Bank ishi” fanidan Ma’ruza matnlari 1-mavzu: Bank ishi fanining predmeti va vazifalari. Reja



Download 2 Mb.
bet118/168
Sana16.03.2022
Hajmi2 Mb.
#494142
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   168
Bog'liq
12.маъруза матнлари 070220091341

4. Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga) uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir.
Moliyaviy iste’mol krediti va tovar iste’mol krediti iste’mol kreditining shakllaridir.
Iste’mol krediti iste’mol krediti berish qoidalariga muvofiq iste’mol krediti shartnomasi (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) bo‘yicha to‘lovlilik, muddatlilik va ta’minlanganlik shartlari bilan beriladi.
Iste’mol krediti o‘z faoliyati natijasida olingan daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga (bundan buyon matnda daromadlar deb yuritiladi) ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga beriladi.
Iste’mol krediti berish qoidalari iste’mol krediti beruvchi tashkilot tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.
Iste’mol krediti berish qoidalari hamma tanishib chiqishi uchun ochiq bo‘lishi va ularda iste’mol krediti berish shartlari, shuningdek kredit miqdori, uni berish muddati, foiz stavkasi, iste’molchi to‘lashi lozim bo‘lgan to‘lovlar jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kreditga sotish sotuv kunida amalda bo‘lgan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining keyinchalik o‘zgarishi shartnoma taraflarining majburiyatlariga ta’sir etmaydi.
Moliyaviy iste’mol kreditidan foydalanilganda:

  • shartnoma iste’molchi tomonidan tovarni (xizmatni) sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin;

  • iste’molchi moliyaviy iste’mol krediti olish to‘g‘risida iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxonani yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotni oldindan yozma shaklda xabardor qilishi shart.

Moliyaviy iste’mol krediti berish O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxona yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotning bankdagi hisobvarag‘iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Moliyaviy iste’mol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Iste’molchi olingan iste’mol krediti summasini qaytarishni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashni muddatidan ilgari amalga oshirishga haqli. Bunday holda iste’molchi faqat iste’mol kreditidan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun foizlar to‘laydi.
Iste’molchi tomonidan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi:

  • bank yoki sug‘urta tashkilotining kafolati;

  • uchinchi shaxslarning kafilligi;

  • mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi, shu jumladan garov depoziti, banklarning omonat sertifikatlari;

  • qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta’minlanishi mumkin.

Iste’molchining daromadlari hajmi, shuningdek shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilishining iste’molchi tomonidan taqdim etilgan ta’minoti iste’mol krediti summasini qaytarish va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash uchun etarli bo‘lishi kerak.
Moliya iste’mol krediti berish shartnomasi va uning qarz oluvchi tomonidan bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit axboroti milliy institutining ma’lumotlar bazasiga kredit tarixini shakllantirish uchun joylashtiriladi va ulardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi.
Iste’molchi shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, kafolat beruvchi yoki kafil iste’mol kreditini qaytarish muddati tugagach, iste’mol krediti beruvchi tashkilotning birinchi talabiga binoan qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq iste’mol krediti summasini qaytarishi hamda mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashi shart.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olgan fermer xo‘jaliklariga g‘alla etishtirish uchun "O‘zdonmahsulot" tayyorlov korxonalari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomasi summasining 30 foizigacha miqdorida, ushbu kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olmagan fermer xo‘jaliklariga kontraktatsiya shartnomasi summasining 80 foizigacha miqdorida kredit berilishi mumkin.
Jamg‘arma kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olgan paxta xom ashyosi etishtiradigan fermer xo‘jaliklariga ushbu kredit kontraktatsiya shartnomasi summasining 20 foizgacha miqdorida, ushbu kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olmagan fermer xo‘jaliklariga beriladigan kredit miqdori kontraktatsiya shartnomasi summasining 70 foizigacha miqdorda beriladi.
Kreditlar belgilangan shartlar asosida kreditni qaytarishga qodir bo‘lgan qarz oluvchilarga shartnoma asosida 1,5 yilgacha (18 oy) bo‘lgan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz mijozning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i joylashgan manzil bo‘yicha beriladi.
Kreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

  • qishloq xo‘jaligi texnikasi, ehtiyot qismlar va uskunalarni xarid qilish;

  • yonilg‘i-moylash materiallarini xarid qilish;

  • mineral o‘g‘it, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari, veterinariya dori-darmonlari sotib olishga;

  • MTP, muqobil MTP, shirkat xo‘jaliklari, SFU (Suvdan foydanuvchilar uyushmasi), boshqa xo‘jalik sub’ektlari xizmatlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar;

  • g‘alla hosilini o‘rish va paxta xom ashyosi yig‘im-terimi xarajatlari uchun to‘lovlar;

  • bevosita g‘alla va paxta xom ashyosi ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar uchun.

Olinadigan kreditning qaytarish ta’minoti sifatida qarz oluvchi bankka o‘ziga uzoq muddatga ijaraga berilgan erdan joriy yilda olinadigan bo‘lg‘usi hosilni ta’minot sifatida taqdim etadi.
Bunda bank va fermer xo‘jaligi o‘rtasida bo‘lajak hosilni garovi shartnomasi imzolanadi. SHartnomada garovga qo‘yilgan hosilni "O‘zdonmahsulot" va "Paxtasanoat" tayyorlov korxonalariga va boshqa xo‘jalik sub’ektlariga sotishdan tushgan barcha pul mablag‘lari birinchi navbatda ushbu kreditlar va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashga yo‘naltirilishi to‘g‘risidagi shartlar belgilab qo‘yiladi.
SHuningdek, garov shartnomasiga fermer xo‘jaligi tomonidan bo‘lg‘usi hosilni kredit bergan bank-benefitsiar foydasiga ixtiyoriy sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisini ilova etishi shart.
Tijorat banklari qarz oluvchilarga kredit berishni shartnoma asosida, garovga er uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga taqdim etgan holda, amalga oshiradi.
Bunda er uchastkasini ijaraga berish muddati kredit shartnomasida belgilangan, ta’minlanishi uchun u garovga qo‘yilayotgan kreditni qaytarish muddatidan kamida besh yilga ko‘p bo‘lishi kerak.
Kredit berish muddatlari kreditlanayotgan tadbirning qoplanish muddatlariga bog‘liq bo‘ladi, xususan:

  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga doir aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kredit odatda 2 yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi;

  • fermer xo‘jaliklariga investitsiya loyihalarini moliyalash uchun kreditlar muddatni kechiktirish huquqisiz 5 yilgacha bo‘lgan muddatga berilishi mumkin.

Qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan bog‘lanmagan fermer xo‘jaliklarining aylanma mablag‘larini to‘ldirishga doir boshqa kreditlar bo‘yicha, ularning kreditlardan foydalanishi eng ko‘p muddati, uzaytirishni hisobga olganda, 12 oydan ortiq qilmasdan belgilanadi.
Beriladigan kreditning summasi er uchastkasini ijaraga olish huquqi qiymatining 80 foizidan oshishi mumkin emas.
So‘ralayotgan kredit summasining qaytarilishini ta’minlash sifatida er uchastkasini ijaraga olish huquqining qiymati etarli bo‘lmagan taqdirda qarz oluvchi er uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yishga qo‘shimcha tarzda ta’minotning boshqa shakllarini taqdim etishga haqlidir. Kredit qaytarilishining qo‘shimcha ta’minoti sifatida mol-mulk va qimmatli qog‘ozlarning garovi, olingan kreditning qaytarilmaslik xatarini sug‘urtalash, uchinchi shaxslarning kafilligi, shuningdek ta’minotning boshqa turlari taqdim etilishi mumkin.
Kreditlar alohida ssuda hisobvarag‘ini ochish va tovar-moddiy boyliklar uchun qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalarini ana shu hisobvaraqdan naqd pulsiz tarzda to‘lash yo‘li bilan beriladi.
Naqd pulni ssuda hisobvarag‘idan berish faqat o‘z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etgan holda amalga oshiruvchi fermer xo‘jaliklari, kichik biznesning boshqa sub’ektlarini tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valyutalarda mikrokreditlash tartibi (ro‘yxat raqami 903, 2000 yil 29 fevral) belgilab bergan maqsadlarga va tartib hamda miqdorlarda amalga oshiriladi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish