Bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyot hisoboti rejasi



Download 44,51 Kb.
bet1/5
Sana23.07.2022
Hajmi44,51 Kb.
#844568
  1   2   3   4   5
Bog'liq
amaliy mashg`ulot hisoboti BI 55-2 Xolmaxmatov Islom


BANK ISHI” BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI
BO‘YICHA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT HISOBOTI
REJASI:

1.Bank faoliyatining asosiy yo’nalishlari va maqsadi, bank operatsiyalari, bankning huquq va burchlari bilan tanishish;


2.Tijorat banki filialida blokcheyn texnologiyalari asosida yaratilgan bank mahsulotlari va xizmatlarini o’rganish ;
3.Banklarda buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va buxgalteriya apparatini tashkil qilish tamoyillari bilan tanishish
4.Buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofislarining tuzilishi, asosiy vazifalarini o’rganish;
5.Tijorat banklarda buxgalteriya hisobini yuritishda dasturiy ta’minoti va ulardan foydalanishni tahlili;
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati.

1.Bank faoliyatining asosiy yo’nalishlari va maqsadi, bank operatsiyalari, bankning huquq va burchlari bilan tanishish.



Hukumatning doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashi tufayli Qishloq qurilish bank salohiyati yanada oshib bormoqda. Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat olib borib, zimmasiga yuklangan mas’uliyatli vazifalarni doimiy ravishda ado etib kelmoqda. Bank o'z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o'z mavqei va rolini mustahkamlash uchun barcha sa'y-harakatlarini safarbar etmoqda.
Strategiyaning asosiy yo’nalishlari bilan quyidagilar belgilab berilgan:
Tashkiliy tuzilishini, qaror qabul qilish tizimi va korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish;
Mijozlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
Samarali axborot siyosatini va brend strategiyasini ishlab chiqish;
Samarali xodimlarni boshqarish tizimini yaratish;
Ichki nazorat tizimini takomillashtirish;
Chakana va korporativ biznesni rivojlantirish;
Daromadlilik va rentabellik darajasini oshirish;
Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish;
Strategiya bilan belgilangan asosiy vazifalarni hal etishda, bank o’zining bank-moliya xizmatlari bozoridagi asosiy ustuvorligidan – eng keng qamrovli bo’linmalari tarmog’idan to’laqonli foydalanadi. Kelgusi besh yil davomida bo’linmalarni takomillashtirishga qaratilgan bir qator choralarning majmuini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda. Xususan, ularning faoliyati tahlil qilinadi va natijalari bo’yicha rentabelli bo’linmalarni takomillashtirish hamda norentabelli
bo’linmalarni yopish qarorlari qabul qilinadi.
Davlat iqtisodiyotining real sohasini kreditlashga oid, shu jumladan, korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat dasturlarida ishtirok etishga alohida e’tibor beriladi.
Qishloq qurilish banki jismoniy shaxslarga quyidagi ko‘rinishdagi kredit turlarini taqdim etishi mumkin:
-avtokredit (avtomobil vositalari xarid qilish uchun kredit);
-ipoteka kreditlari;
-maishiy texnikalar uchun kreditlar;
-mikroqarz va boshqalar.
Quyida biz avtokredit misolida mijozlarga kreditning berilishi, uning rasmiylashtirilishi, foiz hisoblanishi hamda qaytarilishigacha bo‘lgan jarayonlarni va uning buxgalteriya hisobini hamda ular bilan bog‘liq hujjatlarni ko‘rib chiqishimiz mumkin. Avtokredit – bunda mijozlar quyidagi bosqichda kreditdan foydalanishlari mumkin hisoblanadi:
Mijoz tomonidan ariza bilan murojaat qilinadi;
Kredit bo‘yicha mutaxassis kredit olish imkoniyatini baholaydi
Bankda hisobraqam ochiladi;
Mijoz tomonidan avtosalon bilan tuzilgan shartnoma va boshqa boshlang‘ich hujjatlar bankka topshiriladi;
Ariza tasdiqlangach esa, bank tomonidan kredit mablag‘i dilerning hisob raqamiga ko‘chirib beriladi.
Bankning bir mijozi misolida kreditning berilishidan to to'lanishigacha bo'lgan jarayonni o'zida mujassamlashtirgan hujjatlar majmuasi, jumladan, mijozning ish haqi, garov shartnomasi, kredit foizini so‘ndirish grafigi, kredit shartnomasi va boshqa zarur hujjatlarni ko'rishimiz mumkin. Unda mijozlar guruhi to'rt sinfga ajratilgan bo'lib, kredit qo‘mitasi tomonidan mijoz o'rganiladi hamda u 1-sinfdan 3-sinfgacha mansub deb topilgandagina unga kredit ajratilishi mumkin degan qarorga kelinadi, aks holda, ya’ni mijoz 4-sinfga mansub deb topilsa, uning ko‘rsatkichlari, eng asosiysi ish haqi kreditga layoqatsiz deb topiladi va unga kredit ajratilmaydi. Bundan tashqari ushbu ilovadagi hujjatlarda shu namoyon bo‘ladiki, bankning 2022-yildagi boshqa banklardan farqli bo‘lgan kredit siyosatini ko‘rishimiz mumkin. Bulardan biri, bank kredit ajratish uchun mijozlar tomonidan garovga kredit miqdorining 125% miqdorida garovga mulk talab qiladi.
Kredit shartnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng, bankda kredit berilishi bo‘yicha majburiyat yuzaga keladi hamda quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi:
Dt 91809 – “Banklarning kredit va lizing berish majburiyatlari”
Kt 96351 Bankning kredit berish majburiyati bo‘yicha kontr- hisobvarag'i”.
Garovga olingan mulk bilan bog‘liq rasmiylashtiriladigan hujjatlar kredit bo‘limi xodimlari tomonidan konvertga solinadi va yelimlanadi hamda kassaga topshiriladi. Mazkur hujjatlar solingan konvert bir so‘m miqdorida balansdan tashqari schyotga kirim qilinadi va quyidagicha buxgalteriya provodkalari beriladi:
Dt 94502 – “Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar”
Dt 94503 – “Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar”
Kt 96381 – “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”
Bunda garov to‘liq summada hisobga olinadi. Garov hujjatlari hisobga olinsa:
Dt 93609 – “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar”
Kt 96379 – “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatli buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”
Garov hujjatlari kassada saqlanadi.
Kredit va hisoblangan foiz to‘liq qaytarilganda ta’minot balansdan tashqari hisobvaraqlardan hisobdan chiqariladi va yuqoridagi provodkalarga teskari provodka beriladi:
Dt 96381 – “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”
Kt 94501, 94502, 94503 – “Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar”/ “Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquqlar”/ “Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar”.
Dt 96379 – “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatli buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”
Kt 93609 – “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar hisobvarag‘i”
Bank tomonidan berilgan kredit amaldagi qiymatida aks ettiriladi va qarzdorga berilgan pul mablag‘lari summasini ifodalaydi:
Dt 11901–13301/ 14301–15501 – tegishli qisqa va uzoq muddatli ssuda hisobvaraqlari
Kt 10301(O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar – Nostro) – 16103 (Bosh ofisi/filialdan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar)/ 10100 - «Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari» (kredit naqd pulda berilganda)/ Mijozning tegishli talab qilib olinguncha hisobvarag‘i/ Bank plastik kartasi (BPK) hisobvaraqlari
Mijozlarning kredit qaytarish bo‘yicha majburiyati balansdan tashqari hisobvaraqda hisobga olinadi:
Dt 91901/91905 – qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo‘yicha majburiyatlari;
Kt 96345/96349 – qarzdorlarning qisqa va uzoq muddatli kreditlari va lizing bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvaraqlari.
Banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun potensial qarz oluvchilardan vositachilik haqi olinayotganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt – qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i
Kt 22896 – “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar”
Kredit qadrsizlanishini tasdiqlovchi obyektiv dalillar va sharoitlar aniqlangan taqdirda, zarar summasi quyidagi ikki miqdordan eng yuqorisi bo‘yicha baholanadi:
1) “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zahiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yhat raqami 2696, 2015-yil 14 iyul) muvofiq aniqlangan summa bo‘yicha;
2) kreditning balans qiymati va kreditning dastlabki real foiz stavkasi bo‘yicha diskontlangan kutilayotgan kelajakdagi pul oqimlarining joriy qiymati o‘rtasidagi farq bo‘yicha.
Bank ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholashni quyidagicha aks ettiradi:
Dt 56802 – “Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash”
Kt – Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zahirasi - Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr-aktiv).
Agar kredit portfelining keyingi tahlili natijasida uning zahiralari yuqorida ko‘rsatilgan talablardan oshsa, bank zahira summasini oxirgi sana holati bo‘yicha aniqlangan, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar summasiga muvofiqlashtirishi lozim. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zahirasi - Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr-aktiv)
Kt 56802 – “Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash”.
Tijorat banklari mijoz bilan tuzilgan kredit shartnomasi va kreditni qaytarish grafigiga asosan berilgan kreditlarni qaytarish operatsiyalarini amalga oshiradi.
Kreditlarni qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Dt 10100, mijozning talab qilib olinguncha hisobvarag'i, Bank plastik kartochkasi (BPK) hisobvarag'i;
Kt 11901-13301/14301-15501 – tegishli qisqa va uzoq muddatli kredit hisobvarag‘i
Agar kredit kafil tomonidan qaytarilsa quyidagicha provodka beriladi:
Dt – “Kafolat beruvchining talab qilib olinguncha hisobvarag‘i”
Kt – 10301 – Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i - Nostro (agar mablag‘ oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan xizmat ko‘rsatilsa)
Kt – Ssuda hisobvarag‘i
Agar kreditlar naqd pulda qaytarilsa, quyidagicha provodka beriladi:
Dt 10100 – “Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari”;
Kt – tegishli kredit hisobvarag'i.
Mijozning kreditlari bo'yicha majburiyati kamayadi, ya'ni mijoz qarzni qaytaradi:
Dt 96345/96349 – “Qarzdorlarning kreditlari va lizing bo'yicha majburiyatlari kontr-hisobvaraqlari”
Kt 91901/91905 –“Qarzdorlarning kreditlari va lizing bo'yicha majburiyatlari”
Kreditlar bo'yicha foizlar buxgalteriya hisobining hisoblab yozish usuli bo‘yicha tan olinadi, ya'ni:
Dt 16309 – “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”
Kt 41400-44700 – “Uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar”
Hisoblangan foizlar kelib tushganda, quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
Dt 10101, 10111, Bankning vakillik hisobvarag‘i, mijozning tegishli talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i;
Kt 16309 – “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”
Agar hisoblangan foizlar o'z vaqtida to'lanmasa, foiz summasi muddatida to‘lanmagan foiz hisobvarag'iga o'tkaziladi:
Dt 16377 – “Hisoblangan shartnoma muddatida to'lanmagan foizlar”
Kt 16309 – “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”
Shu bilan birga bu summa kartoteka-2 ga kirim qilinadi:
Dt 90963 – “Muddatida to'lanmagan hisob-kitob hujjatlari”
Kt 96321 Muddatida to'lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”
Muddati o'tgan foizlar to'langanda esa, foiz summasi kartoteka-2 dan chiqariladi va to'lanadi:
Dt 10101 va hokazolar
Kt 16377 – “Hisoblangan shartnoma muddatida to'lanmagan foizlar”.
Lizing operatsiyalarida ATIB Ipoteka bankda quyidagicha amaliyotlar amalga oshiriladi, ya’ni bank lizing oluvchining topshirig‘iga asosan lizing obyektini sotib oladi.
Dt 19909 – “TMQ lar uchun to'langan mablag'lar”
Kt – sotuvchining hisobraqami
Lizing obyekti 2 xil usulda yetkazib berilishi mumkin:
lizing obyektini to'g'ridan-to'g'ri lizing oluvchiga yetkazib berilganda:
Dt 15600 -tegishli lizing (moliyaviy ijara) hisobvarag'i
Kt 19909 – “TMQ lar uchun to'langan mablag'lar”
2) lizing obyektini oldin bankka kirim qilinib, keyin lizing oluvchiga yetkazib berilganda:
Dt 16500 – asosiy vositalar
Kt 19909 – TMQ lar uchun to'langan mablag'lar
Dt 15600 – “Tegishli lizing (moliyaviy ijara) hisobvarag'i”
Kt – asosiy vositalar

Bank hodimining kasb odob-ahloq kodeksi:


Ushbu Kodeks O’zbekiston Respublikasi bank hamjamiyatida ish yuzasidan o’zaro hamkorlikni mustahkamlash va haqqoniy raqobat uchun sharoitlarni yaratish maqsadlarida ishlab chiqilgan.


Kodeks banklarning barcha xodimlari rioya etadigan odob-ahloqning asosiy etik me’yorlarini belgilab beradi.
Ushbu Kodeks bandlarini bajarilishi, banklar va boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bank mijozlariga, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatishda ishbilarmonlik va kasb odob-ahloqiga rioya etishlari, ularning kasbiy mahorati, shuningdek ular faoliyatining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, hamda umumqabul qilingan odob-ahloq me’yorlariga muvofiqligining qo’shimcha isboti, garovi va ishonchliligi bo’lib xizmat qiladi.
Umumiy qoidalar:
O’zbekiston Respublikasi banklari o’zining professional faoliyatini quyidagi tamoyillar asosida olib boradi:
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, kasb odob-ahloqi me’yorlari va ananalarga so’zsiz rioya qilish;
jamiyat va davlat oldidagi o’zining fuqarolik va professional burchlarini anglash, amaldagi qonunchilik me’yorlariga asoslangan davlat organlarining talablarini o’z vaqtida va to’liq bajarish;
bank biznesi sohasiga jalb qilingan bank mijozlari, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini hurmat qilish;
tijorat banklarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda banklararo hamkorlikni va o’zaro munosabatlarni mustahkamlash;
o’ziga olingan majburiyatlarga rioya qilish va yuqori saviyali va sifatli xizmat ko’rsatilishini ta’minlash;
bank operatsiyalarini amalga oshirishda risk darajasini hisobga olish va cheklash;
haqqoniy raqobatchilikni rivojlantirish, bank faoliyatining noinsof qatnashchilariga nisbatan faol qarshi kurashish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va boshqa noqonuniy harakatlarga qarshi kurashishda faol ishtirok etish;
o’zaro hurmat, hamfikrlik va o’zaro yordam berish asosida xalqaro professional aloqalarni o’rnatish va rivojlantirish;
korporativ boshqaruv, shuningdek bank xizmatlarini ko’rsatishda halollik yuzasidan ichki va o’zaro nazoratni o’rnatish;
o’z ish faoliyatining sifati va natijalari bo’yicha javobgarlikning to’laqonliligi.

Bankning o’z aksiyadorlari oldidagi majburiyati:



Banklar o’z aktsiyadorlari oldida quyidagilarga rioya etishga majburdir:
aktsiyadorlarni bank faoliyatini boshqarishda, dastavval hal qiluvchi qarorlar qabul qilishda korporativ tamoyillarga asoslangan holda ularning real ishtirokini ta’minlash;
aktsiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini cheklab qo’yishga yo’l qo’ymaslik;
bank boshqaruvi organlari faoliyatida maksimal shaffoflikka erishish, aktsiyadorlarni bank faoliyati haqida doimiy va o’z vaqtida axborotlar bilan ta’minlanishi uchun sharoit yaratish.
Banklararo hamkorlik bo’yicha asosiy majburiyatlar:
Banklar o’zaro munosabatlarda quyidagilarga rioya etishga majburdir:
munosabatlarni ishonch va hurmat asosida o’rnatish;
ishga aloqador bo’lgan hamkorlik munosabatlaridan kelib chiqadigan yoki ushbu munosabatlar bilan belgilangan shartnomaviy va boshqa o’ziga olingan majburiyatlarga rioya qilish tamoyiliga qat’iy amal qilish;
raqobatchilar bilan munosabatlarda odob-ahloqning yuqori etik standartlariga rioya qilish va bunda bank siyosati, raqobatchini tanqid qilishga emas, balki o’z xizmatlari va xodimlarining sifati va raqobatbardoshligiga e’tiborini qaratishi lozimligini nazarda tutish lozim;
kelishmovchilik va munozaralar yuzaga kelganda muzokara va murosaga kelish yo’llarini izlashga ustuvorlikni berish;
haqqoniy raqobatchilik tamoyillariga qat’iy rioya qilish, yangi mijozlarni jalb qilish uchun qonunchilikka xilof bo’lgan choralarni ko’rmaslik.
Mijozlar bilan munosabatlardagi asosiy majburiyatlar:

Banklar mijozlar bilan munosabatlarni o’rnatishda quyidagilarga majburdir:
banklarning mijozlar bilan munosabatlari o’zaro ishonchga asoslangan shartnomalar asosida tuziladi. Shu bilan birga, bank xodimlari mijozlarga nisbatan iltifotli, xayrixoh va e’tiborli bo’lishlari kerak;
umumqabul qilingan yagona mazmundagi ibora va so’zlarni ishlatishlari va o’zaro munosabatlarni vijdonan hamjihatlik asosida qurishlari lozim;
bank tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar va mahsulotlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va talab etiladigan texnik talablarga mos kelishi lozim;
ko’rsatiladigan xizmatlar va bank mahsulotlari to’g’risida to’liq ma’lumotlar taqdim etishda, mijozlarda qiyinchlik tug’dirgan masalalarning echimini topishda ko’mak ko’rsatish zarur;
mijozlarning murojaatlarini o’z vaqtida va har tomonlama ko’rib chiqishlari zarur; bank xodimlari mazkur Kodeks talablariga qat’iy rioya qilishlari zarur;
bank xodimlari tomonidan mazkur Kodeksga zid harakatlarni amalga oshirilishiga yo’l qo’ymaslik borasida tegishli choralarni qabul qilish.
Banklarning o’z hodimlari oldidagi majburiyatlari:
Banklar o’z xodimlari oldida quyidagilarga majburdir:
xodimlarni ishga qabul qilishda, mehnatga haq to’lashda va xizmat pag’onasidan ko’tarilishida har qanday kamsitishga yo’l qo’ymaslik;
xodimlarning professional o’sishiga, ularning salomatligini va ijtimoiy farovonligini mustahkamlashda tegishli mehnat sharoitlarini yaratib berish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilish;
xodimlarni yuridik va ma’muriy tomondan qo’llab-quvvatlash;
bank farovonligini ta’minlash uchun xodimlarning shaxsiy manfaatdorligini oshirish, ularning ijodiy salohiyatini va tashabbuskorligini rag’batlantirish;
xodimlarni tasdiqlangan standartlar asosida tegishli kiyim-kechak formasi bilan ta’minlash (ilovada keltirilgan);
xodimlarning jamotchilik faoliyatida ishtirok etish huquqini hurmat qilish.

Korporativ xulq odobi qoidalari:

Bank tizimi xodimlari: korporativ madaniyat va xulq odobini namoyon etuvchilari hisoblanadi;
o’z jamoasini va mehnatni qadrlaydi, bankning umumiy ishi uchun o’zida javobgarlik hissini tarbiyalab borishi zarur;
korporativ xulq odobi qoidalarini va qabul qilingan qo’shma qarorlarni hurmat qilishi, jamoa ishlarida ishtirok etishi, ishbilarmonlik va samarali hamkorlikka intilishlari zarur;
hamkasblari va mijozlar bilan muloqot davrida xayrixoh bo’lishlari lozim;
bank tizimi obro’sini tushirishga va bank xodimini mehnat imijini pastga urilishiga yo’l qo’ymasligi zarur;
bank tizimining yaxshi an’analarini saqlashi, bank tizimida yangi ish boshlagan xodimlarga ushbu an’analarni, kasbiy tajraba va ko’nikmalarni etkazishi zarur.

Xizmatdagi odob-axloq qoidalari:



Bank tizimi xodimlari: mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida bank tizimining roli va o’rnini chuqur anglashi lozim;
Davlat va korporativ manfaatlarni himoya qilishda qat’iyatli bo’lishi zarur; qonunchilik va bank faoliyati tamoyillariga qat’iy rioya qilishi zarur;
bank xodimlari turli xolatlarda o’z harakatlarida, qabul qilgan qarorlarida odob-ahloq talablariga rioya etgan holda yuqori darajada o’zini boshqarishi va tutishi lozim;
bank yoki uning mijozlariga zarar keltirishi mumkin bo’lgan axborotning tarqatilishiga yo’l qo’ymasligi, bank va tijorat sirini saqlashi zarur;
xizmat mavqei va o’zining shaxsiy hatti-harakati bilan qonunga va odob-ahloq qoidalariga xilof harakatlarni amalaga oshirishga yo’l qo’ymasligi, bank xodimi o’zining rostgo’ylik, insoflilik va pok vijdonlilik fazilatlari bilan boshqalarga o’rnak bo’lishi zarur.
Ishga doir odob-ahloq qoidalari:
Bank tizimi xodimlari: o’zlarining ishga doir madaniyatlarini namoyon qiluvchi tashqi kiyim va ko’rinishlarini doimiy ravishda kuzatib boradilar va odmi ko’rinishdagi uslubga, tajribaga, xushmuomalalik va odoblilik qoidalariga rioya qiladilar;
hamkasblar bilan o’zaro munosabatlarda xushfe’llik va xayrixohlikni namoyon qiladilar, ish yuzasidagi munosabatlarda subordinatsiyaga rioya qiladilar;
boshqa tashkilotlar xodimlari va fuqarolar bilan munosabatlarda ishchanlik uslubiga va xayrixohlikka rioya qilgan holda, professionallik va bosiqlikni namoyon qiladilar; rasmiy uchrashuvlarda ish tartibiga qat’iy rioya qiladilar;
o’zlarining va boshqalarning vaqtini qadrlaydilar. Og’zaki va yozma ravishda tushunarli, aniq va lo’nda fikr bildiradilar; mazkur Kodeks ilovasiga muvofiq, tijorat banklari xodimlari uchun kiyim va tashqi ko’rinishga oid talablar bo’yicha o’zlarining tashqi ko’rinishlariga mos holda ishbilarmon va ozoda ko’rinishda bo’ladilar.



Download 44,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish