115
beruvchi qarz oluvchiga iqtisodiy choralar (jarimalar shaklida, kredit bo‘yicha foiz
darajasini oshirish, kreditni muddatini qisqartirish va boshqa)ni qo‘llash mumkin. Bu
choralar ham yordam bermagan hollarda qarz beruvchi moliyaviy talablarni xo‘jalik
sudi orqali undirib olishi mumkin. Kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklar
tejamli va qayta ishlash muddatiga, ishlab chiqarilgan mahsulotni jo‘natish
muddatiga, tovarlarni sotish muddatiga va pirovard natijada aylanma fondlarning
doiraviy aylanishining tezligiga bog‘liqdir.
Kreditning ta’minlanganligi.
Bu ta’moyil yordamida xalq xo‘jaligining rivojlanishida qiymat va moddiy
ishlab chiqarish o‘rtasida bo‘lishi zarur bo‘lgan proporsiyalarning bir me’yorda
bo‘lishi ta’minlanadi. Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundaki, bunda xo‘jalik
aylanishida ishtirok etuvchi bank mablag‘larining har bir so‘miga muayyan
boyliklarning bir so‘mi qarama-qarshi turishi kerak. Banklar tomonidan xalq xo‘jaligi
tarmoqlariga berilgan kreditlar to‘liq tovar moddiy boyliklari va ma’lum harajatlar
bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Tarmoqlarga ta’minlanmagan kreditlarning
berilishi bank kreditlarining bankka qaytib kelmasligiga asos hisoblanadi. Bu o‘z
navbatida bankning likvidliligiga va pul muomalasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning
uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar tomonidan beriladigan kreditlarning
tovar moddiy boyliklar va harajatlar bilan ta’minlangan bo‘lishiga alohida e’tibor
berilmoqda. Hozirgi sharoitda bu jarayonning amalga oshirilishini quyidagicha
ifodalash mumkin.
Kredit olayotgan korxona bankka tovar yoki tovar xujjatlarini, boshqa biror
shakldagi mulkni garovga qo‘yadi va bank bergan kredit qarz o‘rnini qoplash
huquqiga ega bo‘ladi. Ba’zida kredit varrant asosida ham berilishi mumkin (Varrant –
garov uchun xizmat qiluvchi xujjat). Bunda kreditorning berayotgan krediti tovar-
moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligiga ishonch xosil qilish kerak.
Bank ssudalarini tovar-moddiy boyliklar bilan to‘liq ta’minlanganligi pul
muomalasini barqarorligini ta’minlaydi chunki bankda pullarning naqd pulga va
aksincha aylanishi transformatsiyalanib turadi.
Xulosa qilib aytganda, kreditning ta’minlanganlik ta’moyili qarz oluvchi o‘ziga
olgan majburiyatlarni buzish sharoitida qarz beruvchining mulkdorlik manfaatlarini
himoya qilishni ta’minlaydi va o‘zining amaliy aksini kreditni biror garov yoki
moliyaviy kafolat asosida berishda topadi. Bu umumiqtisodiyot barqarorlikka erishish
davrida ayniqsa muhimdir.
2008 yilda yuzaga chiqqan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining sabablaridan
biri ham aynan kreditning ta’minlanganlik tamoyilini buzilishi hisoblanadi. Ushbu
holat “Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik
holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va
moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy
inqirozga aylanib ketdi”
18
. Albatta bu omil kreditning ta’minlanganlik tamoyilini
ahamiyatini yanada oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: