2. Bank kontokorrent kreditni moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subektlarga beradi. Bunday hisobvaraq kredit shartnomasiga muvofiq ochiladi va mijozning bank barcha turdagi operatsiyalarni bajaradigan yagona hisobvarag‘i bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur hisobvaraq aktiv-passiv hisoblanadi, ya’ni unda aktiv qoldiq ham, passiv qoldik ham bulishi mumkin.
Kontokorrent hisobvaraq ochilayotganda qarz oluvchining hisob-kitob hisobvarag‘ yopiladi.
Qarz oluvchi kontokorrent hisobvaraq bo‘yicha kreditdan belgilangan kreditlash limiti doirasida foydalaniladi. Kreditlash limiti summasiga bankning kafolat majburiyatnomasi rasmiylashtiriladi.
Qarz oluvchidan tushgan barcha mablag‘lar kontokorrent hisobvarag‘iga kiritiladi. Agar kiritilgan summa (tushum) qarz summasidan oshsa (shu hisobvaraqdagi debet qoldig‘i), hisobvraq bo‘yicha qoldiq kredit qoldig‘i bo‘ladi. Bunda kontokorrent hisobvarag‘i oldiga qo‘yiladigan maqsad o‘zgarmaydi.
Kontokorrent hisobvrag‘idan kredit asosiy faoliyat bilan bog‘liq tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar pul hisob-kitob hujjatlari haqini to‘lash yo‘li bilan beriladi.
Boshqa turdagi to‘lovlar (kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar, ish haqi, byudjetga to‘lovlar va boshqa to‘lovlar) kontokorrent hisobvarag‘idagi kredit qoldig‘i doirasida beriladi.
Kreditni qaytarish tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan olingan tushumni kontokorrent hisobvarag‘i kreditiga kiritsh tartibida amalga oshiriladi.
Foizlar shartnomada aytilgan muddatlarda debet va kredit qoldig‘i bo‘yicha alohida yoziladi:
debet qoldig‘i bo‘yicha mijoz bankka kredit shartnomasida ko‘rsatilgan foiz stavkasiga muvofiq foiz to‘laydi;
kredit qoldig‘i bo‘yicha bank mijozga hisob-kitob xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomaga muvofiq foizlar to‘laydi;
Kontokorrent hisobvaraq amal qiladigan muddat 12 oydan oshmasligi kerak. Qarz oluvchi 12 oy o‘tgach, kredit qoldig‘in ta’minlashi kerak. Agar kreditlash muddati tugagan vaqtda debet qoldig‘i mavjud bo‘lsa, u to‘liq so‘ndirilguncha kredit hisobidan pul berilmay turiladi.
Kredit shartnomasi shartlari bajarilsa, qarz oluvchining moliyaviy ahvoli barqaror bo‘lsa, kontokorrent hisobvaraq bo‘yicha kredit uning yozma iltimosnomasi asosida, ilgari berilgan limit doirasida tiklanishi mumkin.
Har oyda kontokorrent hisobvarag‘i bo‘yicha qoldiq tahlil qilinadi. Bunda mablag‘lar hisobvaraq bo‘yicha harakatlanishi ko‘rib chiqilishi, oy davomidagi debet va kredit aylanmalari hisobga olinishi zarur. Kredit aylanmalari ko‘p bo‘lgan hollarda, shuningdek qarz oluvchining xo‘jalik-moliyaviy faoliyat natijalari asosida kredit xodimi xulosa chiqaradi. SHu xulosaga asosan kontokorrent hisobvarag‘idan bundan buyon ham foydalanish maqsadga qanchalik muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin.
Qarz oluvchi moliyaviy ko‘rsatkichlarni buzgan, uning to‘lov qobiliyati yomonlashgan va yaxshilanishi ehtimolidan uzoq bo‘lgan hollarda, kredit qo‘mitasi qarz oluvchini kontokorrent hisobvarag‘i bo‘yicha kreditlashni to‘xtatish va ilgari berilgan kreditlarni ko‘zda tutilgan tartibda undirib olish masalasini ko‘rib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |