Bank ishi” fanidan Ma’ruza matnlari 1-mavzu: Bank ishi fanining predmeti va vazifalari. Reja



Download 2 Mb.
bet113/168
Sana16.03.2022
Hajmi2 Mb.
#494142
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   168
Bog'liq
12.маъруза матнлари 070220091341

Yillik foiz stavkasi usuli - kredit bo‘yicha yig‘ilgan to‘lovlarni kredit summasiga bo‘lgan nisbatini ko‘rsatadi, ya’ni daromadlilik stavkasini ifodalaydi. Bu usul kreditning qanchalik tez qaytarilayotganligi va qarzdor kreditlash muddati davomida haqiqatda qancha summa ishlatayotganligini ko‘zda tutadi.
Oddiy foizlar usuli ham xaqiqatda ishlatgan kreditni ko‘zda tutadi. Agar qarzdor kredit qaytarishni asta oshirsa, oddiy foizlar usuli qarzdorlik qoldig‘i pasayishini va tegishli to‘lanadigan foiz stavkalarini aniqlab beradi. Bu usulni qo‘llashda qarzdor kredit qaytarilishi muddati yaqinlashgan sayin foiz to‘lovlarida xarajatlarni tejashga erishadi.
Diskont stavka usuli. Kreditlarning asosiy qismi kreditlash muddati davomida qisman foiz va qisman asosiy qarzni to‘lashni ko‘zda tutadi, biroq diskontlash usuli foizlarning avans to‘lovini ko‘zda tutadi. Bu holatda qarz oluvchi kelishilgan kredit summasini foizlarni chegirishdan so‘ng oladi. Muddat tugashi bilan kelishilgan asosiy qarz summasini qaytarishi lozim.
Foiz oshirish usulida kredit qaytarish badallarini qarzdorga e’lon qilinguncha qadar foiz to‘lovlari asosiy qarz summasiga qo‘shib borilishi nazarda tutiladi. Agar kredit va foizlar muddat oxirida bir vaqtda qaytarilgan holatdagina foiz oshirish stavkasi oddiy foiz stavkasiga teng bo‘ladi. Har qanday boshqa holatda qarzdor shartnomada ko‘rsatilgan stavkada emas, balki kredit bo‘yicha yuqori bo‘lgan real stavkani to‘laydi.
Foiz stavkalarini hisoblashning boshqa usullari ham mavjud.
Kredit bo‘yicha foiz stavkasi tebranib turadi.
1. Ba’zi bir boshqa proektlarning samaradorligi bundan baland yoi past bo‘lishi mumkin.
2. Ba’zi bir korxonalar o‘z ishlab chiqarishini faqatgina kredit mablag‘lar hisobiga tashkil qilmay, balki o‘z mablag‘lariga ham tayanadi. SHunda o‘z mablag‘lari oborotidan kelib tushgan foyda hisobidan bank krediti foizini to‘lashga tayyor, shu sababli, yuqoridagi 5 % oshishi mumkin.
3. Bozor iqtisodiyoti rivojlanmagan davlatlar iqtisodiyotining xalq xo‘jaligi juda notekis rivojlangan bo‘ladi. SHu sababli, turli sohalarning samarodorligi turlicha bo‘ladi. Oqibatda kimdir kredit uchun 100 % qo‘shimcha to‘lab berishga tayyor bo‘lsa, kimdir uchun yuqoridagi 5 % ham og‘irlik qiladi. Demak, kredit foiz (qarz oluvchi istayotgan foiz stavkasi) quyidagicha aniqlanadi.
r = e – t – b
e – kredit hisobidan amalga oshirilayotgan faoliyat samaradorligi
t – samaradorlik hisobidan to‘lanadigan soliqlar
b – samaradorlik hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy harajatlar.
Bizning misolimizda r = 15 – 0,32 * 15 – 0,35 * 15 = 5 %
Kreditor ham xuddi shu yo‘l orqali o‘zi istagan foiz bilan kredit resurslarini taklif etadi. Faraz qilaylik, r = 8 %, Ammo bu foiz qarz oluvchining ahvoli, kredit muddati, risk darajasi kabi faktorlarning ta’siri natijasida o‘zgarishi mumkin. Bundan tashqari qarz beruvchi kredit resurslarini kredit bozoridan o‘zi ham olishi mumkin. Masalan, jamg‘arma banklardan, tijorat banki jamg‘arma bankiga 4,5 %= r daromad to‘lab berishga tayyor. Jamg‘arma banki o‘z nabatida r dan kelib chiqqan holda omonat va depozitlar bo‘yicha foiz stavkasini r= 4 % belgilaydi.
Davlat ham r dan kelib chiqib o‘z obligatsiyalariga foiz stavkasini belgilaydi. Agarda foiz stavkasini r dan tushirib yuborsa, aholi davlat obligatsiyalarini sotib olmaydi. Oshirish esa davlat uchun ortiqcha harajatdir, chunki r = r bo‘lganda aholi asosan r ni harid qiladi. Sababi davlat obligatsiyalari jamg‘arma banklardagi depozitlarga nisbatan ishonchliroqdir.
Hissadorlik jamiyatlari ham o‘z aksiyalari bo‘yicha foiz stavkasini r > r kabi belgilaydi, chunki korxona aksiyalari davlat obligatsiyalariga nisbatan riskliroqdir.
Markaziy bank o‘z navbatida remoliyalashtirish stavkasini belgilashda r dan kelib chiqqan holda belgilaydi. Sababi Markaziy bank r va r orqali mamlakat ssuda kapitali bozoridagi ahvolni nazorat qiladi. Agar davlat investitsion aktivlikni kuchaytirmoqchi bo‘lsa r tushadi va aksincha aktivlikni kamaytirmoqchi bo‘lsa r oshiradi.
Bu orqali davlat kapital bozoridagi ssuda resurslarining taklifini boshqaradi, oqibatda esa kredit foiz stavkalari ham mos ravishda o‘zgarib boradi.
Ba’zi bir aksiyalarni divedend olish maqsadida sotib oladilar, ba’zilar esa bu aksiyalar narxining o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladigan spekulyativ foyda, ya’ni marja uchun xarid qiladilar. Aksiyani sotib olmoqchi bo‘lgan kishi aksiyaning narxini u bo‘yicha kutilayotgan yoki amaldagi divedend orqali hamda bu kishi uchun foyda normasining qoniqtirish darajasiga asoslangan holda belgilaydi. YA’ni :
Pa= d / i
bunda d - divedend
i - foyda normasining qoniqtirish darajasi
Aksiya bo‘yicha foyda normasining qoniqtirish darajasi esa bir qancha ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi. Masalan, depozit va omonatlar bo‘yicha foiz stavkasiga qarab r dan yuqori bo‘lgan aksiya bo‘yicha foiz bu aksiya egasi uchun, risk qilgani uchun mukofotdir.
i = r + a
bunda a - risk uchun mukofot. Demak.
Ra = d / r + a
Misol uchun, agarda divedend $ 3 bo‘lsa, omonotlar bo‘yicha foiz stavkasi 4 % bo‘lsa, risk uchun mukofot - 6 % bo‘lsa, u holda xaridor uchun aksiyaning xaqiqiy bahosi kelib chiqadi. 3 / ( 0,04 0,06 ) = 30 dollars. Xuddi shu yo‘l bilan foiz stavklar bilan davlat obligatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rib chiqishimiz mumkin. CHunki r = r
YAna muhim bog‘liqlardan biri bu - kapital qo‘yilmalar samaradorligi bilan foiz stavkalari orasidagi bog‘liqlikdir. Aksiya sotib olayotgan kishi quyidagicha o‘ylashi mumkin: “Aksiya sotib olmasdan, pulimni kichik kafe ochishga yoki bo‘lmasa bir-ikki kishini to‘plab, bo‘sh turgan pullarga zavod sotib olishga ham sarflashim mumkin-ku”. o‘shanda kapital qo‘yilmalarning samaradorligi miqdorida foyda olishim mumkin. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, kapital qo‘yilmalar bo‘yicha foyda normasining qiziqtirish darajasi uning bozordagi foyda normasidan past bo‘ladi. CHunki kapital qo‘yilmalar bo‘yicha boshqaruv, tashkiliy va sotish kabi harajatlar mavjud. Aksiya egasi esa bunday tashvishlardan ozoddir. SHu sababli, aksiya egasi ortiqcha tashvishlarsiz daromad ko‘rishni tanlaydi, demak
Ra = d / e - l
bunda e - kapital qo‘yilmalarning samaradorligi
l - Biznesda ishtirok etmaganlik chegirmasi
misol uchun, e 15 % , l 5 % bo‘lsa, aksiya sotib olmoqchi bo‘lgan kishi uchun aksiyaning bahosi aniqlanadi.
Ra = 3 / 0,15 - 0,05 = $ 30
Aksiyani qayta sotishdan daromad ko‘rmoqchi bo‘lgan kishi uchun aksiyaning kechagi narxi bilan qiziqadi. Agarda bu narx oshishi mumkin bo‘lsa, u aksiyalarni kechagi narxda sotib olishga harakat qiladi. YUqoridagilarni umumlashtirib, biz quyidagi tenglikk to‘g‘ri kelamiz.
Ra= d / i *  + P * 
bunda, i - aksiyadan keladigan foyda normasi
R - aksiyalarning kechagi narxi

  1. - dividend hisobida daromad ko‘rmokchi bo‘lganlar salmog‘i

  2. - narxlar orasidagi farq hisobida daromad ko‘rmoqchi bo‘lgan shaxslar salmog‘i

Misol uchun, R - 28 $, d - 3 $, i - 10 %,  - 60 % bo‘lsa, u holda aksiya sotib oluvchi uchun aksiyaning narxi birinchi ko‘rinishda quyidagicha bo‘ladi.
Ra = 3 / 0,1 * 0,6 + 28 * 0,4 = 29,2 $
Demak, umumiy qilib aytganimizda, ssuda kapitallarining bahosi va ularga to‘lanadigan foiz stavkalari bozorda, raqobat muhitida vujudga keladi. Bunda ssuda kapitali auksioni boshlanadi. Bu auksionda kredit resurslari erkin, ochiq tarzda sotiladi. Ammo bu auksion bo‘lganligi sababli bu resurslarga narx sun’iy tarzda oshib ketishi mumkin. Ammo bu iqtisodiyoti uncha rivoj topmagan davlatlar uchun kredit resurslarining real bahosini aniqlashda eng oqilona yo‘ldir. YAna kredit resurslarining real bahosini aniqlashda inflyasiya ham e’tiborga olinadi. Bunda nominal va real foiz stavkalari vujudga keladi. Unga ko‘ra

Real inflyasiya

=

nominal foiz stavka

-

inflyasiya
darajasi

Bulardan tashqari, qat’iy belgilangan (fiksirlangan) va so‘zib yuruvchi foiz stavkalari ham bordir.
Fiksirlangan foiz stavkasi - bu kredit shartnomasi bajarilgunga qadar o‘zgarmasdan qoluvchi foiz stavkasidir. Bu stavka tijorat banki uchun noqulaydir, ya’ni bunda bank o‘z aktivlarining ma’lum qismini yo‘qotishi mumkin. Masalan, bank 30 % stavkada bir yillik kredit berdi. Uch oydan ssuda kapitali bozorida bir yillik kapitallarning foiz stavkasi 35% ga ko‘tarilsa, bu bank uchun zarardir. So‘zib yuruvchi foiz stavkasi bu ssuda kapitalidagi talab va taklifga nisbatan o‘zgarib boradigan foiz stavkasidir. So‘zib yuruvchi foiz stavkasi bank uchun zarar emas. Misol uchun. Valyutadagi kreditlarni ko‘rib chiqamiz. Agar Libor - 6 % bo‘lsa, bank spredi 1 % bo‘ladi, demak kredit narxi 7%, agarda Libor 5 % ga tushsa ham bank spredi 1 % ligicha qoladi, ammo kredit narxi tushib 6 % ni tashkil qiladi.
Kredit bahosi va unga ta’sir etuvchi omillar.

Kreditlarning foiz stavkasiga ta’sir etuvchi omillariga to‘xtalib o‘tishni maqsadga muvofiq deb o‘ylayman. Ulardan asosiylari quyidagilar:


1. Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya’ni bozorda qanday miqdorda qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda qarzga beriladigan pul chiqarilgan. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa, u kamayadi.
2. Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi, aniqrog‘i shu pulning iste’mol qiymati. Qarz puli tadbirkor uchun ko‘p foyda keltirsa yoki iste’molchi ehtiyojini to‘laroq qondirsa, foiz yuqori bo‘ladi, aks holda u pasayib ketadi.
3. Qarzni to‘lash muddati va sharti. Agar qarz o‘zoq muddatga berilib, uni sekin – asta kichik – kichik qismlarga bo‘lib, bemalol qaytarish mumkin bo‘lsa, qarzdor yuqori foizga rozi bo‘lishi mumkin. Agar qarz qiska vaqtga berilsa, uni bir yo‘la to‘lash shart bo‘lsa, qarzdor pay foizni ma’qul ko‘radi. Demak, qarz qanchalik o‘zoq muddatga berilsa, shunchalik uni ishlatib daromad ko‘rish mumkin va shu hisobdan foiz to‘lash engil bo‘ladi.
4. Qarzning qanday valyutada berilishi. Agar qarz erkin konvertirlangan valyutada berilsa, foiz yuqori belgilanadi, agar u milliy valyutada berilsa, foiz nisbatan past o‘rnatiladi.
5. Inflyasiya darajasi. Inflyasiya yuz bersa, qarzga berilgan pul egasiga qaytib kelgunicha o‘z qadrini qisman yo‘qotadi. Bunda pul egasi yutkazadi.
SHu sababli, yuqorida ta’kidlanganidek, foiz inflyasiyani hisobga olib o‘rnatiladi.
6. Pulni qarz berishdan ko‘ra boshqa yo‘l bilan ishlatishdan tushadigan daromad. Bunda pul egasining afzal ko‘rish prinsipi amal qiladi. Agar aksiya dividendi yuqori bo‘lsa, foiz pasayadi va aksincha, agar aksiya dividendi past bo‘lsa, foiz undan yuqori bo‘lishi shart. Aks holda pul egasi uni qarzga bermay, aksiya sotib olishni afzal ko‘radi.
7. Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa, foiz past, agar bu xatarli bo‘lib, qarz qaytishi shubhali bo‘lsa, foiz yuqori bo‘ladi. YUqori va past foiz o‘rtasidagi farq pul egalari uchun ma’lum darajada qarz xatarini kamaytiradi, chunki bir erda foizning kamligi, boshqa erda uning ortiq bo‘lishi bilan qoplanadi.

Marja va uning hisoblanishi.

Bank kreditidan foydalanilgan vaqt uchun haq to‘lash kredit narxini tashkil etadi, u hisobot oyi boshlangunga qadar bank bo‘yicha yuzaga keladigan o‘rtacha foiz stavkasi va marjani o‘z ichiga oladi.


Bank oladigan va to‘laydigan foiz o‘rtasidagi farq marja deb yuritiladi. YA’ni foizli marja – bank aktivlaridan daromad keltiruvchi foizli daromad va bank majburiyatlari bo‘yicha foizli harajat o‘rtasidagi farqdir. Foizli marjani foizlar bo‘yicha keladigan sof daromad ham deb atashadi. U quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Df – Rf
M fakt = * 100 %
Ad
M fakt – faktli foizli marjaning hajmi
Df – foizli daromad
Rf – foizli to‘lovlari bo‘yicha harajatlar
Ad – foiz ko‘rinishida daromad keltiradigan aktivlar.

Kredit narxi Markaziy bankning “qayta moliyalash” stavkalarining me’yorlari bilan tartibga solinadi, hamda mahsulot va xizmat tannarxi darajasini hisobga olgan holda belgilanadigan chegara ko‘rsatkichlaridan oshmasligi lozim. Amalda qayta moliyalash stavkasi “o‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddasiga muvofiq Markaziy bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.


I. Demak, joriy davridagi qayta moliyalashtirish foiz stavkasi orqali Markaziy bank tijorat banklarining ortiqcha kredit narxini belgilaydi, ya’ni:
1) qayta moliyalashtirish foiz stavkasi – 2,0 %
2) kredit narxi 2,0 % * 1,5 % = 3,0 % ( 1 oyga )
II. Tijorat banklariga o‘z muddatida qaytarilmagan kreditning
narxi quyidagicha belgilanadi:
1) qaytarish muddati o‘tgan 1 kundan 1 oygacha bo‘lgan kreditlar uchun belgilangan kredit narxi 1,3 marta oshiriladi. Masalan:
a) muddatli kreditning narxi – 3 %
b) 1 kundan 30 kungacha muddati o‘tgan kredit uchun:
3,0 % * 1,3 % = 3,9 % ;
2) qaytarish muddati o‘tgan 31 kundan 90 kungacha bo‘lgan kreditlar uchun o‘rnatilgan kredit narxi 1,5 marta oshiriladi, ya’ni 3,0 * 1,5 = 4,5 %
2) agarda muddati o‘tgan kreditlar 90 kun ichida qaytarilmasa, foiz hisoblanishi to‘xtatiladi.



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish