2 Mikrokreditlash xizmatlarini tashkil etishni nazariy-huquqiy asoslari
2006 yil 25 avgustda qabul qilingan “Mikrokredit tashkilotlari
to’g’risida”gi Qonunning maqsadi mikrokredit tashkilotlarining tashkil etilishi va
faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko’rsatish
bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa mikromoliyaviy xizmatlar
ko’rsatuvchi yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir.
Mikrokredit tashkiloti O’zbekiston Respublikasi hududida bank
hisobvaraqlarini belgilangan tartibda ochishga haqli.
Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug’urta, savdo-vositachilik va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug’ullanishga haqli emas. Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin. Markaziy bankning 2006 yil 31 oktyabrdagi 1635-sonli “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida»gi Nizomiga asosan mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdori quyidagichao’rnatilgan:
Mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdori quyidagi
miqdorlarda belgilandi:
20 ming evro ekvivalentda — Toshkent shahrida tuzilayotgan mikrokredit
tashkilotlari uchun;
10 ming evro ekvivalentda — boshqa aholi punktlarida tuzilayotgan
mikrokredit tashkilotlari uchun.
Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag’laridan shakllantiriladi. Faqatgina faoliyatini boshlagandan so’ng ustav fondining 20% dan oshmaydigan miqdorda mol-mulkni ustav fondiga kiritish mumkin.
2012 yil 1 yanvardan boshlab mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng
kam miqdori 100 ming evro ekvivalenti miqdorida belgilandi. Faoliyat
ko’rsatayotgan mikrokredit tashkilotlari 2013 yilning 1 yanvariga qadar o’z ustav fondlarini ushbu miqdorga etkazishlari lozim.
Markaziy bankning «Mikrokredit tashkilotlarining moliyaviy amaliyotlarini o’tkazish tartibi”ga ko’ra mikrokredit tashkilotlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida ularning umumiy kapitalining hajmi umumiy aktivlarining 10% dan kam bo’lmasligi lozim. Ularning kapitali ustav fond, olingan daromadlar, grantlar, beg’araz olingan mol-mulklar va boshqa o’z mablag’laridan tashkil topadi. Mikrokredit tashkilotlari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar, boshqa mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas. «Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini o’tkazish tartibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq Mikrokredit
tashkilotining ta’sis hujjatlarida muayyan tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik
shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ma’lumotlarga qo’shimcha
ravishda quyidagi ma’lumotlar bo’lishi kerak:mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish bo’yicha faoliyat to’g’risidagi; boshqaruv organlarining tuzilishi va vakolatlari to’g’risidagi; mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish uchun mablag’larni shakllantirish manbalari to’g’risidagi; mikrokredit tashkilotida audit o’tkazish tartibi to’g’risidagi. Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag’laridan,
shuningdek mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan
oshmaydigan boshqa mol-mulkdan shakllantiriladi. Mikrokredit tashkilotlari
ustav fondining eng kam miqdori «Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini
litsenziyalash tartibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq belgilangan. Mikrokredit
tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat
qilingan kunga qadar faqat pul mablag’laridan shakllantirilgan bo’lishi kerak.
Mikrokredit tashkilotlarining ko’p qismi Toshkent shahrida faoliyat
ko’rsatayotganini jadvalda ko’rib o’tdik. Mikrokredit tashkilotlari O’zbekiston
Respublikasining «Firma nomlari to’g’risida»gi Qonuni, O’zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyrug’i bilan tasdiqlangan Muhrlar va
shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to’g ’risidagi
Nizomi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20
avgustdagi 357-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat
ro’yxatidan o’tkazish, hisobga qo’yish va ruxsat beruvchi xujjatlarni
rasmiylashtirish tartibi to’g’risida»gi Nizom, «Mikrokredit tashkilotlari
faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida»gi Nizom, «Tovar belgisi va xizmat
ko’rsatish belgisini ro’yxatdan o’tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko’rib chiqish qoida lariga muvofiq faoliyatini amalga oshiradi.
Mikrokredit tashkiloti mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish faoliyatini
litsenziya olganidan keyin amalga oshiradi. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya
berish to’g’risidagi yoki litsenziya berishni asoslantirilgan holda rad etish
to’g’risidagi qaror litsenziya berish haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va
litsenziya olish uchun zarur bo’lgan hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran
o’ttiz kalendar kun ichida qabul qilinadi.
Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun O’zbekiston Respublikasi
Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni
taqdim etishi kerak:litsenziya berish haqidagi ariza;
mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari;mikrokredit tashkiloti davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi;
mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to’g’risidagi
ma’lumotlar;mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank hujjati.
Taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq
bo’lmagan va ularda ishonchsiz yoki buzib ko’rsatilgan ma’lumotlar mavjud
bo’lgan hollarda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit
tashkilotiga litsenziya berishni rad etishi mumkin.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi qaror
buyurtma beruvchiga rad etish sabablari hamda buyurtma beruvchi mazkur
sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko’rib chiqish uchun taqdim etishi
mumkin bo’lgan muddat ko’rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. Bunda
litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi qarorda ko’rsatilgan muddat
kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo’lgan vaqtga mutanosib bo’lishi
kerak.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni
takroran ko’rib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan
e’tiboran o’n besh kundan ko’p bo’lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi qarorda
ko’rsatilgan muddat o’tganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan deb
hisoblanadi.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to’g’risidagi ariza takroran ko’rib
chiqilayotganda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari
ko’rsatilmagan yangi asoslar bo’yicha litsenziya berishni rad etishga yo’l
qo’yilmaydi.
Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish to’g’risidagi qaror quyidagi
hollarda qabul qilinadi: mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari to’g’risidagi qonun hujjatlari talablari, shu jumladan litsenziya talablari va shartlari buzilganda; mikrokredit tashkiloti tomonidan uning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar bajarilmaganda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish to’g’risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi: mikrokredit tashkiloti to’lovga qobiliyatsiz bo’lib qolganda; mikrokredit tashkilotlari to’g’risidagi qonun hujjatlarining, belgilangan iqtisodiy normativlarning talablari muntazam ravishda buzilganda va hisobot ma’lumotlari buzib ko’rsatilganda; mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan paytdan e’tiboran olti oydan ortiq kechikkanda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to’g’risidagi qaror qonunga muvofiq
boshqa hollarda ham qabul qilinishi mumkin. Mikrokredit tashkiloti quyidagi huquqlarga ega: qarz oluvchi tomonidan shartnomaga muvofiq majburiyatlar bajarilishini
ta’minlash sharti bilan yoki bunday shartsiz mikromoliyaviy xizmatlar
ko’rsatishga; buyurtma beruvchiga mikromoliyaviy xizmat ko’rsatishni asoslantirilgan holda rad etishga; mikromoliyaviy xizmat ko’rsatish va shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni buyurtma beruvchidan so’rab olishga; maqsadli mikrokredit o’z vaqtida to’lanmagan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmagan holda qarz oluvchidan majburiyatlar muddatidan ilgari bajarilishini talab qilishga;maslahat va axborot xizmatlari ko’rsatishga; mikrokredit tashkilotining qarz oluvchilari tomonidan majburiyatlar
bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun shartnomaga
muvofiq neustoyka (jarima, penya) miqdorini belgilashga;
mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish uchun belgilangan tartibda mablag’lar
jalb etishga haqli.
Mikrokredit tashkiloti quyidagi majburiyatlarga ega:
buyurtma beruvchiga uning huquq va majburiyatlari to’g’risida, shu
jumladan shartnoma bo’yicha majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim
darajada bajarilmasligi oqibatlari, mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish bilan
bog’liq barcha xarajatlar to’g’risida, shuningdek ko’rsatiladigan mikromoliyaviy
xizmat bo’yicha foiz stavkasi haqida to’g’ri hamda to’liq axborotni yozma
shaklda xabar qilishi; shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatishi; shartnoma bo’yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozi m darajada bajarilmaganligi natijasida qarz oluvchiga etkazilgan zararning o’rnini qoplashi; belgilangan eng kam miqdordan past bo’lmagan ustav fondiga ega bo’lishi; moliyaviy va kassa operatsiyalari o’tkazish qoidalariga, shuningdek belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilishi;
qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobi, hisobotini va boshqa
hujjatlarni yuritishi; hisobotni belgilangan tartibda o’z vaqtida taqdim etishi;
tekshirish o’tkazish uchun yuborilgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy
banki vakillariga hujjatlar va mikrokredit tashkiloti faoliyati to’g’risidagi boshqa
axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashi shart.
Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikromoliyaviy xizmatlar
ko’rsatishi mumkin:mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;
qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring);
mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing
(moliya ijarasi);qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish, shu jumladan iste’mol kreditlari berish.
Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va
boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq maslahat va axborot
xizmatlari ko’rsatishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti: qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga;
jismoniy shaxslardan qarz mablag’larini jalb qilishga, bundan o’z
muassislari (ishtirokchilari, mulkdorlari) mustasno;
o’z muassislarining (ishtirokchilarining, mulkdorlarining) majburiyatlari
bo’yicha kafil bo’lishga yoki kafolat beruvchi bo’lishga, shuningdek ularga o’z
majburiyatlari bajarilishini ta’minlashning boshqa usullarini taqdim etishga haqli
emas.Mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish uchun mablag’larning manbalari
Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar
ko’rsatadi:o’z mablag’lari, shu jumladan olgan daromadlari;
investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya
shartnomalari asosida berilgan mablag’lar;banklarning kreditlari va davlat maqsadli jamg’armalarining mablag’lari; xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablag’lari;qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan tartibda: mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorini, moliyaviy va kassa operatsiyalari o’tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini, shuningdek iqtisodiy normativlarni belgilaydi;
ko’rsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar uchun foizlarni hisoblash
tartibini tasdiqlaydi; mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning faoliyatida aniqlangan mikrokredit tashkilotlari to’g’risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishlarini bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar beradi; mikrokredit tashkilotining faoliyatini auditdan o’tkazishga doir talablarni belgilaydi; mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir talablarni belgilaydi; mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari to’g’risidagi qonun hujjatlari talablari va belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha jarima undiradi; mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar o’tkazishni uch oygacha bo’lgan muddatga cheklaydi; mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to’xtatib turadi yoki tugatadi yoxud litsenziyani qayta rasmiylashtiradi va bekor qiladi.Mikrokredit tashkiloti O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda filiallar tashkil etishga haqli.
Mikrokredit tashkilotining filiali o’z faoliyatini mikrokredit tashkiloti uchun
berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Mikrokredit tashkilotlarida axborotning maxfiyligi
Mikrokredit tashkilotlari o’z qarz oluvchilari va kreditorlarining moliyaviy
operatsiyalari hamda hisobvaraqlari bo’yicha axborotning maxfiyligini
kafolatlaydi. Mikrokredit tashkilotining boshqaruv organlari a’zolari, ichki audit
xizmati va ijro etuvchi organi xodimlari mikrokredit tashkilotining, uning qarz
oluvchilarining operatsiyalari va hisobvaraqlari bo’yicha, shuningdek kreditorlar
bilan operatsiyalar bo’yicha sirni saqlashi shart.
Maxfiy axborot o’ziga ishonib topshirilgan yoki xizmat vazifasini bajarishi
munosabati bilan bu axborot o’ziga ma’lum bo’lib qolgan shaxslar uni oshkor
etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |