Bank ishi va investitsiyalar


 O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul islohotlari va



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
9.4. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul islohotlari va 
ularning o‘ziga xos xususiyatlari 
O‘zbekistondagi inflyatsiya bu mustaqil O‘zbekiston zaminida vujudga 
kelgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSR da yuzaga kelgan. Bu 
inflyatsiyaning umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iqtisodga nisbatan 
siyosatga ko‘p e’tibor berganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur’atlari tushib 
ketdi.
Tovar kamyobligi yashirin jarayon bo‘lib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun 
ko‘p harajat qilinsada (xom-ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli) tovarlar past 
bahoda sotilgan. Farq davlat budjetidan qoplana borgan. 1992 yilning boshidan 
erkin baholarga o‘tish natijasida (oziq ovqat va yoqilg’i resurslardan tashqari) 
inflyatsiya yuzaga otilib chiqdi va tez sur’atlar bilan rivojlanib ketdi. 
Shu tufayli O‘zbekistondagi inflyatsiya sobiq SSSR davrida yuzaga kelgan 
inflyatsiyaning qoldig‘idir va uni davolash uzoq vaqtni talab qiladi. Sobiq SSSR 
da, jumladan O‘zbekistonda 90 - yillardagi inflyatsiyasining asosiy sabablari: 
- iqtisodiy muvozanatning yo‘qligi, ishlab chiqarish sur’atlarining tushib 
ketishi natijasida rejali iqtisodiyotdagi inqiroz; 
- mahsulotlar sifatining, mehnat unumdorligining pastligi; 
- ishlab chiqarishda harajatlar salmg‘ining oshib ketishi, behuda sarflar, 
iqtisod prinsiplariga rioya qilmaslik va boshqalar hisoblanadi. 
Undan tashqari rivojlangan bozor sharoitiga o‘tmasdan turib baholarning 
erkinlashuvi, tovar massasi ustidan ba’zi bo‘limlarining yakka hukmronlik 
o‘rnatishi, baholarni xohlagacha boshqarish, kredit, moliya siyosatlarining 


110 
noto‘g‘ri olib borish, iqtisodning “dollarlashuvi”, “rubl zona” sining yemirilishi, 
valyuta tushumlari va milliy boylikning chetga oqib ketishi va boshqalar 
inflyatsiya jarayonining yana rivojlanishiga olib kelgan. 
Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
1.
Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib keladi: 
- ishlab chiqarish hajmi tushib ketadi va baholarning oshib borishi ishlab 
chiqarish istiqbollariga to‘g‘anoq bo‘ladi; 
- kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muomala) sohasiga, 
vositachilik sohasiga oqib o‘tadi. Chunki ishlab chiqarishdan ko‘ra, savdo 
sohasidagi kapital tezroq va ko‘proq foyda keltiradi; 
- baholarning o‘zgarib turishi olibsotarlikni rivojlantiradi, arzon vaqtida olib, 
qimmat bo‘lganda sotish jarayoni, tovar zahiralarini yashirish jarayonlari avj oladi; 
- kredit berish jarayonlari cheklangan bo‘ladi. Qarz oluvchilar ko‘payadiyu, 
qarz beruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bergan yutqazishi mumkin; 
- davlatning moliya resurslari qadrsizlanadi va h.k.
Aholining kam daromad oluvchi qismining ijtimoiy ahvoli yomonlashadi. 
Ularning real daromadlari kamayadi. Nominal daromadning baholar o‘sishidan 
tushishi natijasida aholining turmush darajasi pasayadi. Ayniqsa, nafaqa, davlat 
tashkilotlaridan maosh oluvchilarning ahvoli qiyinlashishi mumkin.
Inflyatsiya aholi jamg‘armalarining qadrsizlanishiga olib keladi. Inflyatsiya 
aholi ba’zi qatlamlarining (savdo-sotiq sohasida) boyishiga olib keladi.
Davlat aholining daromadlar darajasini tenglashtirish maqsadida daromad va 
soliqlarni indeksatsiya qilib boradi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish