Bank statistikasi


Dinamik qatorlar, ularning turlari va ahamiyati



Download 127,19 Kb.
bet10/30
Sana19.04.2022
Hajmi127,19 Kb.
#564236
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
bs uzl 1baf4

Dinamik qatorlar, ularning turlari va ahamiyati


Ijtimoiy io’tisodiy jarayonlar doimo harakatda, o’zgarishda hamda rivojlanishda bo’lib, tarao`qiyot esa oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eskidan yangiga qarab boradi. Statistika ijtimoiy hodisalarni faqat mavjud (qotgan) holatda olib qaramay, balki ularning vao’t ichida o’zgarishini ham o’rganadi. Ijtimoiy hodisalarning vao’t ichida o’zgarishi statistikada dinamika deb, shu jarayonni ta’riflovchi qo’rsatkichlar qatori esa dinamika qatorlari deb yuritiladi.
Har qanday dinamika qatori quyidagi ikki unsurdan:

  • xronologik momentlar (sanalar), davrlar (yil, oy va hokazo) ro’yxatidan;

  • o’tganilayotgan hodisaning soni , hajmi, miqdorini tavsiflovchi darajalardan tashkil topadi.

Bulardan tashqari dinamika qatorlarida analitik maqsadlar uchun hisoblangan o’rtacha va nisbiy miqdorlar ham keltirilishi mumkin. Shuningdek, bu qatorlardan boshlang’ich (bazis davr –D0
), oxirgi (joriy davr – D1) darajalar va rejalashtiriladigan davr (Dp) mavjuddir.
Dinamik qatorlarni tuzish jarayonida ma’lum shart-sharoitlargi rioya qilish lozim. Dastavval qo’rsatkichlarning tao`qoslamaligini ta’minlash kerak. Buning uchun ular bir xil o’lchov birligiga keltirilishi, davrlar miqyosida olganda esa bir xil uslubda hisoblangan bo’lishi kerak.
Bundan tashqari barcha davrlar uchun kuzatish ob’ekti hudud jihatidan bir xil tarzda echilgan bo’lishi lozim. Kuzatish birligini turlicha qabul qilish dinamika qatorlarining notao`qoslamaligiga olib kelishi mumkin.
Ma’lumotlar tao`qoslama bo’lishi uchun ular tegishli bo’lgan davrning uzun-qisqaligi va hisoblashdagi anio’lik (0,1; 0,01 yoki 0,001 anio’likda) darajalari bo’yicha ham bir xil bo’lishi kerak. Bulardan tashqari dinamika qatorlarini o’rganayotganda qatorlarga kiritilgan yillar bir- biridan tasodifan farq qilmasligi kerak. Bu narsa ayniqsa boshlang’ich qatorning oxirgi davrlariga taalluo’lidir.
Statistik kuzatish natijalari ikki turdagi mutlaq miqdorlar bilan ifodalanadi. Birinchi turdagi miqdorlar hodisalarning aniq sanadagi, momentdagi holatini tavsiflaydi. Masalan, aholi soni, asosiy ishlab chiqarish fondlarini qaytimi, omonat kassalaridagi pul qo’yilmalari va shunga qxshash odatda yil boshiga yoki yil oxiriga nisbatan hisoblanadi. Bunday kqrinishdagi mutlaq miqdorlar asosida tuzilgan dinamika qatorlari momentli dinamika qatorlari deb yuritiladi.
Ikkinchi turdagi mutlaq miqdorlar hodisalarning ma’lum bir davr ichidagi holatini tavsiflaydi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, mehnatga haq to’lash jamg’armasi,
etishtirilgan paxta miqdori kabilar shu turdagi mutlaq miqdorlar jumlasidandir. Ular asosida tuzilgan dinamika qatorlari davriy qatorlar deb yuritiladi.
Dinamika qatorlarining boshlang’ich mutlaq qatorlariga asoslangan holda hosilaviy qatorlarni ham tuzish mumkin. Hosilaviy dinamik qatorlar deyilganda mutlaq miqdorlar asosida hisoblangan nisbiy va o’rtacha miqdorlar hamda ular bo’yicha tuzilgan dinamik qatorlar tushuniladi. Masalan, aholi zichligi, 1 ga erga solingan o’g’it, har 1000 kishiga to’g’ri kelgan tug’ilish hamda o’lish, mahsulotlarning bir-birligiga sarflangan vao’t va hokazolar intensiv nisbiy miqdorlar jumlasiga kirib, ular asosida tuzilgan qatorlar hosilaviy dinamik qatorlar deb yuritiladi.
Har uch turdagi dinamika qatorlarini quyidagi ma’lumotlar yao`qol tavsiflaydi:

T/r

Qo’rsatkichlar

1993

1994

1995

1996

1997

1.
2.
3.
4.

O’zbekiston aholisining soni (yil boshida, mln kishi)
O’zbekiston aholisining O’rtacha soni (mln kishi)
Ishlab chiqarilgan don mahsuloti (ming t.)
Jon boshiga to’g’ri kelgan don mahsuloti (kg)

21.7
21.9
2142.4
97.8

22.2
22.4
2466.9
110.1

22.6
22.8
3215.3
141.0

23.0
23.2
20.8
942

23.4
23.5
21.2
948

Bu erda birinchi qator – momentli, uchinchi qator davriy, ikkinchi va to’rtinchi qatorlar esa o’rtacha hosilaviy dinamika qatorlari hisoblanadi.


Momentli va davriy qatorlar bir-biridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:

  • Agar momentli qatorlarda har bir daraja o’rganilayotgan hodisaning ayni sana, momentdagi holatni, miqdorini ifodalasa, davriy qatorlardagi har bir daraja ma’lum davr ichidagi hodisa miqdorini ifodalaydi. Shuning uchun ham davriy qator darajasi davrlarning katta-kichikligiga bog’liq.

  • Momentli qatorlardagi darajalarni qo’shish natijasi io’tisodiy mazmunga ega emas. Chunki momentli qatorlardagi har bir keyingi daraja o’zidan oldingisining to’la yoki qisman miqdorini (sonini, hajmini) o’z ichiga oladi. Ularni qo’shib hisoblash takroriy qayta hisoblashlarga yo’l qo’yishga olib keladi. Davriy qator darajalarini qo’shish esa real ma’noni beradi.

  • Momentli va davriy qatorlarda o’rtacha darajalar har xil usulda anio’lanadi.

Dinamika qatorlarini tahlil qilishda bir qator qo’rsatkichlardan foydalaniladi. Ular o’rganilayotgan hodisaning o`sish yoki pasayish yqnalishini kuzatishda, ayrim qonunlarni anio’lashda juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qo’rsatkichlarni hisoblash ayrish yoki bo’lish usulida amalga oshirilib, natijada quyidagi qo’rsatkichlarga ega bo’linadi:

  • Mutlaq qo’shimcha o`sish (yoki pasayish).

  • O`sish (yoki kamayish) koeffitsenti (foizda bo’lsa sur’ati).

  • Qo’shimcha o`sish (yoki kamayish) koeffitsenti (foizda bo’lsa sur’ati).

  • 1% qo’shimcha o`sishning (yoki kamayishning) mutloq mohiyati.

Dinamika qatorlari qo’rsatkichlarini hisoblash ikki davr darajasini tao`qoslash natijasida olinadi. Odatda tao`qoslash uchun qatorning birinchi darajasi yoki oldingi yil darajasi qabul qilinib olinadi. Agar har bir daraja o’zidan oldingisi bilan tao`qoslansa (ya’ni tao`qoslash yilma-yil bo’lsa), u holda olingan qo’rsatkich zanjirsimon, agar har bir daraja faqat doimiy bitta (ya’ni boshlang’ich) davr darajasi bilan tao`qoslansa, olingan qo’rsatkich bazisli qo’rsatkich bo’ladi.



Download 127,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish