102
Baho siyosati – bu mahsulotlar, xizmatlar va to‘lovga qobiliyatli talab
o‘rtasidagi mutanosiblikga erishish hamda uni tartibga solib turish bilan bog‘liq
siyosatdir.
Kredit-moliya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish
stavkasi, majburiy zahiralar me’yori va ochiq bozordagi operatsiyalar orqali
mamlakat bank-kredit tizimini boshqarish hamda tartibga solib turishdan iborat.
Sanoat-investitsiya siyosati – bu yalpi ichki mahsulotning o‘sishini
ta’minlovchi mamlakat sanoat-texnologik qudratini rivojlantirishga qaratilgan
siyosatdan iborat.
Tashqi iqtisodiy faoliyat siyosati – bu davlat tomonidan xorijiy mamlakatlar
bo‘lib tashqi iqtisodiy faoliyatni boj-tarif dastaklari yordamida tartibga solib
turishdan iboratdir.
Emissiya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan
milliy iqtisodiyotning
holatiga asosan muomalaga qog‘oz pul chiqarish, ularning aylanishini tartibga
solish va muomaladagi ortiqcha pullarni aylanmadan chiqarib turishdan iborat
siyosatdir.
Dunyoning har bir mamlakatidan hukumat tomonidan antiinflyatsion siyosati
mavjud inflyatsiyani tartibga solishga hamda uni o‘sish sur’atlarini pasaytirishga
qaratilgan bo‘lishi lozim. Bunday siyosatni olib borishda asosan ikki shakllardan
foydalaniladi:
1)
Pul islohotlarini amalga oshirish;
2)
Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish;
Pul islohotlari – bu mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish va
kuchaytirish maqsadida davlat tomonidan mavjud pul tizimini to‘liq yoki qisman
o‘zgartirishlarini amalga oshirishdir.
Mamlakatning
iqtisodiy rivojlangan holati, pullarning ta’minlanganligi
darajasiga asosan pul islohotlarining revalvatsiya, devalvatsiya va denominatsiya
usullaridan foydalaniladi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan Germaniya
Federativ Respublikasi, Isroil va boshqalarda revalvatsiya usulidan foydalanildi.
Revalvatsiya o‘z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga
nisbatan kursini ko‘tarib qo‘yishdan iborat.
Pul islohotining ikkinchi usuli bo‘lib devalvatsiya hisoblanadi. Devalvatsiya
o‘z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan tushirib
qo‘yishdan iborat.
Devalvatsiya usulidan asosan iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‘tayotgan
mamlakatlarda keng foydalaniladi.
Pul
islohotining
uchinchi
usuli
bo‘lib denominatsiya hisoblanadi.
Denominatsiya o‘z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib
tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat.
Denominatsiya usulida
Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Tursiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi)
hukumatlari foydalanishdi.
Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o‘z mohiyatiga
asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarga
bo‘lgan narx-navolarni o‘sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish
103
masadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Ushbu chora-tadbirlar ikki yo‘nalishda olib boriladi:
1)
Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo‘lgan talabni
pul-kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi.
Deinflyatsion siyosat davlat harajatlarini qisqartrish, kreditlar uchun foiz
stavkalarini
oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz
stavkalarini ko‘tarish) va pul massasini cheklashni o‘z ichiga oladi. Shuni
ta’kidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishni
sekinlashuviga sabab bo‘ladi.
2)
Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan
mahsulotlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo‘lgan narx-navo va ish
haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o‘sishini ma’lum chegarasi
o‘rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo‘yiladi. Daromadlar siyosati o‘z mohiyatiga
ko‘ra qat’iy siyosat hisoblanadi va u aholi o‘rtasida norozilikni kelib chiqarishi
mumkin. Lekin inflyatsiya bilan kurashishda ayrim
mamlakatlarda daromadlar
siyosatidan foydalaniladi.
Xalqaro amaliyotda rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi
kurash olib borish tajribasida biz ta’kidlab o‘tgan ikki yo‘nalishdan oqilona
birgalikda foydalanilgan.
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga
qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:
- milliy iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib
ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta’minlash;
- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni
rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab
chiqish hamda uni amalga
oshirish;
- xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish
fondlarining tarkibini o‘zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda
texnologiyalarni joriy etish;
-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag‘batlantirish;
- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda asosiy e’tiborni
soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasiga qaratish;
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit yer, ko‘chmas mulk, mehnat va
qimmatli qog‘ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;
- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotning rivojlanishi holatiga asosan o‘zgartirib
turish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni
eksport qilishni rag‘batlantirish;
- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, harajatlar va narx-navoni
davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;
- davlat budjet taqchilligini noinflyatsion yo‘llar bilan qisqartirish;
- davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan
oqilona foydalanish.
104
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga
oshirish ma’lum muddat talab etadi. Oqilona ishlab chiqilgan antiinflyatsion
siyosatni amalga oshirish pirovard natijada milliy pul birligini mustahkamlanishiga
va pul tizimini barqarorlashuviga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: