Bank ishi va investitsiyalar


 Denominatsiya va uni amalga oshirish tartibi. Nullifikatsiya va uni



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
9.3. Denominatsiya va uni amalga oshirish tartibi. Nullifikatsiya va uni 
amalga oshirish tartibi 
Denominatsiya o‘z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni 
olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida 
Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Tursiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) 
hukumatlari foydalanishdi. 
Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o‘z mohiyatiga 
asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarga 
bo‘lgan narx-navolarni o‘sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish 
maqsadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. 
Ushbu chora-tadbirlar ikki yo‘nalishda olib boriladi: 
1. Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo‘lgan talabni pul-
kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyatsion 
siyosat davlat harajatlarini qisqartrish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, 
soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko‘tarish) va pul 
massasini cheklashni o‘z ichiga oladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy 
o‘sishni sekinlashuviga sabab bo‘ladi; 
2. Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan 
mahsulotlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo‘lgan narx-navo va ish 
haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o‘sishini ma’lum chegarasi 
o‘rnatiladi yoki butunlay “muzlatib” qo‘yiladi.
Daromadlar siyosati o‘z mohiyatiga ko‘ra qat’iy siyosat hisoblanadi va u aholi 
o‘rtasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin. Lekin inflyatsiya bilan kurashishda 
ayrim mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi.
Xalqaro amaliyotda rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi 
kurash olib borish tajribasida biz ta’kidlab o‘tgan ikki yo‘nalishdan oqilona 
birgalikda foydalanilgan. 
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga 
qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi 
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda: 
- milliy iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib 
ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta’minlash; 


109 
- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni 
rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga 
oshirish; 
- xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish 
fondlarining tarkibini o‘zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda 
texnologiyalarni joriy etish; 
-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag‘batlantirish; 
- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda asosiy e’tiborni 
soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasiga qaratish; 
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash; 
- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit yer, ko‘chmas mulk, mehnat va 
qimmatli qog‘ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish; 
- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotning rivojlanishi holatiga asosan o‘zgartirib 
turish; 
- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni 
eksport qilishni rag‘batlantirish; 
- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, harajatlar va narx-navoni 
davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish; 
- davlat budjet taqchilligini noinflyatsion yo‘llar bilan qisqartirish; 
- davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan 
oqilona foydalanishdan iboratdir. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish