Bank hisobi va audit



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   232
 
Qimmatli  qog‘ozlar  –  bu  ularni  chiqargan  shaxs  bilan  ularning  egasi 
o‘rtasidagi  mulkiy  huquqlarni  yoki  qarz  munosabatlarini  tasdiqlovchi  divident 
yoki  foiz  ko‘rinishida  daromad  to‘lashni  hamda  ushbu  hujjatlardan  kelib 
chiqadigan  huquqlarni  boshqa  shaxsga  berish  imkoniyatini  nazarda  tutuvchi  pul 
hujjatidir.  
Qimmatli  qog‘ozlarning  bir  qancha  turlari  bo‘lib,  ularga  aksiya,  obligatsiya, 
veksel, depozit, jamg‘armali sertifikatlar va boshqalar kiradi. 
Hozirgi  kunda  ko‘pgina  tijorat  banklari  universal  bank  bo‘lib,  ko‘plab  bank 
operatsiyalari qatori qimmatli qog‘ozlar bilan ham operatsiyalar bajaradilar. Tijorat 
banklari  qimmatli  qog‘ozlarning  emitentlari  sifatida  faoliyat  yuritadilar,  chunki 
ko‘p  banklar  aksiyadorlik  banklari  bo‘lib,  o‘z  ustav  sarmoyalarini  shakllantirish 
maqsadida  aksiyalar  chiqaradilar.  Bundan  tashqari,  banklar  qimmatli  qog‘ozlar 
bilan  investitsion  operatsiyalarni  bajaradilar,  qimmatli  qog‘ozlar  bozorida 
sarmoyador  sifatida  ishtirok  etadilar,  qimmatli  qog‘ozlar  oldi-sotdisi  bilan, 
vositachilik operatsiyalar bilan shug‘ullanadilar. 
Tijorat  banklarida  qimmatli  qog‘ozlar  bilan  operatsiyalari  O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvi tomonidan 28/4 sonli Qarori bilan 2008-
yil 13-dekabrda tasdiqlangan “Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga 
oshiriladigan  operatsiyalarning  buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risida”gi  Yo‘riqnoma 
asosida olib boriladi. 
Tijorat  banklarining  qimmatli    qog‘ozlar  bilan  bajaradigan  operatsiyalaridan 
biri  bu  –  tijorat  banklari  tomonidan    qimmatli  qog‘ozlar  chiqarishdir.  Amaldagi 
qonunchilikka  asosan  tijorat  banklari  aksiya,  obligatsiya,  depozit  sertifikatlari, 
veksel  va  boshqa  qimmatli  qog‘ozlar  bozorida  muomalada  bo‘luvchi  qarz 
majburiyatlarini  bildiruvchi  qimmatli  qog‘ozlar  chiqarishlari  mumkin.  Bank 
tomonidan  chiqarilgan  qarz  majburiyatlarini  bildiruvchi  qimmatli  qog‘ozlar 
hisobi  ularning  nominal  qiymati  bo‘yicha  23600  «Bank  tomonidan  chiqarilgan 
qimmatli qog‘ozlar»  nomli balans hisobvaraqlarida olib boriladi. 
Hujjatsiz  yoki  hujjatli  qimmatli  qog‘ozlarning  blankalari  Markaziy 
depozitariyda hisobga olinganda provodka quyidagicha bo‘ladi: 
Debet  90327 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari”; 
96314 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”. 
 
Debet  90329 - “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari” 
Kredit  96314 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”. 
 
  Shunday  qilib,  tijorat  banklari  tomonidan  chiqarilgan  qimmatli    qog‘ozlar 
hisobini  olib  borish  uchun  hisobvaraqlar  rejasining  «Majburiyatlar”  bo‘limida 
23600  «Bank  tomonidan  chiqarilgan  qimmatli  qog‘ozlar»  asosiy  balans 
hisobvarag‘i ochilgan bo‘lib, uning o‘zi  bir nechta hisobvaraqlarga bo‘linadi: 


 
99 
 
 23602 — Chiqarilgan obligatsiyalar 
23604 — Chiqarilgan jamg‘arma sertifikatlari 
23606 — Chiqarilgan depozit sertifikatlari 
23608 — Chiqarilgan veksellar 
23610 — Chiqarilgan boshqa qimmatli qog‘ozlar. 
Ushbu  hisobvaraqlarning  kreditida  bank  tomonidan  chiqarilgan  qimmatli 
qog‘ozlarning  nominal  qiymati  aks  ettiriladi.  Hisobvaraqlarning  debetidan 
so‘ndirilganda yoki so‘ndirish muddatidan oldin qimmatli qog‘oz egalaridan qayta 
sotib olingan bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati 
hisobdan chiqariladi. 
Qimmatli qog‘ozlar nominal qiymati bo‘yicha joylashtirilganda quyidagi 
buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: 
Debet  10101 - “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik 
hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i 
Kredit  23600 - “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar”. 
 
Qimmatli qog‘ozlar blankalari balansdan tashqari hisobvaraqlardan hisobdan 
chiqariladi: 
Debet  96314 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” 
Kredit  90327 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari blankalari”. 
 
Debet  96314 - “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” 
Kredit  90329 - “Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari”. 
 Banklar  tomonidan  chiqarilgan  qimmatli  qog‘ozlarni  nominal  qiymatidan 
ortiq  summaga  sotish  natijasida  yuzaga  keladigan  farq  23696  «Chiqarilgan 
qimmatli  qog‘ozlar  bo‘yicha  mukofot»  hisobvarag‘ida  hisobga  olinadi. 
Hisobvaraqning  kreditida  qimmatli  qog‘ozlarni  nominal  qiymatidan  ortiq  bahoga 
sotganda yuzaga kelgan mukofot summasi aks  ettiriladi. Hisobvaraqning debetida 
qimmatli qog‘ozlar so‘ndirilganda yoki qimmatli qog‘ozlar qayta sotish maqsadida 
sotib olinganda hisobdan chiqariladigan mukofot summasi aks ettiriladi. 
Debet  10101 - “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik 
hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i – qimmatli qog‘ozni sotish 
qiymatiga 
Kredit  23600 - “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar”  qimmatli 
qog‘ozning nominal qiymatiga 
Kredit  23696 - “Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot (premiya)” – 
qimmatli qog‘ozni sotish qiymati va nominal qiymati o‘rtasidagi farq 
summasiga. 
Banklar  tomonidan  chiqarilgan  qimmatli  qog‘ozlarni  nominal  qiymatidan 
past  summaga  sotish  natijasida  yuzaga  keladigan  farq  23698  «Chiqarilgan 


 
100 
 
qimmatli  qog‘ozlar  bo‘yicha  diskont»  (kontr  —  passiv)  hisobvarag‘ida  hisobga 
olinadi. 
Hisobvaraqning  debetida  qimmatli  qog‘ozlarni  nominal  qiymatidan  past 
bahoga  sotganda  yuzaga  kelgan  diskont  summasi  aks  ettiriladi.  Hisobvaraqning 
kreditida qimmatli qog‘ozlar so‘ndirilganda yoki qimmatli qog‘ozlar qayta sotish 
maqsadida  sotib  olinganda  hisobdan  chiqariladigan  diskont  summasi  aks 
ettiriladi.  Yuqorida  keltirilgan  hisobvaraqlar  bo‘yicha  analitik  hisob  qimmatli 
qog‘ozlarning  turi,  muddati  va  chiqarilish  navbati  bo‘yicha  ochilgan  shaxsiy 
hisobvaraqlarda olib boriladi. 
Shunday  qilib,  qimmatli  qog‘oz  nominal  qiymatidan  past  bahoda  sotilsa, 
nominal  qiymati  va sotish  bahosi o‘rtasidagi farq  (diskont) 23698  -  “Chiqarilgan 
qimmatli  qog‘ozlar  bo‘yicha  diskont  (kontr-passiv)”  hisobvarag‘ining  debetiga 
sotish sanasida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali o‘tkaziladi: 
Debet  10101 - “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik 
hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i – qimmatli qog‘ozni sotish 
qiymatiga 
Debet  23698 - “Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-
passiv)”  qimmatli qog‘ozni nominal qiymati va sotish qiymati 
o‘rtasidagi farq summasiga 
Kredit  23600 - “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar” – qimmatli 
qog‘ozni nominal qiymatiga. 
Bank  tomonidan  chiqarilgan  qimmatli  qog‘ozlar  bo‘yicha  foizli  xarajatlar 
quyidagi  54202-54210  hisobvaraqlarda  olib  boriladi.  Hisobvaraqning  debetida 
to‘langan foizlar, diskont, bank chiqargan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanishi 
kerak  bo‘lgan  hisoblangan  foizli  xarajatlar,  kreditidan  noto‘g‘ri  hisoblangan 
foizlar,  mukofot,  shuningdek  yil  yakunida  moliyaviy  natija  sifatida  yopilib, 
31206 - hisobvarag‘iga olib boriladigan summa aks ettiriladi. 
Agar  bank  qimmatli  qog‘ozni  nominal  qiymatidan  past  bahoda  sotib  olsa, 
nominal qiymat va sotib olish bahosi o‘rtasida ijobiy farq 45994 – “Boshqa foizsiz 
daromadlar”  hisobvarag‘ining  “Chiqarilgan  qarz  majburiyatlari  bilan  bog‘liq 
operatsiyalardan  olingan  daromadlar”  alohida  shaxsiy  hisobvarag‘ining  kreditida 
aks  ettiriladi.  Agar  bank  tomonidan  qimmatli  qog‘oz  balans  qiymatidan  yuqori 
bahoda  sotib  olinsa,  balans  qiymati  va  sotib  olish  bahosi  o‘rtasidagi  salbiy  farq 
55995  –  “Boshqa  foizsiz  xarajatlar”  hisobvarag‘ining  “Chiqarilgan  qarz 
majburiyatlari  bilan  bog‘liq  operatsiyalar  bo‘yicha  qilingan  xarajatlar”  alohida 
shaxsiy hisobvarag‘ining debetida aks ettiriladi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish