Bank hisobi va audit


  Bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hisobi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   232
 
2  Bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hisobi. 
Tijorat banklari tomonidan tijorat maqsadida davlat xazina veksellari, davlat 
obligatsiyalari,  Markaziy  bankning  obligatsiyalari,  davlat  korxonalari  qimmatli 
qog‘ozlari, yevroobligatsiyalar, xususiy korxonalar qimmatli qog‘ozlari va boshqa 
qimmatli  qog‘ozlar  sotib  olinishi  mumkin.  Tijorat  banklari  tomonidan  tijorat 
maqsadida sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hisobini yuritish uchun hisobvaraqlar 


 
101 
 
rejasining  “Aktivlar”  bo‘limida  10700  “Oldi-sotdi  qimmatli  qog‘ozlari”  asosiy 
hisobvarag‘i ajratilgan.  
Bu hisobvaraq o‘z  ichiga quyidagi hisobvaraqlarni oladi: 
10701  – Davlat xazina veksellari 
10705 – Davlat obligatsiyalari 
10709 – Markaziy  bankning obligatsiyalari  va boshqa  qimmatli 
qog‘ozlari 
10711 – Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari 
10715 – Yevroobligatsiyalar 
10719 – Korxonalarning ulushli qimmatli qog‘ozlari 
10779 – Boshqa qimmatli qog‘ozlar 
10791 – Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont   
10793 – Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot. 
Ushbu hisobvaraqlarning  debetida sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymati, 
shuningdek, 
qayta 
tasniflangan 
va 
ushbu 
hisobvaraqqa 
investitsiyalar 
hisobvarag‘idan  o‘tkazilgan  qimmatli  qog‘ozlar,  hisobvaraqlarning  kreditida 
sotilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati, shuningdek, qayta tasniflangan  qimmatli 
qog‘ozlar summasi aks ettiriladi. 
Tijorat  maqsadida  sotib  olingan  qimmatli  qog‘ozlar  bozor  narxining  xarid 
narxidan  kamayishi  oqibatida  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  zararni  qoplash 
uchun  ishlatiladigan  mablag‘lar  hisobi  10799  “Qimmatli  qog‘ozlar  oldi-sotdi 
hisobvaraqlari  bo‘yicha  ehtimoliy  yo‘qotishlar  zaxirasi”  hisobvarag‘ida  olib 
boriladi.  Hisobvaraqning  kreditida  tashkil  qilingan  zaxira  summasi  yoki  uning 
ortishi, debetida zaxiraning bekor qilinishi yoki ishlatilishi aks ettiriladi. Analitik 
hisob  qimmatli  qog‘ozning  turi,  muddati  va  emitenti  bo‘yicha  alohida  shaxsiy 
hisobvaraqlarda olib boriladi. 
Ehtimoliy  yo‘qotishlarni  baholash  56806  “Qimmatli  qog‘ozlar  oldi-sotdi 
hisobvaraqlari» hisobvarag‘ida olib boriladi.  Hisobvaraqning debetida ehtimoliy 
yo‘qotishlarni  baholash  summasi  yoki  uning  ortishi,  kreditida  baholash 
summasining  kamayishi,  noto‘g‘ri  hisoblangan  baholashning  qaytarilishi, 
shuningdek, yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib, 31206 hisobvarag‘iga 
olib boriladigan summa aks ettiriladi. 
Qimmatli  qog‘ozlar  bo‘yicha  tijorat  operatsiyalaridan  olingan  daromad 
45600  “Tijorat operatsiyalaridan olingan foyda” hisobvarag‘ida hisobga olinadi. 
Hisobvaraqning  kreditida  olingan  foyda  summasi,  debetida  noto‘g‘ri  olingan 
foydaning  qaytarilishi  hamda  yil  yakunida  moliyaviy  natija  sifatida  yopilib, 
31206  hisobvarag‘iga  olib  boriladigan  summa  yoziladi.  Qimmatli  qog‘ozlar 
bo‘yicha 
tijorat 
operatsiyalaridan 
ko‘rilgan 
zarar 
55600 
“Tijorat 
operatsiyalaridan  ko‘rilgan  zarar”  hisobvarag‘ida  olib  boriladi.  Hisobvaraqning 
debetida  ko‘rilgan  zarar  summasi,  kreditida  noto‘g‘ri  ko‘rilgan  zararning 
qaytarilishi,  shuningdek,  yil  yakunida  moliyaviy  natija  sifatida  yopilib,  31206 
hisobvarag‘iga  olib  boriladigan  summa  aks  ettiriladi.  Bank  tomonidan  qimmatli 
qog‘oz xarid qilinganda quyidagi o‘tkazma beriladi: 
Debet  10700 “Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari” 


 
102 
 
 Kredit 10101, 10301, 20200  
Balans  hisoboti  tuzilayotgan  sanaga  qimmatli  qog‘ozlarniig  xarid  narxini 
bozor  narxiga  solishtirish  yo‘li  bilan  qayta  baholash  amalga  oshiriladi.  Agarda 
bozor  narxi  xarid  narxidan  past  bo‘lsa,  bankning  xarajati  hisobidan  ehtimoliy 
yo‘qotishlar zaxirasi tashkil qilinadi:  
Debet  56806 Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi hisobvaraqlari 
Kredit 10799 Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi hisobvaraqlari bo‘yicha 
ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi 
Agarda  bozor  narxi  xarid  narxidan  yuqori  bo‘lsa,  tashkil  qilingan  zaxira 
yuqoridagi provodkaning teskarisi berilib bekor qilinadi. 
 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish