomillari ham sezilarli darajada soddalashtirildi. Gap
shundaki, ayni paytda biznesni ro’yxatga olish jarayoni “bir darcha” tamoyili asosida atigi ikki kun ichida amalga oshirilayaptiki, bu eng yaxshi xalqaroamaliyot talablariga to’la mos kelad..
“Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida”gi qonunga asosan, iqtisodiyotimizda
xo’jalik faoliyatining oilaviy korxonalar shaklidagi xalqimiz mentaliteti va
an’analariga to’liq mos keladigan yangi tashkiliy-huquqiy shakli joriy etildi.
Ularga keng imtiyozlar, preferentsiya va kafolatlar berildi. Buning natijasida
qonun qabul qilingan paytdan boshlab o’tgan yarim yil mobaynida
mamlakatimizda 600 dan ortiq shunday korxona tashkil etildi.
Xulosa
Mikromoliyalash xizmatlarini rivojlantirish va takomillashtirish borasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim hisoblanadi.
Birinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan
kreditlarni, avvalambor, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik jihatdan qayta jihozlash hisobiga raqobatbardosh va eksportbop tayyor
mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirishni hamda yangi ish o’rinlari yaratishni nazarda tutuvchi, shuningdek yuqori texnologik va
innovatsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo’naltirish lozimdir.
Loyiha tashabbuskorlariga kreditlar ajratish jarayonida ta’minot
etishmovchiligi masalasini hal etishda mahalliy hokimliklar tomonidan amaliy yordam ko’rsatish kerak.
Ikkinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga
yo’naltirilayotgan kredit mablag’larining barcha tuman va shaharlar bo’yicha
mutanosibligini ta’minlagan holda, borish qiyin va mehnat resurslari ortiqcha bo’lgan tuman va shaharlarda ixcham uskunalar va zamonaviy mini-texnologiyalar asosida yangi ishlab chiqarishlarni, yuqori texnologik va
innovatsion loyihalarni amalga oshirish lozimdir.
Uchinchidan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari,
shuningdek iqtisodiy nochor, kam quvvatli va faoliyat ko’rsatmayotgan
korxonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlashga oid dasturlar ijrosini ta’minlashda yaqindan hamkorlikda ish olib borish kerak. Bunda, ishlab chiqilgan tarmoq jadvallariga muvofiq er, bino va inshootlarni ajratish, loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash, kerakli kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, turli tashkilotlardan tegishli ruxsatnomalarni olish va boshqa masalalarda tashabbuskorlarga amaliy yordam ko’rsatish kerak.
Loyihalarning amalga oshirilishi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z vaqtida
Iqtisodiyot vazirligining onlayn ma’lumotlar bazasiga kiritib borish va ushbu
ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash kerak.
Dasturlarga kiritilgan ayrim loyihalarni amalga oshirishda qiyinchiliklar
yuzaga kelgan taqdirda, ularni ushbu yo’nalishdagi investitsiya miqdori va ish o’rni kam bo’lmagan boshqa loyihalar bilan almashtirish yuzasidan tegishli choralarni ko’rish, bunda ushbu yangi loyihalarning tijorat banklari tomonidan puxta o’rganib chiqilishini ta’minlash talab etiladi.
To’rtinchidan, “2015 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini
ta’minlash Dasturi” ijrosiga kreditlar ajratish bo’yicha viloyatlar va tuman
(shahar)lar kesimida tasdiqlangan prognoz ko’rsatkichlari va banklarning mavjud resurs mablag’larini inobatga olgan holda e’tibor qaratish, zarur hollarda mahalliy hokimliklar tomonidan yangi ish o’rinlari yaratish bo’yicha umumiy
parametrlardan chiqib ketmagan holda, ayrim tuzatishlar (korrektirovka) kiritish va qayta taqsimlash ishlarini muvofiqlashtirib borish lozimdir.
Yoshlarning, xususan kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari
bitiruvchilari bandligini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratish zarurdir.
Beshinchidan, yoshlarning turmush sharoitlarini yaxshilash va ularni zarur
uy-joy bilan ta’minlash maqsadida hududlarda qurilayotgan ko’p qavatli
“Kamolot” uylarining qurilish ishlarini jadallashtirish va ularni belgilangan
muddatlarda foydalanishga topshirish masalalarini qat’iy nazoratga olish, yuzaga kelayotgan ayrim muammolarni vakolat doirasida tezkor ravishda hal qilib borish, ushbu uylardagi kvartiralarni banklarning ipoteka kreditlari orqali sotib oladigan yosh oilalarni topish va ularning ro’yxatini shakllantirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |