6.Kredit operatsiyalarining buxgalteriya hisobi
Kredit berilgandan so‘ng, kredit bo‘limi xodimlari tomonidan kreditning maqsadli ishlatilishi doimiy monitoring qilib boriladi. Agar maqsadli ishlatilmaganligi aniqlangan taqdirda, mijoz bilan tuzilgan kredit shartnomasi bekor qilinishi va uning qaytarilishi bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
Kredit berilayotganda korxonaning hisob-kitob hujjati to‘lanayotgan bo‘lsa, pul o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatgan korxona hisobvarag‘iga kredit summasi o‘tkaziladi. Pul tushirilishi lozim bo‘lgan korxonaga boshqa bank bo‘limi xizmat ko‘rsatsa kredit-summasi kredit berayotgan bankning vakillik hisobvarag‘i orqali tegishli bankga o‘tkaziladi va quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet 13101-Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar hisobvarag‘i,
Kredit 16103-Bosh bank/filliallaridan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar yoki 20200 –to‘lovni oluvchi mijozning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobvarag‘i.
Kredit berilgandan keyin mijozning depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lar harakati doimiy tahlil etib boriladi va uning moliviy hisobotlariga asoslanib, to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichi tahlil qilinadi. Agar ushbu ko‘rsatkich pasayishi aniqlansa, bank tomonidan kredit uchun zaxira tashkil qilinadi26.
Kreditni qaytarish muddati tugagandan so‘ng kreditning qaytarilishi quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 20208 - Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari hisobvarag‘i,
Kredit 13101- Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar hisobvarag‘i.
Agar kredit shartnomasiga muvofiq, uni qaytarish muddatida mijozning talab qilib olunguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘ida etarli pul mablag‘lari bo‘lgan holda, ushbu kredit muddati o‘tgan kredit sifatida tan olinadi,
Debet 13105- Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan qisqa muddatli kreditlar,
Kredit 13101 – Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar hisobvarag‘i.
Berilgan kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar uchun zahiralar bankning harajatlari hisobidan yaratiladi. Ushbu zahiralar qarzdorning moliyaviy holatini berilgan kreditning ta’minlanganligi va qaytmaslik xatarlarini baholash natijasida yaratiladi. Ushbu holatda, bank tomonidan zudlik bilan zaxira tashkil etiladi,
Debet 56802- “Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash”
Kredit 13199– Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) hisobvarag‘i.
Qaytarish muddati kelganda to‘lanmagan va shundan so‘ng 90 kun o‘tgandan so‘ng qaytib kelmagan kreditlar shartlari qayta ko‘rib chiqiladigan kreditlar balans hisobvarag‘iga o‘tkaziladi,
Debet 13109 -Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar,
Kredit 13105- Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan qisqa muddatli kreditlar hisobvarag‘i.
Agar qarzdor tomonidan olingan garov bilan ta’minlanmagan kredit qaytarilmasa yoki to‘liq qaytarilmasa, u holda ushbu kreditlar zararlar uchun tashkil qilingan zaxira hisobiga hisobdan chiqariladi:
Debet 13199– Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) hisobvarag‘i,
Kredit 13101 – Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar yoki 13105- Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan qisqa muddatli kreditlar yoki 13109 -Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar hisobvaraqlari.
Agar qarzdor tomonidan olingan garov bilan ta’minlangan kredit qaytarilmasa yoki to‘liq qaytarilmasa, u holda bank olingan kreditni garovga qo‘yilgan mol-mulk orqali undirish huquqiga ega. Undirib olish bo‘yicha garovga qo‘yilgan mol-mulk kim oshdi savdosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi.
Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan mablag‘lar kelib tushganda:
Debet 10301- Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i – Nostro yoki 160103 – Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar,
Kredit 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i.
Kreditlar bo‘yicha asosiy qarz va kredit uchun hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar qaytariladi.
a) Asosiy qarz qaytarilganda:
Debet 29801 - Mijozlar bilan hisob-kitoblar,
Kredit 13101 – Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar yoki 13105- Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan qisqa muddatli kreditlar yoki 13109 -Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar hisobvaraqlari.
b) Asosiy qarz to‘liq qaytarilgandan keyin, foizlar qaytarilayotganda:
Debet 29801 - Mijozlar bilan hisob-kitoblar,
Kredit 42601 -"Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar" hisobvarag‘i.
Olingan kredit garovga olingan mol-mulkni o‘z egaligiga olish yo‘li bilan qaytarilgan taqdirda, kreditning balans qiymatidan va garovga qo‘yilgan mol-mulkning haqqoniy qiymatidan qaysi biri eng kam bo‘lsa, o‘sha qiymat bo‘yicha uni sotish bo‘yicha qilingan xarajatlarni chegirgan holda, lekin qayta savdodagi dastlabki sotuv bahosidan 10% kam bo‘lmagan summada amalga oshiriladi. Bunda,
Debet 16701 – Kredit va lizing bo‘yicha garov hisobidan undirilgan mulk,
Kredit 13101 – Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar yoki 13105- Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan qisqa muddatli kreditlar yoki 13109 -Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar hisobvaraqlari.
SHunday qilib, banklarda berilgan kredit operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritish qonuniy va me’yoriy hujjatlarga asosan, shuningdek, bank tomonidan ishlab chiqilgan kredit siyosatida belgilangan shartlar bo‘yicha amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |