7. Banklarda berilgan kreditlar bo‘yicha foiz hisoblash va ularning hisobi
Tijorat banklari tomonidan mijozlarga berilgan kreditlar uchun shartnoma shartlari bo‘yicha har oyda foiz hisoblaydi va undirib oladilar27.
Foizli daromadlar va xarajatlarni tan olish mezonlari. Hisoblangan to‘lanadigan va olinadigan foizlar:
a) ular bilan qo‘shilgan har har qanday iqtisodiy foyda bank tomonidan olinish yoki sarflanish ehtimoli mavjud bo‘lganda;
b) modda ishonchli o‘lchanadigan qiymat yoki bahoga ega bo‘lganda buxgalteriya balansida tan olinishi lozim.
Banklar daromadlar va xarajatlarni hisobga olishda izchillik, ishonchlilik, aniqlik, to‘liqlik va o‘z vaqtidalilik bo‘yicha talablarni o‘z ichiga oladigan hisoblab yozish ususini qo‘llash kabi tamoyillarni qo‘llaydi.
Foizlarni tan olish tartibi. Foizlar buxgalteriya hisobining hisoblab yozish usuli bo‘yicha tan olinadi. Har bir oyda hisoblab yoziladigan va aks ettiriladigan foizlar ushbu oyda bank tomonidan sarflangan xarajatlarni aniq aks ettiradi.
Bank aktivlari bo‘yicha foizlarning o‘sishi to‘xtatilishi va ularni hisobdan chiqarish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi28.
Kredit bo‘yicha foizli daromadni tan olish tartibi. Kredit bo‘yicha foizlar odatda har kuni yillik bazaviy davr - 365 kundan kelib chiqqan holda hisoblab yoziladi. (Kreditlarning muayyan turlari bo‘yicha 360 kun bazaviy davr qilib olinadi). Kredit bo‘yicha foizlar quyidagi formulaga binoan hisoblanadi:
so‘ndirilmagan qoldiq x foiz stavkasi x amaldagi kunlar soni
365
Hisoblab yozish shartnomada belgilangan foiz stavkasiga asoslanadi. Kredit bo‘yicha foizlar hisoblanganda,
Debet 16309 - “Kreditlar bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar”,
Kredit 41400-44700 - “Kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar ”.
Kredit bo‘yicha foizlarning kelib tushish summasiga,
Debet 10101 -“Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoxud mijozning hisobvarag‘i,
Kredit 16309 - “Kreditlar bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar”.
Agar mijoz oy yakunlanishiga qadar kreditni qisman so‘ndirsa, unda bank asosiy qarz summasining haqiqatda so‘ndirilmagan qismiga foizlarni hisoblab yoziladi. Agar mijoz so‘ndirish muddati kelgunga qadar kreditni to‘liq to‘lab bersa, unda bank kredit bo‘yicha foizlarni haqiqatda foydalanilgan kunlar uchun hisoblab yoziladi.
Misol. 2018 yil 1 yanvarda AT «Asaka bank» «CHilonzor» filiali Kredit qo‘mitasining qaroriga asosan, «Sanobar» xususiy firmasiga 24% foiz yillik stavkasi bilan 50,0 mln. so‘m miqdorida qisqa muddatli kredit ajratdi. Kreditni qaytarish muddati 2018 yil 31 dekabr. Foizlar har oyning oxirida undiriladi va kredit asosiy summasi shartnoma muddati kelganda (31 dekabrda) to‘lanadi. 1 yanvardan boshlab bank kreditlar bo‘yicha foizlar hisoblash yuqoridagi formulaga muvofiq amalga oshiriladi, bunda:
(50 000 000 x 24%) / 365 = 32876,71 so‘m (bir kunlik foiz summasi), yanvar oyi uchun 32876,71 x 31 (haqiqatdagi kunlar soni) = 1019178,08 so‘mni tashkil etadi va buxgalteriya hisobi quyilagicha aks ettiriladi,
Debet 16309 - “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar" - 1019178,08 so‘m,
Kredit 42601 -"Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar" hisobvarag‘i - 1019178,08 so‘m.
Hisobot oyi oxirida hisoblangan foizlar summasi 1019178,08 so‘mni tashkil etgan.
Foizlarni to‘lash kredit shartnomasi shartlariga muvofiq, hisobot davri so‘ngida har oyda amalga oshirilishi sababli, mijoz bankka uning depozit hisobvarag‘idan foizlarni echib olishga ko‘rsatma berdi29.
SHuning uchun 1019178,08 so‘m. miqdoridagi foizlarni to‘lash (31 kun davomida kreditdan foydalanganlik uchun foizlar) qarzdorning depozit hisobvarag‘idan echib olinganda,
Debet 20208 – “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari” -1019178,08 so‘m,
Kredit 16309 – “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar" hisobvarag‘i - 1019178,08 so‘m.
Ayrim holatlarda kredit olgan mijozlarning hisobvaraqlarida vaqtinchalik pul mablag‘larining harakati sekinlashishi yoki kreditorlardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘larining to‘lovi kechikt irishi sababli to‘lov qobiliyatida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bu holda mijozlarning yozma murojaati (arizasi) ga ko‘ra, oylik foiz to‘lovlari vaqtinchalik kechikt irilishi, moliyaviy aktivlarga foiz o‘stirmaslik tamoyilini qo‘llash orqali buxgalteriya hisobida tegishli yozuv bilan rasmiylashtirilishi mumkin30.
Foiz o‘stirmaslik – hisoblangan foiz daromadini to‘liq olish ehtimoli mutlaqo qolmagan yoki qarzning asosiy summasini to‘liq olish mumkin bo‘lmagan taqdirda, aktivga hisoblash usulini qo‘llashning to‘xtatilishi tushuniladi.
Banklar tomonidan kreditlar bo‘yicha foizlarni hisoblab borish quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
- aktivlar Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga muvofiq, substandart, dargumon va ishonchsiz turlarga tasniflanganda;
- aktiv MHXSga muvofiq qadrsizlanganda;
- asosiy summani qaytarish yoki uning foizini to‘lash muddati 60 kun va undan ortiq muddatga kechikt irilgan holda (qaytarish muddati bir yilgacha bo‘lgan foizli aktivlar bo‘yicha);
- asosiy summani qaytarish yoki uning foizini to‘lash muddati 90 kun va undan ortiq muddatga kechikt irilgan holda (qaytarish muddati bir yildan ko‘p bo‘lgan foizli aktivlar bo‘yicha).
Aktivlarga “foiz o‘stirmaslik” maqomini bergan paytdan boshlab, banklar tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi:
- foizli daromadlarni balans hisobvaraqlarida hisoblash to‘xtatilishi;
- aktivga «foiz o‘stirmaslik» maqomi berilgandan so‘ng keyingi foizlar hisoblanishi ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilishi;
- ushbu aktivlar bo‘yicha keyingi to‘lovlar birinchi navbatda, hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlarni, keyin esa, kreditning asosiy summasini qoplashga yo‘naltirilishi lozim.
Hisoblangan foizli daromadlar ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilganda,
Debet 42601 -"Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar" hisobvarag‘i,
Kredit 16309 – “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”.
Bir vaqtning o‘zida ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘ida,
Debet 91501 – “Berilgan kreditlar va lizinglar bo‘yicha hisoblangan foizlar”,
Kredit 96335 – “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvarag‘i”.
Banklar foiz o‘stirmaslik maqomidagi kreditlar bo‘yicha foizlar hisoblashni faqat ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida amalga oshiradi. Banklar olinishi lozim bo‘lgan foizlar summasini ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga kiritish va keyin foizlar hisoblashni o‘rnatilgan tartibda shartnomaga muvofiq hisobda aks ettiradi.
Aktivlarga «foiz o‘stirmaslik» maqomini berish qarzdorlarni ushbu qarzlar bo‘yicha hisoblangan foizlarni, shuningdek, ularga «foiz o‘stirmaslik» maqomi berilgandan keyin ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisoblangan foizlarni to‘liq to‘laydilar. Agar qarz oluvchi yoki emitent foiz o‘stirmaslik maqomida bo‘lgan yoki ushbu maqom beriladigan darajada tasniflangan yoki boshqa aktivlarga ega bo‘lsa, bu holat mazkur aktivning foiz o‘stirmaslik maqomida qolishi uchun etarli dalil bo‘lib hisoblanadi.
Bank kredit qo‘mitasi foiz o‘stirmaslik maqomida bo‘lgan barcha foizli aktivlar (ssudalar, qarz qimmatli qog‘ozlar yoki boshqa moliyaviy vositalar) bo‘yicha o‘stirish maqomini tiklashni tasdiqlaydi. Ushbu qaror yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
Ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan va yozilgan muddati o‘tgan foizli daromadlar tushganda, balans hisobotida hamda daromadlar va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet 10101 “Aylanma kassaning kassa naqd puli” yoki mijozning depozit hisobvarag‘i
Kredit 42601 -"Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar" hisobvarag‘i.
Bir vaqtning o‘zida ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘ida,
Debet 96335 – “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvarag‘i”,
Kredit 91501 – “Berilgan kreditlar va lizinglar bo‘yicha hisoblangan foizlar”.
Shunday qilib, banklarda berilgan va olinayotgan kredit operasiyalarining buxgalteriya hisobini yuritish qonuniy va me’yoriy hujjatlarga asosan, shuning, bank tomonidan ishlab chiqilgan kredit siyosatida belgilangan shartlar bo‘yicha amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |