12-mavzu: Tijorat banklarining foiz siyosati
Tijorat banklari foiz siyosati haqida umumiy tushuncha.
2. Foiz stavkalarining turlari.
3. Kredit bahosini o‘rnatish tartibi.
4.Kredit bahosi va unga ta’sir etuvchi omillar.
5.Marja va uning hisoblanishi.
Tijorat banklari foiz siyosati haqida umumiy tushuncha
Tijorat banklarining daromad olish sohasi faoliyati uning foiz siyosati orqali amalga oshiriladi. Bank kredit bera turib mijozning foyda olishi uchun shart - sharoit yaratar ekan, demak, o‘zining manfaatini ham amalga oshirgan bo‘ladi. Banklar foiz si¸satini amalga oshirishda omonatlar bo‘yicha to‘laydigan foizni ularning o‘zlari taqdim etadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Olingan va to‘langan foizlarning summalari o‘rtasidagi farq banklarning foydasini tashkil etadi. Unga boshqa xil operatsiyalardan ko‘rilgan daromadlar ham kiradi. Bank foydaning bir qismini soliqlarni to‘lashga, o‘z harajatlarini (bank xizmatlariga, xodimlariga ish haqi to‘lash, binolarni saqlash, idora chiqimlari, reklama harajatlari, transport xarajatlari va boshqalar uchun mablag‘ sarflash) qoplashga ishlatadi, qolgan qismi esa sof foydani hosil kiladi.
Tijorat banklari yuqori foyda olish maqsadida o‘zlarining foiz si¸satini yuritadilar. Tijorat bankida ko‘p foyda olish imkoniyatlari cheklangan. Birinchidan, katta marja ketidan quvish mijozlardan mahrum bo‘lib qolishga olib kelishi mumkin, chunki ular haddan tashqari yuqori quyilgan foiz stavkali kreditdan voz kechishlari mumkin. Ikinchidan, banklararo raqobat sharoitida boshqa tijorat banklari orasidagi bir qadar samaraliroq ishlar uchun ancha arzon kreditlar taklif etilishi mumkin. Foyda olish qoida sifatida shuni anglatadiki, busiz bank mavjud bo‘la olmaydi. Bank tijoratining bu qoidasi asosan “Arzonroq sotib olish, qimmatroq sotish” formulasi orqali amalga oshadi. Biroq bu qoidaga madaniy ¸ndashmoq lozim. Demoqchimizki, har bir sharoitda mijozga beriladigan kredit u uchun qulay va samarali bo‘lishi lozim. Mijoz uchun samara keltirgan kredit bank uchun ham samarali hisoblanadi. CHunki kredit uchun foizlar mijozning foydasi hisobidan to‘lanadi.
Rossiyalik yirik iqtisodchi N.G.Antonovning fikricha, foiz stavkasi bu tomonlarning kredit asosida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabat bo‘lib, kreditning oqilona foydalanishini ta’minlaydi.
Kredit uchun foiz stavkalarining vujudga kelishi va kredit narxining shakllanishi.
Barcha tovarlarga bo‘lgani kabi kredit uchun ham narx talab va taklif asosida vujudga keladi. Buni sxematik tarzda quyidagicha ko‘rishimiz mumkin.
Alohida kelishuvlar bo‘yicha foiz stavkasining vujudga keladi.
Talab Taklif
Kreditga bo‘lgan Kredit beruvchining
ehti¸ji ssuda fondi
qarz oluvchini Kreditorni
qoniktiradigan qoniqtiradigan foizlar (ista¸tgan) foizlar (ista¸tgan)
Foizlarning o‘zgarishi Kechagi kundagi
(tendensiya) foizlar
Ssuda mablag‘lari bozori
YUqoridagi sxemani misol bilan tushuntiramiz. Foiz qilaylik, qarz oluvchi kredit hisobiga kichik bir g‘isht ishlab chiqaruvchi korxona barpo etmoqchi. Samaradorlik uning hisobi bo‘yicha 15 % ni tashkil etadi. YA’ni har bir so‘m 1 so‘m 15 tiyin bo‘lib qaytib keladi. SHundan 32% turli soliqlarni to‘lash uchun, 35 % ishchilarga ish haqi sifatida sarflaydi. Va u olinadigan kredit uchun 5 % miqdorida foiz to‘lab berishga tay¸r. Ammo kredit resurslari bozorida esa 3 ta holat sababli bu foiz tushiriladi ¸ki oshiriladi.
Kreditning asosiy sharti - bu qarz uchun haq to‘lash. Bu haq qarz qilingan yig‘indisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Kreditning foiz stavkasi pul bozorida amal qiladi. Bozorga chiqarilgan pulning narxi foiz bo‘ladi. Boshqa tovarlardan farqliroq qarz pulining narxi - bu uning ma’lum to‘lov ehti¸jini qondirishdek xossasidan foydalanilganlik uchun beriladigan haq bo‘ladi. Qarz puli kapital sifatida ¸yoki odatdagi to‘lov ¸ yoki xarid vositasida ishlatiladi. SHuning uchun ham qarzdor shaxs pul egasiga foiz stavkasini to‘laydi.
Foiz miqdori ¸yoki darajasi oldindan belgilanadi. Foiz darajasi (FD) qarz foizining (QF) berilgan qarz miqdoriga (QM) bo‘lgan foizlarda ifodalangan nisbatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |