Bank hisobi va audit


Banklarning faktoring operatsiyalarini hisobi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   232
 
2.Banklarning faktoring operatsiyalarini hisobi. 
Tovar  sotuvchi  yoki xizmat  ko’rsatuvchilarning debitor qarzlarini sotib  olish 
bilan  bog’liq  operatsiyalar  faktoring  operatsiyalar  hisoblanadi.  Faktoring 
operatsiyalari  banklar  tomonidan  va  maxsus  tashkil  etilgan  faktoring 
kompaniyalari tomonidan o’zaro tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.  
Faktoring  operatsiyalarning  maqsadi  sotilgan  tovarlar  yoki  ko’rsatilgan 
xizmatlar  uchun  to’lovlarni  faktoring  kompaniyalari  yoki  bank  mablag’lari 
hisobidan  to’lash  asosida  muddati  o’tgan  to’lovlar  va  umidsiz  qarzdorliklar 
miqdorini kamaytirishdan iboratdir. 


 
96 
 
Faktoring  operatsiyalari  bank  tomonidan  amalga  oshirilganda  banklarda 
maxsus  bo’lim  tashkil  etiladi.  Bankda  faktoring  operatsiyalari moliyaviy  manbasi 
bo’lib bankning o’z mablag’lari, jalb etilgan va kredit mablag’lar hisoblanadi.  
Bank  sotilgan  tovar  yoki  ko’rsatilgan  xizmatlar  uchun  to’lov  summasini 
zudlik  bilan  to’lab  berish  maqsadida  sotuvchidan  to’lov  talabnoma  yoki  schet-
fakturada  ko’rsatilgan  summani  diskont  asosida  sotib  oladi  va  debitorga  nisbatan 
barcha  huquqni  o’ziga  o’tkazadi.  Bank  to’lov  hujjatlarni  sotib  olishda  asosiy 
e’tiborni sotib oluvchining moliyaviy barqarorligi, uning tovar yoki xizmatlarining 
sifati va bozordagi jozibadorligiga e’tibor qaratadi. 
Banklarda  faktoring  operatsiyalari  ko’zda  tutilmagan  90966-“Sotib  olingan 
debitorlik  qarzlari  –  Faktoring”  hamda  balansli  11101-“Sotib  olingan  debitorlik 
qarzlari – Faktoring” va 11103-“Muddati o’tgan sotib olingan debitorlik qarzlari – 
Faktoring” hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi.  
Masalan,  bank  faktoring  shartnomasiga  asosan  sotuvchining  100,0  mln 
so’mlik to’lov talabnomasini 3,0 mln so’m diskont komission to’lov va 30 kundan 
keyin  sotib  oluvchidan  to’lov  sumasi  tushishini  nazarda  tutib,  sotib  oldi  va 
quyidagi  buxgalteriya  yozuvlarini  amalga  oshirdi  (sotuvchi  va  sotib  oluvchi  shu 
bankning mijozi hisoblanadi). 
a). Balansli hisobvaraq bo’yicha: 
Debet 
11101–  “Sotib  olingan  debitorlik  qarzlari  – 
Faktoring” 
97000000,0 
Kredit 
202XX– “Sotuvchining depozit hisobraqami” 
 
 b). Ko’zda tutilmagan hisobvaraq bo’yicha: 
Debet 
90966–“Sotib  olingan  debitorlik  qarzlari  – 
Faktoring” 
97000000,0 
Kredit 
96331–“Sotib  olingan  debitorlik  qarzlari  – 
Faktoring bo’yicha kontr hisobvarag’i” 
 
Sotib oluvchi to’lovni amalga oshirdi. 
a). Balansli hisob varaq bo’yicha: 
Debet 
202XX 
– 
“Sotib 
oluvchiningdepozit 
hisobraqami” 
100000000,0 
Kredit 
11101  –“Sotib  olingan  debitorlik  qarzlari  – 
Faktoring” 
97000000,0 
Kredit 
45217  –  “Sotib  olingan  debitorlik  qarzlari 
bo’yicha daromadlar – Faktoring” 
3000000,0 
 
v). Ko’zda tutilmagan hisobvaraq bo’yicha: 
Debet 
96331  –  “Sotib  olingan  debitorlik  qarzlari  – 
Faktoring bo’yicha kontr hisobvarag’i” 
97000000,0 
Kredit 
90966  –  “Sotib  olingan  debitorlik  qarzlari  – 
Faktoring” 
 


 
97 
 
Sotib  oluvchi  faktoring  shartnomasida  ko’zda  tutilgan  muddatda  to’lovni 
to’lay olmadi. 
a). Faktoring sumasi muddati o’tgan faktoring hisobvarag’iga o’tkaziladi: 
Debet 
11103–“Muddati  o’tgan  sotib  olingan  debitorlik 
qarzlari – Faktoring” 
97000000,0 
Kredit 
11101  –“Sotib  olingan  debitorlik  qarzlari  – 
Faktoring” 
 
b).  Bank  faktoring  operatsiyasi  hisobidan  yo’qotishi  mumkin  bo’lgan 
zararlarni  qoplash  bo’yicha  zaxira  shakllantirdi.  Zaxira  Markaziy  bankning 
aktivlarni  tasniflash  bo’yicha  joriy  etilgan  tegishli  yo’riqnomasi  asosida 
shakllantiriladi: 
Debet 
56814–“Sotib  olingan  debitorlik  qarzlari  –  Faktoring  bo’yicha 
ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni baholash” 
Kredit 
11199–“Sotib  olingan  debitorlik  qarzlari  –  Faktoring  bo’yicha 
ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zaxirasi” 
 
b).  Bank  faktoring  summasini  zararlarni  qoplash  bo’yicha  shakllantirilgan 
zaxira hisobidan qopladi: 
Debet 
11199  –  “Sotib  olingan  debitorlik  qarzlari  –  Faktoring  bo’yicha 
ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zaxirasi” 
Kredit 
11103  –  “Muddati  o’tgan  sotib  olingan  debitorlik  qarzlari  – 
Faktoring” 
 
Banklarda  muddati  o’tgan  yoki  to’lovchining  moliyaviy  beqarorlik  holatiga 
tushib  qolishi  natijasida  vujudga  kelgan  zararlar  bank  boshqaruv  kengashining 
qarori  asosida  zararlarni  qoplash  hisobidan  yopiladi  va  ushbu  summa  kelgusida 
undirib  olish  maqsadida  bankning  tegishli  ko’zda  tutilmagan  hisobvaraqlarida 
hisobga olib boriladi. 
 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish