Davlatning pul-kredit siyosati
Davlatning pul-kredit siyosati
REJA:
1. Davlarning kredit-pul siyosati, uning maqsadi va asosiy yo’nalishlari.
2. Kredit-pul siyosatini amalga oshirishning iqtisodiy dastaklari va vositalari.
3. O’zbekistonning 2020-yildagi kredit-pul siyosati.
Monetar siyosatning 2021 yilga mo'ljallangan maqsad va vazifalari.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini liberallashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlari va mamlakartimizni Yevro Osiyo iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lishi hamda Umumjahon savdo tashkilotlari bilan olib borayotgan aloqalari bevosita amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatiga bog’liq. Hozir davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyo mamlakatlarining moliya-bank tizimiga, real sektor korxonalari faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Ushbu salbiy ta'sirning oqibatlariga barham bеrish byudjеt, fiskal va monеtar siyosatlarning mazmuniga, taktik maqsadlariga sеzilarli darajadagi o`zgarishlar kiritilishiga sabab bo`ldi. Ushbu jarayonda Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan faol pul-krеdit siyosatini shakllantirish muhim o`rin tutadi.
Pul-kredit siyosati bu hukumatning pul muomilasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yo’li va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini ta’minlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam saqlab turishga qaratilgan chora tadbirlaridir. Pul-kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi. Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi.
Pul-kredit nazorati sub’yektlariga “monetar hokimyat” deb ataluvchi quyidagi sub’yektlar kiradi:
MoliyaVazirligi
MarkaziyBank
Moliya vazirligi o’zining byudjeti va fiskal siyosati instrumentlari orqali pulga bo’lgan talab hamda pul taklifiga ta’sir o’tkazadi.
Markaziy Bank esa pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalangan holda pul-kredit siyosatiga kengroq ta’sir ko’rsatadi, chunki u bir vaqtning o’zida pul bozoriga bevosita pul taklifi bilan ham, shuningdek pulga bo’lgan talab bilan ham chiqa oladi. Umuman olib qaraganda Markaziy Bank foiz stavkalari, tovarlar, xizmatlar valyuta va qimmatli qog’ozlar narxlarida o’z aksini topuvchi pulning qiymatini boshqaradi.
Markaziy Bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |