Bank-ishi-ma-ruza pdf


Monetar siyosat va pullarni nima sababdan o’rganamiz?



Download 167,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana21.02.2022
Hajmi167,41 Kb.
#461656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
bank-ishi-ma-ruza

2.Monetar siyosat va pullarni nima sababdan o’rganamiz? 
Pul yoki pul
massasi - tovar va xizmatlarga cheklovlarsiz ayirbosh qilinadigan, qarz majburiyatlarini
qoplashda qo’llaniladigan umumiy qabul qilingan to’lov vositasidir. Monitar
siyosatning olib borilishi va pul massasining hajmi ko’pchilik iqtisodiy ko’rsatkichlar
bilan bog’liq hamda har birimizning va umumiy iqtisodiyotning farovonligida aks etadi.
Biz o’rganayotgan mazkur fanning ikkita yakunlovchi qismi iqtisodiyotda
pullarning rolini o’rganishga bag’ishlangan.
3.Pul va inflatsiyaning o’zaro bog’liqligi nimadan iborat?
Pul va
inflyatsiyaning mohiyatini tushunish uchun Frederik S. Mishkin “Pul, bank ishi va
moliyaviy bozorlarning iqtisodiy nazariyasi” kitobida shunday misol keltiradi, ya’ni,
o’ttiz yil oldin siz kechagina o’n dollar to’lagan, kino chiptangiz bir yoki ikki dollardan
ortiq turmas edi. O’n dollar esa kinoga chipta olish bilan birga, yana nafaqat popkorn
xarid qilishga balki, tushlik qilishga ham etar edi. 
Iqtisodiyotda tovar va xizmatlarning o’rtacha narxi, sodda qilib aytganda,
narxlarning umumiy darajasi deyiladi. 1950 yildan 2011 yilga qadar AQSh
iqtisodiyotidagi narxlar darajasi qariyib olti barobar o’sgan. Inflyatsiya narxlar umumiy
darajasining tinimsiz o’sishi bo’lib, har bir xaridorga, ishlab chiqaruvchiga va
xukumatga ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiy strategiyani ishlab chiquvchilar va iqtisodchilar
inflyatsiyani jilovlashga xarakat qiladilar, shuning uchun ushbu maqsadga erishish
yo’lida biz narxlar darajasini tebranishini aniqlovchi omillarini bilishimiz zarur.


Inflyatsiyani nima bilan tushuntirish mumkin? Ushbu savolga mumkin bo’lgan
javoblardan birini 4-rasmdagi grafikda aks ettirilgan pul massasi va narxlar
darajasining sinxron o’sishida ko’rishimiz mumkin. Inflyatsiya deb nomlanuvchi
iqtisodiyotda narxlar darajasining doimiy o’sishida o’zini namoyon qiluvchi asosiy omil
- pul massasining doimiy o’sishini ko’rsatadi. 
Inflyatsiya bilan pul massasining yaqindan aloqasining keyingi isboti 5-rasmda
ifodalangan garfik hisoblanadi. Bir nechta mamlakatlarda, o’rtacha inflyatsiya darajasi
(odatda har bir yilda foizli o’zgarishda o’lchanadigan narxlar darajasining o’zgarish
surati) ni aks ettirib, har bir nuqtani koordinatlari aniq bir mamlakatni aks ettirib, 2000-
2010 yillar oralig’ida pul massasining o’rtacha o’sishi va ushbu davrda inflyatsiyaning
o’rtacha sura’tini ifodalaydi. Ko’rganingizdek, keltirilgan ma’lumotlar inflyatsiya bilan
pul massasining o’sishi o’rtasidagi to’g’ri bog’liqlikning mavjudligini ifodalaydi.
Inflyatsiya darajasi eng katta bo’lgan mamlakatlarda o’z navbatida pul massasining
o’sish darajasi ham yuqoridir. Misol uchun, Turkiya, Ukraina va Zambiya kabi davlatlar
ushbu davrda inflyatsiya darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ushbu davlatlarda
pul massasining o’sishi ham yuqoriligi kuzatilgan. Aksincha, Shvetsiya va AQShda
ushbu davrda inflyatsiyaning sura’ti juda past bo’lgan (pul massasining o’sishi singari).
Ushbu faktlar Nobel mukofoti sovrindari Milton Fridmenning taniqli xulosasiga asos
bo’lgan: “ Inflyatsiya- bu hamisha va har erda monetar hodisadir”.
1
Aynan shu
mavzularda pul massasi miqdori va monetar siyosatning inflyatsiya sura’tlariga ta’sirini
ko’rib chiqamiz.

Download 167,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish