129
Tijorat banklarining kapitalini samarali boshqarishga erishish iqtisodiy islohatlar va
bozor munosabatlarining samaradorligini ta’minlashda muhim o’rin tutadi.
Tijorat banklari kapitalini boshqarish ko’pqirrali jarayon bo’lib,
ushbu jarayonda
asosiy e’tibor kapitalning tarkibiga qaratiladi. Quyidagi chizmada bank kapitalini
boshqarish ob’ektlaridan kelib chiqib uning bank faoliyatiga ta’sirini ko’rish mumkin.
3-rasm. Bank kapitalini boshqarishning asosiy ob’ektlari
24
Rasmda bank kapitalini boshqarishning ob’ektiv asoslari keltirilgan.Tijorat
banklarining kapitalini barqaror darajasini ta’minlash bank kapitalini boshqarishning
asosiy jihatlaridan biri hisoblanadi.
Bunda asosiy e’tiborni tijorat banklari kapitalini
shakllantirishning barqaror
manbalariga qaratiladi. Tijorat banklari kapitali tarkibida barqaror manbalar sifatida
ularning ustav kapitali va o’tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini keltirish mumkin.
Ustav kapitali banklarning barqaror manbai hisoblangani bois tijorat banklari ham
jami kapital tarkibida uning ulushini oshirib borishga e’tibor qaratishi zarur.
Tijorat banklari kapitalini boshqarishning yana bir asosiy
jihati sifatida ular jami
kapitalining yetarliligini ta’minlash masalasi hisoblanadi. Jami kapitalning yetarliligini
ta’minlash tijorat banklarining faoliyatini normal ravishda harakat qilishga imkon berish
bilan birga, ularning moliyaviy mustahkamligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.
Banklar asosiy kapitali yetarliligini ta’minlash bank kapitalini boshqarishning muhim
vazifalardan biri hisoblanadi.Uning asosiy ko’rsatkichlaridan
biri bank faoliyatining
samaradorlik darajasini past yoki yuqori ekanligi bilan izohlanadi.
Tijorat banklari kapitalidan foydalanish samaradorligiga ta’sir qiluvchi omil guruhiga
asosan quyidagi omillar kiradi.
a) Bank kapitalining daromadlik koeffitsientining o’zgarishi.
Bank kapitalining daromadlik darajasini aniqlash bank kapitalidan foydalanish
samaradorligini belgilovchi bilvosita ko’rsatkich hisoblanadi. Chunki, birinchidan, bank
kapitali hisobidan aynan qaysi aktiv operatsiya moliyalashtirilayotganligini bilishning iloji
yo’q;
ikkinchidan, bank kapitali bankning jami resurslariga nisbatan kichik salmoqni
egallaydi.
Daromadlik koeffitsientini pasayishi kapitaldan samarali foydalanish darajasining
24
Ш.З.Абдуллаева, А.А.Омонов. Тижорат банклари капитали ва уни бошқариш. –Т.:, «IQTISOD-MOLIYA», 2006. 122
б.
Bankkapitaliniboshqarishningasosiyob’ektlari
Bank
ustav
kapitalining
barqaror
darajasini
ta’minlash
Bankjamikapitali
ningetarliliginita’
minlash
Bankasosiykapi
talinietarliliginit
a’minlash
Bankkapitalidan
samaralifoydalan
ishnita’minlash
130
pasayayotganligidan dalolat beradi.
b) Bank ustav kapitalining jami kapital hajmidagi salmog’ining o’zgarishi.
Bunda ko’zda tutilmagan xarajatlar va zararlarni ustav kapitalidan qoplash imkoniyati
nazarda tutiladi. Bankning ustav kapitali o’ziga xos sug’urta fondi sifatida operatsion
faoliyat davomida yuzaga keladigan ko’zda tutilmagan xarajatlar va zararlarni qoplash
uchun etishi kerak.
25
Do'stlaringiz bilan baham: