Bank ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyot hisoboti rejasi


Banklarda buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va buxgalteriya apparatini tashkil qilish tamoyillari bilan tanishish



Download 44,51 Kb.
bet3/5
Sana23.07.2022
Hajmi44,51 Kb.
#844568
1   2   3   4   5
Bog'liq
amaliy mashg`ulot hisoboti BI 55-2 Xolmaxmatov Islom

3.Banklarda buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va buxgalteriya apparatini tashkil qilish tamoyillari bilan tanishish.

Amaliyotimning ish kunlarim davomida G`uzor tuman Qishloq Qurilish banki filialining buxgalteriya bo’limida ish olib bordim. Bank buxgalteriya bo’limi - pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish, bank operatsiyalarini bajarish va ularni ichki nazoratdan o‘tkazish hamda hisob registrlarida qayd etish va buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlar guruhidan kerakli ma`lumotlarni o`rgandim.


Bankda buxgalteriya hisobini va hisobotini tashkil qilish bank boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi. Bank buxgalteriya apparatini bankning bosh buxgalteri boshqaradi, bosh buxgalter bo‘lmagan paytda bosh buxgalterning o‘rinbosari rahbarlik qilishi mumkin.

Bankning buxgalteriya bo‘limi xodimlari tarkibiga quyidagilar kiradi:


bosh buxgalter;
bosh buxgalter o‘rinbosari;
yetakchi mutaxassis;
mas’ul ijrochilar;
ichki nazorat xodimlari va boshqalardan iborat.

Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalari bosh buxgalter tomonidan belgilab beriladi va bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi.


Mas’ul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan hisobvaraqlarni yuritish yoki alohida operatsiyalarni amalga oshirish ishlari yuklatiladi. Hisobvaraqlar bank ichki tartib qoidalari bo‘yicha xodimlar o‘rtasida shunday taqsimlanganki, bunda bitta xo'jalik yurituvchi subyektning barcha depozit va ssuda hisobvaraqlari bitta buxgalteriya xodimiga biriktirilgan.
Bank bosh buxgalteri muxrlar, shtamplar va blanklarni ularning yo‘qolishiga yoki boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan tarzda saqlanishi hamda foydalanishi ustidan nazoratni ta’minlashi shart. Bank muxrlari va burchakli shtamplarining hisobi ularni saqlayotgan shaxs familiyasi va lavozimi ko‘rsatilgan maxsus daftarda yuritiladi. Daftar varaqlari raqamlangan, bog‘langan va bank muxri, bank raxbari hamda bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlangan bo‘lishi va bank rahbarining yozma farmoyishi bilan tayinlangan va qimmatliklar bilan operatsiyalar olib borishdan ozod etilgan shaxs tomonidan alohida kitobda ro‘yxatga olib boriladi.
Bankda xodimlarining ish joylari mijozlar va boshqa begona shaxslarning bankning muxrlari, shtamplari, hujjatlari va blanklarini olishlariga imkon bo‘lmaydigan tarzda joylashtirilgan.
Xodim mehnat ta’tiliga chiqqan, kasal bo‘lib qolgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan hollarda unga biriktirilgan hisobvaraqlar hamda uning vazifalari muxr va shtamplar bilan birgalikda boshqa xodimga topshiriladi va bu haqida maxsus daftarda tegishli yozuvlar qayd etiladi.
Bosh buxgalter zimmasiga umumiy nazoratni tashkil etish hamda har kuni buxgalteriya va kassa ishlarining barcha bo‘g‘inlarida o‘rnatilgan tartibga amal qilinishini kuzatib borish yuklatilgan. Shuningdek, bank bosh buxgalteriga bosh va yordamchi kitoblarda operatsiyalarni qayd etish, tegishli buxgalteriya hisobi hisobotlarini dasturiy ravishda tuzish ishlariga rahbarlik qilish yuklatiladi. Bank bosh buxgalteri ishda bo‘lmagan vaqtda, ushbu vazifalar bank rahbarining buyrug‘iga ko‘ra uning o‘rinbosariga topshiriladi.
Bosh buxgalter vazifalariga quyidagilar kiradi:
- buxgalteriya hisobi ishlarini zamonaviy texnik vositalari va axborot texnologiyasidan foydalangan holda oqilona tashkil etilishi, buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida bank operatsiyalarini to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirilishi hamda foydalanuvchilar uchun ishonchli moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim qilish;
- bankka kelib tushgan pul hisob-kitob hujjatlarini ularga ishlov beriladigan barcha uchastkalardan o‘tishining aniq muddatlariga rioya etilib, bankning barcha tegishli hisobvaraqlarida aks ettirilib, kunlik balans tuzilishi va uni tegishli joyga topshirilishini tashkil etish;
- mijozlarga hisobvaraqlar ochish, ular bilan bog‘liq hujjatlarni qabul qilish, mijoz hisobvaraqlarini yuritish, Bank Depozitorlari Milliy Axborotlar Bazasi (BDMAB) ga so‘rovnomalar shakllantirish, jo‘natish va undan ma’lumotlar qabul qilish, hisobvaraqlarni yopish;
- mijozlardan kelib tushadigan pul hisob-kitob hujjatlarining shakli va mazmuni bo‘yicha to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ular bo‘yicha operatsiyalarni o‘z vaqtida o‘tkazilishi, ichki bank operatsiyalarining qonuniy tarzda bajarilishini va ular ustidan kunlik monitoring o‘rnatish, hamda mablag‘ va qimmatliklar but saqlanishi;
- birlamchi hujjatlar hamda buxgalteriya yozuvlari asosida haqiqiy holatni aks ettiruvchi buxgalteriya hisobotlarini tuzish, bu hisobotlarni belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, shuningdek, tegishli organlarga taqdim etish;
- bank amaliyot kunini to‘liq yakunlash va ish kuni oxiriga qadar kunlik balans tuzish;
- bosh buxgalter bankning ichki nazorat va ichki audit xodimlari bilan birgalikda kamomadlar yuzaga kelishi, pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklarning noqonuniy tarzda sarflanishining oldini oluvchi tadbirlarni tayyorlashda faol qatnashishi shart. Mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar qilinayotgani ma’lum bo‘lib qolgan hollarda bosh buxgalter chora ko‘rish uchun bu haqida bank rahbariga axborot beradi.
- bosh buxgalter bank rahbari bilan birgalikda bank faoliyatini tashqi audit, Markaziy bank inspektorlari va boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida buxgalteriya bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishlari shart va boshqalar.


Download 44,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish