Debet 13105 Xususiy korxonalarga berilgan muddati
o‘tgan qisqa muddatli ssudalar .
Kredit 13101 Xususiy korxonalarga berilgan qisqa
muddatli ssudalar.
O‘aytarish muddati kelganda to‘lanmagan va shundan so‘ng 90 kun o‘tgandan so‘ng qaytib kelmagan ssudalar 13109 “Xususiy korxona va nodavlat korporatsiyalarga berilgan qisqa muddatli shartlari qayta ko‘rib chiqiladigan ssudalar” balans hisob varag‘iga o‘tkaziladi.
Korxona hisobvarag‘iga pul kelib tushgandan so‘ng ssudani qaytarish bo‘yicha buxgalteriya provodkalari bajariladi.
SHunday qilib, kredit berilganda:
Debet -13 101
Kredit- 10301
Kredit qaytarilayotganda,
Debet-20208
Kredit-13101
tariqasida bank provodkasi amalga oshiriladi
Kredit shartnomasi bajarilishi ustidan nazorat va ko‘riladigan choralar. Kreditlash jarayonini tashkil qilish va unda kredit risklarini boshqarish. Kredit monitoringgi va uning ahamiyati
Tijorat banki o‘zi xizmat ko‘rsatayotgan mijozlar faoliyati to‘g‘risida doimiy axborotga ega bo‘lishi, uning kredit qobiliyatini, to‘lov intizomi ahvolini tahlil qilib borishi, ya’ni «ma’lumotlar banki»ni barpo etishi lozim. Kreditlash jarayonida kredit shartnomasi shartlarini bajarishga qarz oluvchi olingan kreditdan samarali foydalanishiga, uni o‘z vaqtida va to‘liq qaytarishiga, kreditdan foydalaniladigan butun davr mobaynida qarz oluvchi bilan yaqin aloqa saqlab turishga qaratilishi lozim. SHu maqsadda mijozning xo‘jalik moliyaviy holati, uning tuzilgan shartnomalarga nomuvofiq mahsulot etkazib berishi borasidagi o‘z majburiyatlarini, ishlab chiqarish hajmlarini qanday bajarayotgani, yo‘l qo‘yayotgan behuda xarajatlar va yo‘qotishlar, muomala chiqimlari, olayotgan foydasi, o‘z aylanma mablag‘lari ko‘payishi dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zahiralari, hamda aylanma mablag‘lari aylanishini ahvoli tahlil qilib turiladi.
Bank har chorakda mijozning kredit qobiliyatini hisoblab chiqib qarz oluvchi bo‘yicha tutilgan maxsus yig‘ma - jildda bu ma’lumotlarni to‘plab boradi.
Joyning o‘zida buxgalteriya hisobi va hisobot ishlarining ahvoli, balans ma’lumotlarining to‘g‘riligi va debitorlik-kreditorlik qarzlarining holati, shuningdek, bankka berilgan garov holati tekshirib turiladi. Qarz oluvchining moliyaviy ahvoli yomonlashgan, u bank nazoratidan bo‘yin tovlagan, hisobot ma’lumotlari noto‘g‘ri olib borilgan, buxgalteriya hisobi o‘z holiga tashlab qo‘yilgani hollari aniqlanganda «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, bank bundan buyon kredit berishni to‘xtatishga, hamda ilgari berilgan kreditlarni ta’minot sifatida qabul qilingan va kredit shartnomasi shartlarida ko‘zda tutilgan majburiyatlar orqali qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hisobidan muddatidan oldin undirib olishga haqli.
Garov to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha, bank garovga qo‘yilgan mulkni mustaqil ravishda sotishi mumkin. Garov predmeti auksion orqali sotiladi. Ayni paytda qarz oluvchi bankka garovga qo‘yilgan mulk oldindan ma’lum past narxlarda sotilishi uchun javobgarlik to‘g‘risida talab qo‘yishga haqli. Agar auksion bo‘lib o‘tmagani e’lon qilinsa, bank garovga qo‘yilgan mulkni dastlabki narxda o‘z ixtiyorida qoldirishga haqli. Bunda, bank qonunga muvofiq uning talablari oldida ustunlikka ega bo‘ladigan davolarni qoldirishga majbur.
Bunday hollarda bank majburiyati shu mulkning auksion uchun dastlab belgilangan narxi summasidan oshmasligi zarur.
Garov predmetini sotishdan oldin summa kreditini qoplash uchun etarli bulmagan hollarda, bank, agar shartnomada boshqa shart ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, etishmayotgan summani qarzdorning boshqa mulki hisobidan qonunda ko‘zda tutilgan navbatdagi tartibda olish huquqiga ega.
Garov predmetini sotishdan tushgan summa qaytarilmagan kredit hajmidan ortiq bo‘lsa, bank o‘rtadagi bu tafovutni bir oy ichida qarz oluvchiga to‘lashi shart.
Agar qarz oluvchi to‘lov muddati kelgandan so‘ng 90 kun ichida kredit shartnomasiga muvofiq qarzni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni bajarmasa bank «Bankrotlik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining O‘onuniga muvofiq, to‘lovga layoqatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘ash uchun xo‘jalik sudiga murojaat qilish kerak.
Tijorat banklari amaldagi Nizomga muvofiq kredit portfeli sifatini muntazam ravishda tahlil qilib borishlari, har bir kredit bilan bog‘liq risk darajasini tasniflashlari hamda uni quyidagi 5 ta tasnif razryadidan biriga kiritishlari lozim:
a) yaxshi
b) standart
v) substandart
g) shubhali
d) umidsiz
Tijorat banki qarz bo‘yicha ehtimol tutilgan yo‘qotishlar uchun rezerv barpo etishi shart. Bu rezervga mablag‘lar amaldagi tartibga muvofiq kiritiladi. Qarzlar bo‘yicha ehtimol tutilgan yo‘qotishlar uchun rezerv xo‘jalik organlarga berilgan kreditlar tahlili hamda bank faoliyatining risk darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni belgilash asosida tashkil qilinadi. Rezerv hajmi amaldagi qarzdorlik risk hujjati yoki guruhiga bog‘liq bo‘ladi. Tijorat banklari rezerv hajmini hisobot oyining har birinchi kuni uchun amaldagi tartibga asosan hisoblab chiqadilar. Berilgan qarzlar kiritilgan «risk guruhi» yomonlashgan taqdirda qarzlar bo‘yicha ehtimol tutilgan yo‘qotishlar uchun rezervga ajratmalar har oyda o‘tkazib boriladi. Bank oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan qarz oluvchiga nisbatan bank kredit shartnomasi shartlariga ko‘ra quyidagi huquqlarga ega:
- agar u kelishilgan muddatlarda bank tavsiyalarini bajarmasa, kreditlash to‘xtatilib, uni qaytarib olish to‘g‘risida ogohlantirilgan da’vo xati yuborish;
- kreditdan foydalanganlik uchun foizlar o‘z vaqtida to‘lanmagan, shuningdek kredit shartnomasida belgilangan muddatda qaytarilishi extimoldan uzoq bo‘lgan hollarda, qarz oluvchiga bankrotlik to‘g‘risidagi qonunda ko‘zda tutilgan jazo choralari qo‘llanishi haqida ogohlantirish berilgan da’vo xati yuborilib, kredit bo‘yicha qarz qoldig‘ini muddatdan oldin undirib olish;
- qarz oluvchi hisob yuritish va buxgalteriya hisobi qoidalarini buzganligi aniqlansa, kreditlashni to‘xtatish va bu haqda soliq inspeksiyasiga xabar berish, shuningdek, undan hisob va hisobot qoidalari buzilish sabablari to‘g‘risida izoh berilishi, ularni tugatish yuzasidan qanday choralar ko‘rilayotgani bildirilishini talab qilish.
Kreditni o‘z vaqtida qaytarish borasidagi majburiyatlarni bajarayotgan qarz oluvchi o‘zining to‘lovga layoqatsizligi to‘g‘risida matbuotda e’lon berishi, bank esa bu haqda soliq inspeksiyasiga xabar qilishi kerak. Bank xo‘jalik sudiga murojat qilib, bundan buyon qarz oluvchi bankrot deb tanilishini so‘rashga haqlidir.
Qarz oluvchi to‘lovga layoqatsiz yoki bankrot deb e’lon qilinganda unga yangi qarzlar berish to‘xtatiladi, ilgari berilgan kreditlar esa muddatidan oldin undirib olinadi. To‘lovlar navbati «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi. Qarz oluvchi bankrot deb e’lon qilingan vaqtdan boshlab uni quyidagilar bilan bog‘liq operatsiyalari to‘xtatiladi:
- mulkni begonalashtirish va berish;
- majburiyatlarni qoplash;
- hisob-kitobdagi harajatlar;
- dividendlar, soliqlar, to‘lovlar to‘lash.
To‘lovga layoqatsiz qarz oluvchining barcha qarz majburiyatlari tugagan hisoblanadi va unga yangi talablar bildirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday qarz oluvchining barcha turdagi qarzlariga penya va foizlar qo‘yish to‘xtatiladi. Uning mulkini sotib, pul undirish borasidagi barcha cheklashlar bekor qilinadi. Mulkiy yoki moliyaviy tusdagi hamma talablar faqat tugatish jarayoni doirasida hal qilinadi. Bunda bank talablari ikkinchi navbatda qanoatlantiriladi.
Mulk etarli bulmagani tufayli qondirilmagan qarz majburiyatlari qanoatlantirilgan hisoblanadi va belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi. Kreditdan ko‘zlanmagan maqsadlarda foydalanganlik uchun qarz oluvchi bankka kredit shartnomasida belgilangan hajmda jarima to‘laydi.
Bank esa o‘z navbatida tuzilgan shartnomaga muvofiq qarz oluvchini kredit resurslari bilan ta’minlashi shart.
Bank o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda qarz oluvchiga shartnomada ko‘zda tutilgan miqdorda jarima to‘laydi.
Kredit monitoringi va uni amalga oshirilishi.
Nazoratdan farqli kredit monitoringi kreditlar holatini doimiy kuzatib borishini ko‘zda tutadi.
Umuman, kreditlash operatsiyalari tijorat banklarining o‘z kredit siyosatlari asosida, Markaziy bankning kredit siyosatiga quyilgan talablaridan kelib chiqqan holda olib boriladi. Kredit monitoringi kredit siyosatining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib mijozlarga berilgan kreditlarning qaytarilishini, qolaversa, banklarning asosiy daromad manbalaridan biri hamda eng riskli operatsiyasi bo‘lgan kreditlash bankning raqobatbardoshliligini, rentabelligini qisqacha ifodalaganda, bankning kelajagini ta’minlaydi.
Kredit monitoringi berilgan kreditlarni qaytarilishi va uni ta’minlash borasida qabul qilinadigan ishlovlar va chora-tadbirlar tizimidir. Kreditlar kredit qo‘mitasining qarori asosida, belgilangan me’yoriy shartlar asosida, alohida ssuda hisobraqamini ochish va ushbu hisobraqamdan qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomasi asosida moddiy tovar boyliklar uchun nakd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan qarz beriladi. Tijorat banklari tomonidan kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoring amalga oshiriladi va u qarz oluvchi tomonidan uning loyihasi va kredit shartnomasi shartlarining amalga oshirilishiga har tomonlama ko‘maklashishiga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Monitoring jarayonida kredit olgan mijozning xo‘jalik moliyaviy faoliyati, uning tuzilgan shartnomalarga muvofiq mahsulot etkazib berish majburiyatlarini bajarishi, ishlab chiqarish hajmlari, noishlab chiqarish harajatlari va yo‘qotishlar, muomala chiqimlari, foyda va daromad mutanosibligi, o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligining dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zahiralari ahvoli, aylanma mablag‘larning aylanishi tahlil qilinadi. Bank qarz oluvchining kreditga layoqatliligi bo‘yicha doimiy monitoringni amalga oshiradi va uning ko‘rsatkichlarini qarzdorning kredit paketiga tikib boradi.
Bulardan tashqari bankka taqdim etilgan garovning holati va kreditdan samarali hamda maqsadli foydalanishi kredit shartnomasida kelishilgan shartlarga muvofiq garov ob’ekti faoliyat joyining o‘zida o‘rganiladi.
O‘urilishni moliyalashtirish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha bank monitoring jarayonida kreditlangan ob’ektda kredit shartnomasida qayd etilgan muddatlar va shartlar asosida bajarilgan ishlar hajmining nazorat o‘lchovini amalga oshiradi.
Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanganlik holati aniqlanganda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda, kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisob raqamidan muddatdan oldin undirib olish huquqiga ega. Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, bank Fuqarolik kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq mustaqil ravishda sudga murojaat etmasdan, garov predmetini tasarruf qilish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000 yil 22 fevralda tasdiqlangan, 432-sonli «O‘zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan kredit monitoringi faoliyatida qo‘llaniladigan hujjatlar keltirilgan. Unga ko‘ra, tijorat banklari har bir berilayotgan yoki olinayotgan kreditlar bo‘yicha kredit paketiga quyidagi hujjatlarni ilova qilish lozim:
qarzdorning moliyaviy ahvoli va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishi imkoniyatlarini tekshirish maqsadida tegishli shartnomalar tuzilganidan so‘ng bank va qarzdor o‘rtasida yuz bergan muammolarni aks ettiruvchi yozishmalar va hujjatlar;
kredit ta’minoti sifatida berilgan mulkni tekshirish hujjatlari;
qarzdor kafilining moliyaviy ahvolini aks ettirgan barcha hujjatlar;
kreditni o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar;
qarzdor to‘lovlarni amalga oshirmagan holda bank tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
Kreditga doir xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma shartlariga muvofiq kreditning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini aks ettiruvchi hujjatlarni kredit paketida yuritishi shart.
Kredit monitoringiga qo‘yiladigan talablar quyidagilarni tashkil etadi:
kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lozim;
kredit xodimlari kredit portfelidagi barcha ma’lum bo‘lgan salbiy o‘zgarishlar to‘g‘risida rahbariyatga xabar berishlari kerak;
qarzdor yoki garov ahvoli yomonlashishini oldindan aniqlash ehtimoliy yo‘qotishlarni kamaytirish uchun juda muhimdir.
Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari bo‘yicha «to‘lovsizlik» tushunchasining aniq ifodalanishi, foizlarni o‘stirmaslik mezonlari, shuningdek, bank Boshqaruvi va Kengashining tegishli hisobotlariga nisbatan talablarni o‘z ichiga olishi lozim. Hisobotlarda ahvolning yomonlashishi, yashirin sabablari va sog‘lomlashtirish rejalari batafsil bayon etiladi. Siyosat qarzlarni qaytarishga doir izchil, bosqichma-bosqich chora-tadbirlar ko‘rilishini talab qilishi kerak. Rahbariyat Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish tadbirlarini ishlab chiqishi lozim.
Kredit monitoringi faoliyatining asosiy tamoyili quyidagilarga asoslanishi kerak:
Turli xil ko‘rinishdagi kreditlarning davriy nazorati. Bu nazorat asosan kichik hajmdagi kreditlar yuzasidan bo‘lib, 30 kunlik, 60 kunlik, 90 kunlik nazoratlar shaklida bo‘ladi.
Kredit nazorati bosqichlarining diqqat bilan qayta ko‘rishni, ya’ni:
mavjud kredit bo‘yicha to‘lovlar hisobi ma’lumotlarining ishonchliligi;
kredit ta’minotining holati va sifati;
huquqiy jixatdan kredit qaytarilishining ishonchli ma’lumot – hujjatlarining to‘liq bo‘lishi lozim;
mijozning bank krediti bo‘yicha moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar va natijada kredit miqdorining ortishi yoki qisqartirilish darajasi;
Berilgan kreditning bank kredit siyosatiga va standartlariga mos bo‘lishi.
Muammoli ssudalarni tez-tez tekshirilishi.
Iqtisodiy nobarqarorlik davrida kreditlarni tez-tez nazorat qilish va boshqalar.
Hozirgi kunda kreditlash sohasida eng asosiy muammolardan biri kreditning to‘liq qaytarilishidir. Bu o‘rinda kredit monitoringi juda katta ahamiyatga ega. Kreditlarning to‘liq qaytib kelmasligiga asosiy sabab, «kredit tanlovi»ning iqtisodiy tamoyilga mos tushmay qolishidir. Bu yo‘qotishlar, xatolar bevosita kredit oluvchi sub’ekt haqida ma’lumotlarning etarli emasligi yoki ob’ektiv emasligidan yuzaga keladi. Buning uchun xorij amaliyotida keng qo‘llaniladigan va hozirda O‘zbekistonda ham amaliyotga tadbiq qilinib borilayotgan kredit Byurosini tashkil qilish, unda markazlashgan holda, mijozlar haqida to‘liq ma’lumotlar bera oladigan axborotlar bazasini yaratish va uni ishonchli va ob’ektiv ishlashini shakllantirish banklar uchun, iqtisodiyot uchun, bir bank infrastrukturasi uchun katta foyda keltiradi. Birinchidan, tezkor ma’lumotlar asosida banklar hamda mijozlar vaqtdan yutadilar. Ikkinchidan, bu tezkor ma’lumotlar kredit harajatlarini pasaytiradi, uchinchidan, bank faoliyati operativligini, barqarorligini, salohiyatini oshiradi va albatta, kredit monitoringi ishlari ham qisman engillashadi, xususan muammoli kreditlarning kamayishi hisobiga.
Kredit monitoringi ishlarini engillashtiradigan yana biror xususiy echim kreditlarni berishda mijozning biznes loyihasidan kelib chiqqan holda, loyihaning marketing tadqiqotining xaqqoniyligi, hayotga yaqinligi bo‘lishi kerak chunki yangi ishlab chiqariladigan tovarga talab qanchali yuqori bo‘lsa, loyihaning moliyaviy natijasi ham samarali bo‘ladi. Bu esa, kreditlarni to‘liq qaytarilishini ta’minlaydi. Zotan, kredit monitoringining asosiy vazifasi mijozga kreditni qaytarishiga ko‘maklashishdir
Kreditlarni tasniflanishi va ular bo‘yicha zaxira tashkil qilish. Umidsiz kreditlarni balansdan tashqariga chiqarish tartibi. Kreditlarni hisobdan chiqarish amaliyoti. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kredit tasniflanishi bilan bog‘liq muammolar
Tijorat banklari har oyda bir marotaba kreditlarga doir yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha yirik zararlar to‘g‘risidagi ma’lumotni Markaziy Bankka taqdim etishi zarur. Banklarining kredit qo‘yilmalarini tasniflash va ular bo‘yicha kredit riskining amalga oshishidan yuzaga keladigan zararlarni qoplash bo‘yicha maxsus zahiralarni shakllantirish talablarini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida» 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qaroriga asosan, kreditlar bo‘yicha muammoli qarzlarning hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida oldini olish choralarini ko‘rish yo‘li bilan tijorat banklarining kredit portfeli muttasil o‘sishi, hamda sifati yaxshilanishini ta’minlash respublikaning moliya-bank tizimini isloh qilish va barqarorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarorining 1-ilovasi 32-bandida, bank tavakkalchiliklarini boshqarishda chuqur omilli tahlilni amalga oshirishning aniq mexanizmini joriy qilish, zaxiralarni shakllantirish, kredit portfelini diversifikatsiyalashni ko‘zda tutgan holda banklar aktivlari sifati monitoringini takomillashtirish, shuningdek muammoli qarzdorlik paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar qabul qilish belgilangan. Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida 2011 yil 10 sentyabrda Markaziy bank Boshqaruvining «Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralarni shakllantirish va undan foydalanish Tartibiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 26/1-sonli qarori qabul qilindi mazkur nizomda Markaziy bankning “Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralarni shakllantirish va undan foydalanish tartibi”ga quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi:
– Markaziy bankda tijorat banki aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralanadigan majburiy zaxira depoziti tashkil qilindi hamda ushbu majburiy zaxira depozitiga tijorat banklari o‘z aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi shakllantirilgan maxsus zaxiralar summasiga teng miqdordagi mablag‘larni vakillik hisobvaraqlaridan o‘tkazib borish talabi qo‘yildi;
– majburiy zahira depozitiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar miqdori har oyning 10, 20-sanalari va oy yakuni bo‘yicha shakllantirilgan aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxira summasidan kelib chiqib qayta hisob-kitob qilinadi;
– hisob-kitob natijalariga ko‘ra, uch ish kuni mobaynida tijorat banklari maxsus zaxiralar summasiga etmayotgan miqdordagi mablag‘larni majburiy zaxira depozitiga o‘tkazishi yoki tijorat banklarining asoslantirilgan murojaatiga ko‘ra Markaziy bank tomonidan ortiqcha mablag‘lar banklarga qaytariladi;
– shartnoma muddatida to‘lanmagan va grafik bo‘yicha asosiy qarz va foizlar bo‘yicha oraliq to‘lovlar 180 kundan kechiktirilgan barcha kreditlar “umidsiz”sifatida tasniflanadi. Bundan tashqari, sud jarayonidagi aktivlar, qarzdorning moliyaviy holati yomonligi va to‘lovga qobiliyatsizligi sababli to‘lov muddati uzaytirilgan aktivlar hamda bank faoliyatida foydalanilmaydigan, muammoli kreditlarni qoplash uchun olingan mulklar, ular bank balansiga olingan kundan boshlab uch oy muddatda sotilmagan aktivlar ham “umidsiz” sifatida tasniflanadi;
– agar tijorat banklari belgilangan talablarga amal qilmagan taqdirda, Markaziy bank majburiy zaxira depozitiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan undirib oladi va bankka nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunining 53-moddasiga muvofiq tegishli chora va sanksiyalarni qo‘llaydi.
Bundan tashqari, yangi kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga ko‘ra, bank tomonidan ajratilayotgan barcha kreditlar bo‘yicha to‘lovlar kredit shartnomasining butun amal qilish muddatiga taqsimlangan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi belgilab qo‘yildi. Ushbu qoida banklarda muammoli kreditlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi belgi sifatida xizmat qiladi.
Bundan tashqari, sud jarayonidagi aktivlar, qarzdorning moliyaviy holati yomonligi va to‘lovga qobiliyatsizligi sababli to‘lov muddati uzaytirilgan aktivlar hamda bank faoliyatida foydalanilmaydigan, muammoli kreditlarni qoplash uchun olingan mulklar, ular bank balansiga olingan kundan boshlab uch oy muddatda sotilmagan aktivlar ham «umidsiz» sifatida tasniflanadi. Mazkur qoidalarning joriy qilinishi tijorat banklari aktivlar sifatining yanada oshishiga, muammoli kreditlarni paydo bo‘lishini dastlabki vaqtlarda aniqlashtirishga imkoniyatlarni yaratadi, pirovardida tijorat banklarining omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini yanada himoya qilinishini ta’minlaydi.
Umuman olganda, Markaziy bankning tijorat banklarida risklarni tartibga solish va boshqarishga nisbatan talablari va me’yorlarini quyidagi jadval orqali ifodalash mumkin.
Tijorat banklari tomonidan muammoli kreditlar bilan ishlashda balans hisobotini har bir tuzish sanasiga (har oyda) bank tomonidan kreditlarning qadrsizlanishiga doir biron-bir ob’ektiv dalillar mavjudligi «Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralarni shakllantirish va undan foydalanish tartibi»ga Nizomga va “Foizlarni o‘stirmaslik to‘g‘risida”gi Nizomga (ro‘yxat raqami 1304, 24 yanvar 2004 yil) hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq baholanadi.
Kredit qadrsizlanishini tasdiqlovchi ob’ektiv dalillar va sharoitlaraniqlangan taqdirda, zarar summasi quyidagi ikki miqdordan eng yuqorisi bo‘yicha baholanadi:
1) “Tijorat banklari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralar tashkil qilish va ularni ishlatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq aniqlangan summa bo‘yicha; yoki
2) Kreditning balans qiymati va kreditning boshlang‘ich foiz stavkasi bo‘yicha diskontlangan kutilayotgan bo‘lajak pul oqimlarining joriy qiymati o‘rtasidagi farq bo‘yicha;
Bank ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholashni quyidagicha aks ettiradi:
Dt 56802- “Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash”
Kt – Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zaxirasi – Kreditning mos kategoriyasi (kontr – aktiv)
Agar kredit portfelining keyingi tahlili natijasida uning zaxiralari yuqorida ko‘rsatilgan Nizomlarning talablardan oshsa, bank zaxira summasini oxirgi sana holati bo‘yicha aniqlangan, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar summasiga muvofiqlashtirishi lozim. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt – Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zaxirasi – Kreditning mos kategoriyasi (kontr – aktiv)
Kt 56802- “Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash”
Kreditlarni qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Dt- Qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i
Kt – Ssuda hisobvarag‘i
Agar kredit kafolat beruvchi (kafil) tomonidan qaytarilsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt – Kafolat beruvchi (kafil) talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i, yoki
Dt- 10301 – Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i – Nostro (agar oluvchiga boshqa tijorat banki xizmat ko‘rsatsa)
Kt – Ssuda hisobvarag‘i
Kreditlar qarz oluvchi tomonidan naqd pulda qaytarilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10100 – “Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari”
Kt – Ssuda hisobvarag‘i
Bank kreditidan foydalangan vaqt uchun to‘lanadigan foiz kredit narxi hisoblanadi. Kredit narxi Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi me’yori bilan tartibga solinadi va mahsulot hamda xizmatlar tannarxi darajasini hisobga olib belgilanadigan eng yuqori ko‘rsatkichdan oshib ketmasligi kerak.
Markaziy Bankning qayta moliyalash stavkasi 2011 yil iyulidan buyon yillik 12 foiz miqdoridadir.
Agar kreditga foiz o‘stirmaslik maqomi berilmagan bo‘lsa, unda kreditlar bo‘yicha foizlar tushumi quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali aks ettiriladi:
Dt- Qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i
Kt 16309 – “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 2 dekabrdagi “Tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foizlarni o‘stirmaslik siyosati to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, banklar quyidagi hollarda kreditlarga foiz hisoblashni to‘xtatadilar:
a) Bir yilgacha muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va foizlarni to‘lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda, yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno;
b) Bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va unga hisoblangan foizlarni to‘lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda, yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno;
v) Berilgan kreditning asosiy summasi yoki unga hisoblangan fozlarni qaytarilish muddati necha kunga kechiktirilganligidan qat’iy nazar banklarda shubxa uyg‘otgan xolda.
Foiz hisoblash to‘xtatilgan kundan boshlab hisoblangan foizlar summasi tegishli foizli daromadlar hisobraqamidan chegirib tashlanishi lozim. Bunda tegishli foizli daromadlar hisobraqami debetlanadi, 16309-“Hisoblangan, lekin undirilmagan foizlar” hisobraqami kreditlanadi.
3. Aktivlarga “o‘stirmaslik” maqomini bergan paytdan boshlab, banklar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:
foizli daromadlarni balans hisobvaraqlarida hisoblash to‘xtatiladi;
barcha hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlar balans hisobvaraqlaridan ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim va aktivga «o‘stirmaslik» maqomi berilgandan so‘ng keyingi foizlar hisoblanishi ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida amalga oshiriladi;
ushbu aktivlar bo‘yicha barcha keyingi to‘lovlar birinchi navbatda, hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlarni, keyin esa kreditning asosiy summasini qoplashga yo‘naltiriladi.
4. Hisoblangan foizli daromadlarni ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilishi quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi:
Dt Tegishli foizli daromadlar hisobvaraqlari
Kt 16300 «Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar»
Dt 91500 «Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari»
Kt 96333 «(Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha) Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar kontr-hisobvarag‘i» yoki
96335 «Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvarag‘i»
Agar qarzdor tomonidan olingan garov bilan ta’minlanmagan kredit qaytarilmasa yoki to‘liq qaytarilmasa, u holda ushbu kreditlar zararlar uchun tashkil qilingan zaxira hisobiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali hisobdan chiqariladi:
Dt - Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zaxirasi – Kreditning mos kategoriyasi (kontr-aktiv)
Kt – Ssuda hisobvarag‘i
Agar qarzdor tomonidan olingan garov bilan ta’minlangan kredit qaytarilmasa yoki to‘liq qaytarilmasa, u holda bank olingan kreditni garovga qo‘yilgan mol-mulk orqali undirish huquqiga ega. Undirib olish bo‘yicha garovga qo‘yilgan mol-mulk kim oshdi savdosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan mablag‘lar kelib tushganda:
Dt 10301- Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i – Nostro –
Kt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i
Kreditlar bo‘yicha asosiy qarzni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlarni qaytarish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
a) Asosiy qarz qaytarilganda:
Dt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”
Kt – Ssuda hisobvarag‘i.
b) Asosiy qarz to‘liq qaytarilgandan keyin, foizlar qaytarilayotganda:
Dt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”
Kt 41400-44600 - Kreditlar bo‘yicha foiz daromadlari
Olingan kredit garovga olingan mol-mulkni o‘z egaligiga olish yo‘li bilan qaytarilgan taqdirda, kreditning balans qiymatidan va garovga qo‘yilgan mol-mulkning haqqoniy qiymatidan qaysi biri eng kam bo‘lsa, o‘sha qiymat bo‘yicha, uni sotish bo‘yicha qilingan xarajatlarni chegirgan holda, lekin qayta savdodagi dastlabki sotuv bahosidan 10% kam bo‘lmagan summada quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 16701 – “Kredit va lizing bo‘yicha garov hisobidan undirilgan mulk”
Kt – Ssuda hisobvarag‘i
Qarzdor etarli darajada pul mablag‘lariga ega bo‘lmagan taqdirda, bank kredit bo‘yicha qarzni qarzdorning likvid mol-mulki hisobidan uning roziligi bilan, agar qarzdor norozi bo‘lsa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud qarori asosida undiruvni qarzdorning likvid mol-mulkiga qaratish yo‘li bilan qaytarib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |