o tkaziladi. Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga,
pulning qadr-sizlanish
ʻ
darajasiga va davlatning siyosatiga bog liq holda turli usullar-da: ortiqcha qog oz
ʻ
ʻ
pullarni yo q qilish yo li bilan pul hajmini kamaytirish (deflyasiya); eski pul belgilarini
ʻ
ʻ
yo q qilib, yangi qog oz pul belgilarini zarur miqdorda chikarish (nullifikatsiya); eski
ʻ
ʻ
pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi
yoki qog oz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini
ʻ
pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall qiymati yoki qog oz pul kursini tashki
ʻ
davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga
oshiriladi.
2.
Agar inflyatsiya sur’atlari yukori bulsa, denominatsiya o`tkazish xech
kanday samara bermasligi mumkin. Fakat pul isloxotini o`tkazish yuli bilan pul tizimini
barkarorlashtirish mumkin bo`ladi. Pul isloxotini o`tkazish quyidagi yo`llar bilan
amalga oshirilishi lumkin: - muomaladagi pul massasini
kamaytirish maksadida,
deflyatsiya kursi bo`yicha pullarni yangi pullarga almashtirish: - axoli va
korxonalarning banklardagi jamg’armalarini vaqtincha (to`lik yoki qisman ) xarakatsiz
ushlab turish ( qotirib qo`yish): - ikkala usulni birgalikda qo`llash yo`li orqali pul
isloxotini o`tkazish: bu usul xalqaro amaliyotda “shok yuli” bilan davolash nomi bilan
mashxurdir.
3.
Denominatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha
nollarni olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat.
Denominatsiya
usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Turtsiya (liradan 6 dona nolni olib
tashladi) xukumatlari foydalanishdi. Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga
solib turish o`z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar,
ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolarni o`sib
borishini cheklash va pul
tizimini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga
oshirishdan iborat. Ushbu chora-tadbirlar ikki yo`nalishda olib boriladi: 1)Deinflyatsion
siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo`lgan talabni pul-kredit va moliya
mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini
qisqartrish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar
soni va ularni foiz stavkalarini ko`tarish) va pul massasini cheklashni o`z ichiga oladi.
SHuni ta`kidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o`sishni
sekinlashuviga sabab bo`ladi; 2)Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat
tomonidan mahsulotlar, ko`rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo`lgan narx-navo va
ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o`sishini ma`lum chegarasi
o`rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo`yiladi. Daromadlar siyosati o`z mohmiyatiga
ko`ra qat`iy siyosat hisoblanadi va u aholi o`rtasida
norozilikni kelib chiqarishi
mumkin. Lekin inflyatsiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar
siyosatidan foydalaniladi. Xalqaro amaliyotda rivojlanayotgan mamlakatlarda
inflyatsiyaga qarshi karash olib borish tajribasida biz ta`kidlab o`tgan ikki yo`nalishdan
oqilona birgalikda foydalanilgan. Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan
mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash
uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
4.
O`zbekistondagi inflyatsiya bu mustakil O`zbekiston
zaminida vujudga
kelgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobik SSSR da yuzaga kelgan. Bu
inflyatsiyaning umumiy iktisodiy sababi davlat boshkaruvida iktisodga nisbatan
siyosatga kup e`tibor berganidadir. Natijada ishlab chikarish sur`tlari tushib ketdi. Tovar
kamyobligi yashirin jarayon bo`lib, tovarlarni ishlab chikarish uchun ko`p xarajat
qilinsada (xom-ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli) tovarlar past 143 baxoda sotilgan.
Fark davlat byudjetidan qoplana borgan. 1992 yilning boshidan erkin baxolarga o`tish
natijasida (ozik ovkat va yokilgi resurslardan tashkari) inflyatsiya yuzaga otilib chiqdi
va tez sur`atlar bilan rivojlanib ketdi. SHu tufayli O`zbekistondagi inflyatsiya sobik
SSSR davrida yuzaga kelgan inflyatsiyaning qoldig’idir va uni davolash uzoq vaqtni
talab qiladi. Sobiq SSSR da, jumladan O`zbekistonda 90 - yillardagi inflyatsiyasining
asosiy sabablari: - iktisodiy muvozanatning yo`kligi, ishlab chikarish sur`atlarining
tushib ketishi natijasida rejali iktisodiyotdagi inkiroz; -maxsulotlar sifatining, mexnat
unumdorligining pastligi; -ishlab chiqarishda xarajatlar salmg’gining
oshib ketishi,
bexuda sarflar, iktisod printsiplariga rioya qilmaslik va boshkalar xisoblanadi.. Undan
tashqari rivojlangan bozor sharoitiga o`tmasdan turib baxolarning erkinlashuvi, tovar
massasi ustidan ba`zi bo`limlarining yakka xukmronlik o`rnatishi, baxolarni xoxlagacha
boshqarish, kredit, moliya siyosatlarining noto`g’ri olib borish, iktisodning
“dollarlashuvi”, “rubl’ zona” sining emirilishi, valyuta tushumlari va milliy boylikning
chetga oqib ketishi va boshqalar inflyatsiya jarayonining yana rivojlanishiga olib
kelgan. Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Mamlakat
iqtisodiy ahvolini tang holga olib keladi: – ishlab chiqarish hajmi tushib ketadi va
baholarning oshib borishi ishlab chiqarish istiqbollariga to`g’anoq bo`ladi. – kapitalning
asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muomala) sohasiga, vositachilik sohasiga oqib
o`tadi. CHunki ishlab chiqarishdan ko`ra, savdo sohasidagi kapital tezroq va ko`proq
foyda keltiradi; – baholarning o`zgarib turishi olibsotarlikni rivojlantiradi, arzon vaqtida
olib, qimmat bo`lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish jarayonlari avj oladi;
– kredit berish jarayonlari cheklangan bo`ladi. Qarz oluvchilar ko`payadiyu, qarz
beruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bergan yutqazishi mumkin; – davlatning moliya
resurslari qadrsizlanadi va h.k. Aholining kam daromad oluvchi qismining ijtimoiy
ahvoli yomonlashadi. Ularning real daromadlari kamayadi. Nominal 144 daromadning
baholar o`sishidan tushishi natijasida aholining turmush darajasi pasayadi. Ayniqsa,
nafaqa, davlat tashkilotlaridan maosh oluvchilarning ahvoli qiyinlashishi mumkin.
Inflyatsiya aholi jamg’armalarining qadrsizlanishiga olib keladi. Inflyatsiya aholi ba`zi
qatlamlarining (savdosotiq sohasida) boyishiga olib keladi.