5.Tijorat banklarda buxgalteriya hisobini yuritishda dasturiy ta’minoti va ulardan foydalanishni tahlili.
Tijorat banklarida aktiv operatsiyalari samaradorligini takomillashtirish tijorat banklaridagi faoliyatini chuqur tahlil etgan holda uning ilg‘or tomonlari mahalliy shart – sharoitlarga moslashtirish yuqoridagi muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishga harakat qildik. Ushbu takliflar va tavsiyalar quyidagilardan iborat:
1. O‘z bekiston Respublikasida tijorat banklari o‘rtasida mavjud raqobatlashuv sharoitida bank xizmatlari bozorining rivojlangan davlat tijorat banklarida faol qo‘llaniladigan zamonaviy xizmat turlaridan foydalanish o‘ziga hos ravishda ularning jozibadorligini oshiradi. Buning uchun birinchi navbatda milliy bank tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha tijorat banklarini hozirgi zamon talablariga to‘liq javob bera oladigan informatsion texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lishlari, bundan tashqarii mijozlarning ham ushbu texnologiyalar bilan ta’minlanganligi hamda zamonaviy informatsion texnologiyalarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning mavjud bo‘lishini taqazo etadi.
Respublikamizdagi barcha tijorat banklarida «home banking», «internet – bank», «Mobil telefon bank» kabi zamonaviy bank xizmatlarining joriy etilishi va ularning rivojlanishi birinchidan, bank mijozlari uchun qulaylik yaratadi, ikkinchidan, bizning fikrimizcha bank xizmatlarining sifati va samaradorligini oshiradi. Ushbu jarayonni rivojlantirib borish natijasida «bank – mijoz» munosabatlarini yaxshilash maqsadida respublikamiz tijorat banklarida eng zamonaviy texnologiya hisoblangan SRM (Customer Relationship Management) tizimini kiritish uchun zamin yaratiladi.
2.Mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan bank xizmatlari bozorida olib borayotgan reklama faoliyatini, bizning fikrimizcha, qayta ko‘rib chiqish lozim. Lekin biz yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek Taxlil natijasida shunga guvoh bo‘ldikki, respublikamizdagi kredit uyushma va lombardlar o‘z reklamalarini ommabop va keng geografik xududlardagi o‘quvchilarga yetib boradigan gazetalarda chop etmoqdalar. Bu esa o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.
3.Respublikamizdagi tijorat banklari o‘zlarining depozit siyosatini olib borishda o‘zlaridagi mavjud tarmoqlari, minibanklari va filiallarini imkoniyatlaridan oqilona hamda samarador foydalanishlari lozim. Depozit siyosatini olib borishda hozirda barcha tijorat banklariga biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan kredit uyushmalari bu sohada ham juda kuchli raqobatni yuzaga chiqarishgan. Buning asosiy sababi, kredit uyushmalari tamonidan taklif etilayotgan omonatlar uchun foizlar tijorat banklarida ancha yuqori. Ilmiy tadqiqot natijasida biz xozirda tijorat banklari mijozlarining kredit uyushmalariga «oqimi»ni guvohi bo‘ldik. Amaldagi qonunchilikka asosan tijorat banklari omonatlar uchun foiz stavkalarini o‘rnatishda cheklovlar mavjud.
Demak bu sohada kredit uyushmalariga raqobat qilish mushkul. Lekin, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan deyarli barcha kredit uyushmalari Toshkent shahar, viloyat markazlari va yirik sanoat shaharlarda faoliyat ko‘rsatishmoqda. Ushbu sohada tijorat banklari, ayniqsa aksiyadorlik tijorat «Mikrokreditbank»da o‘zida mavjud muassasalar yordamida depozit siyosatini qishloq tumanlarida kuchaytirishlari lozim. Bunga bizning fikrimizcha respublikamiz aholisining 60,0 foizidan ortig‘I qishloq joylarida istiqomat etadi: ikkinchidan, aksiyadorlik tijorat «Mikrokreditbank»ning (shu bilan birga bir qator boshqa tijorat banklarini ham) mamlakatimizning barcha qishloq xududlarida filiallari va minibanklari mavjud. Bundan tashqarii, ularda depozit siyosati bo‘yicha kerakli malakaga ega mutaxassislar faoliyat ko‘rsatadi. Bizning fikrimizcha tegishli tijorat banklari marketing xizmati yuqorida ta’kidlangan omillarni chuqur o‘rganishlari lozim. Faqat shundagina bank xizmatlari bozorida tijorat banklari o‘zlaridagi mavjud imkoniyatlaridan mohirona va samarali foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish turli bank operatsiyalarni masofadan amalga oshirish imkoniyatini beradigan xizmatlar kompleksidir. Buning uchun bank muassasasiga tashrif buyurmasdan turib kompyuter yoki mobil telefondan foydalanish kifoya.
Masofaviy texnologiyalar mijozga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal qulaylik va bank bilan ishlash jarayonida vaqt hamda moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish imkonini beradi.
Masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi mijozlarga taqdim etilayotgan xizmatlarning xarakteriga ko‘ra ikki turga bo‘lish mumkin:
- informatsion;
- tranzaksion.
Informatsion banking mijozlarga moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, tranzaksion banking moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Masofaviy bank xizmatlarining asosiy tamoyili mijoz va bank o‘rtasida turli axborotlarning masofadan almashinuvi hisoblanadi. Bunda bank tomonidan mazkur amaliyotning xavfsizligi ta’minlanadi.
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarining turlari:
Bank-Mijoz – bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo‘lib, bunda mijozning kompyuteriga maxsus dastur o‘rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda barcha mijoz ma’lumotlarni saqlaydi (asosan to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o‘rtasida modem orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa amalga oshiriladi.
Internet-banking – bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan bank kartalariga ochilgan hisobvaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan bank bilan bog‘langan holda real vaqt davomida to‘lovlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizimdir. Foydalanuvchi tizimga veb-brauzer orqali qiradi. Internet-banking tizimi bankning veb-serverida joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o‘z ma’lumotlari (to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar)ni ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega.
Internet-banking xizmati orqali mijoz o‘z ish joyida yoki boshqa o‘ziga qulay sharoitda:
to‘lovlarni o‘tkazish;
to‘lov o‘tishi bosqichlarini kuzatish;
barcha hisobotlarni olish kabi amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Internet-banking orqali mijoz o‘z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib, o‘z hisobraqamiga tushayotgan pullarni ko‘rishi va pul o‘tkazmalarini tayyorlab bankka uzatishi mumkin bo‘ladi.
Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratiladi.
SMS-banking – bu bank mijozlarga ularning depozit hisobvaraqlaridagi hamda bank kartalariga ochilgan hisobvaraqlaridagi operatsiyalar haqida SMS ko‘rinishdagi ma’lumotlarni olish tizimidir. Hisobvarag‘idan ma’lumot olish uchun mijoz bankning maxsus telefon raqamiga belgilangan SMS-so‘rovni yuborish kerak.
Mijoz uchun SMS-banking xizmati quyidagi amallarni bajarish imkoniyatlarini beriladi:
hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar;
hisobvarag‘idan qilingan xarajatlar;
hisobvaraq balansi;
kun davomida o‘tkazilgan bank operatsiyalari haqida operativ ma’lumot olish.
Bugungi kunda aholi tijorat banklarining mobil ilova dasturlari orqali real vaqt rejimida kartadan kartaga pul o‘tkazish (P2P) operatsiyalarini bajarish, soliq, byudjet, kommunal va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish, mikroqarz olish va kreditlarni so‘ndirish, onlayn omonatlarni rasmiylashtirish, depozit hamda ssuda (kredit) hisobvaraqlarini masofadan ochish, xalqaro bank karta hisobvarag‘idan to‘lovlarni amalga oshirish, onlayn konversiya operatsiyalarini amalga oshirish va boshqa masofaviy bank xizmatlaridan keng foydalanmoqda.
Xulosa
Milliy ta’lim tizimini mustaxkamlash, uni zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi, jamiyatimizdagi amalga oshirilayotgan isloxotlarni yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan chambarchas har tomonlama bog’langan bo’lishi kerak. Fanlar bo’yicha bilimlar majmuasini o’zlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka hamda ko’nikmalarni mukammal shakllantirishda ishlab chiqarish amaliyotni o’rni beqiyosdir.
Bank tizimi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashda ishlab chiqarish amaliyotiga katta axamiyat beriladi. Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish amaliyoti davrida nazariy bilim amaliyot bilan bog’lanadi va talaba universitetda olgan nazariy bilimlarini amalda sinab ko’radi.Ishlab chiqarish amaliyotimning asosiy maqsadi amaliyot vaqtida tijorat banki, uning tarkibiy tuzilishi, bank faoliyatining huquqiy asoslari xamda bank bo’limlari faoliyati to’g’risida tushunchaga ega bo’lish. Bundan tashqari amaliyot davrida malakali bank xodimlari bilan bevosita muloqotda bo’ldim va buning natijasida bank faoliyati to’g’risida etarli darajada dunyoqarash shakllandi. Tanishuv amaliyotda tijorat banki faoliyatidagi amaliy ma’lumotlar bilan tanishdim. Amaliyot vaqtida kerakli amaliy ma’lumotlardan foydalanadim. Ishlab chiqarish amaliyot vaqtida bevosita tijorat banklarining jamoat hayotida ishtirok etdim va bank ichki tartibiga qat’iy amal qildim.
O’zbekiston bank tizimini izchil rivojlantirish respublika iqtisodiyotini erkinlashtirish jarayonidagi eng muhim masalalardan biri bo’lib, uning rivojlanishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratildi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda respublikada bank tizimi shakllanishi va rivojlanishi tarixiga doir masalalarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan yoritib berishda, uning mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratish va ayrim aniqliklarni kiritish lozim.Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev Oliy majlisga murojaatnomasida “Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. Biz aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirmasdan turib, “yashirin iqtisodiyot”dan to’liq xalos bo’la olmaymiz.
2022 yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida samarali va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash masalalariga asosiy e’tiborni qaratish zarur” diya ta’kidlab o’tgan edi muhtaram prezidentimiz Sh. Mirziyoyev. Mamlakatimizda zamonaviy bozor iqtisodiyotini barpo etish borasida misli ko’rilmagan o’zgarishlar amalga oshirilayotgan bo’lib, tadbirkorlik va xususiy mulkka asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar tizimining yaratilayotganligi buning yaqqol isboti bo’la oladi. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sektori dunyoning deyarli barcha mamlakatlari va mintaqalarida asosiy rivojlanish manbaiga aylangan.
Bank tizimida qo’llaniyotgan zamonaviy texnologiyalar ko’lamini kengaytirish iqtosdiy samaradorlikni amalga oshirishga va xarajatlarni qisqartirishga sabab bo’ladi. Shu asosda o’quv mashg’ulotlarida zamonaviy texnologiya va dasturlashga oid fanlar ko’lamini kengaytirish talabalarning bilim salohiyatini oshirishga va yetuk kadr bo’lishga sabab bo’ladi. Amalyot davomida shunga guvoh bo’ldimki bank mutaxasislaridan yuridik bilimlar ham ko’p talab etiladi. Shuni taklif sifatida aytmoqchimanki fan sifatida konstitutsion va protsessual qonunlarni o’rganish barcha talabalar uchun yuqori ahamiyat va naflilikga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. MirziyoevSh.M. OliyMajlisga murojaatnomasi. 2022 yil 21 yanvar.
2. N.S.Ernazarov, O.O.Xudoyorov “Banklarda buxgalteriya xisobi”. Toshkent 2018;
3. AbdullaevaSh.Z. Pul, kredit, banklar. – T.: “Moliya”, 2010. - 216b.
4. AbdullaevaSh.Z. Bank ishi. – T.: “Moliya”, 2019. - 49 b.
Internet saytlari:
1. http://www.inf.uz/
2. http://www.cbu.uz/
3. http://www.xb.uz/
Do'stlaringiz bilan baham: |