Bank hisobi va audit


 Kredit berish va qaytarish operasiyalarining hisobi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   232
 
3. Kredit berish va qaytarish operasiyalarining hisobi. 
Korxona  va  tashkilotlarga  yoki  alohida  olingan  jismoniy  shaxslarga  ssuda 
hisobvarag‘i  ochilgandan  so‘ng  ular  bo‘yicha  kreditning  berilishi  va  qaytarilishi 
bo‘yicha  operasiyalarni  amalga  oshirish  mumkin.  Har  bir  kredit  berilishi  kredit 
komissiyasining  farmoyishi  asosida  amalga  oshiriladi,  ya’ni  kredit  bo‘limi 
tomonidan hisob-operatsion bo‘limga mijozga ssuda hisobvarag‘i ochish va kredit 
berish  to‘g‘risidagi  yozma  farmoyishi  beriladi.  Mas’ul  ijrochilar  farmoyishda 
ko‘rsatilgan rekvizitlar asosida hisob-kitob hujjatlarini to‘lash orqali kredit berish 
bo‘yicha buxgalteriya provodkalarini bajaradilar.   


 
90 
 
Quyida  biz  xususiy  korxonalarga  kredit  berish  bo‘yicha  buxgalteriya 
provodkalarni  ko‘rib  chiqamiz.  Xususiy  korxonalarga  xo‘jalik  shirkatlari  va 
jamiyatlarga  qisqa  muddatli  kredit  berish  uchun  13100  –  “Xususiy  korxonalar, 
xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” nomli balans 
hisob  raqami  ochiladi.  Bu  hisob  raqam  bir  qator  subhisob  raqamlarni  o‘z  ichiga 
oladi. 
Pul  tushirilishi  lozim  bo‘lgan  korxonaga  boshqa  bank  bo‘limi  xizmat 
ko‘rsatsa, kredit summasi  kredit berayotgan bankning vakillik hisobvarag‘i orqali 
tegishli bankga o‘tkaziladi. 
Kredit berilayotganda quyidagi buxgalteriya provodkasi bajariladi: 
Debet  13101  –  “Xususiy  korxonalar,  xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarga 
berilgan qisqa muddatli kreditlar” 
Kredit  10301  –  “Bankning  vakillik  hisobvarag‘i  yoki  mahsulot  sotuvchi 
korxona hisobvarag‘i” 
13101 – hisob raqamida bank tomonidan xususiy firmalar, shirkatlar va jamoa 
xo‘jaligi    va  shu  kabi  xususiy  mulkchilik  shakliga  ega  bo‘lgan  korxonalarga 
berilgan  qisqa  muddatli  kreditlarning  hisobi  yuritiladi.  Bu  hisob  raqam  bo‘yicha 
analitik  hisob  har  bir  qarzdor  va  kredit  turlari  bo‘yicha  alohida  shaxsiy 
hisobvaraqlarda olib boriladi. 
 Kredit  oluvchi  va  bank  o‘rtasida  tuzilgan  kredit  shartnomasiga  binoan 
kreditni  qaytarish  muddatlari  belgilanadi.  Kreditning  qaytarish  muddati 
tugagandan  so‘ng  ssuda  qaytarish  bo‘yicha  buxgalteriya  provodkalari  bajariladi. 
Kreditni  qaytarish  bo‘yicha  buxgalteriya  provodkalari  quyidagicha  ko‘rinishda 
bo‘ladi. 
Debet 20208 “Xususiy korxona, shirkat va jamoalarning talab qilinguncha 
saqlanadigan depozitlari” 
Kredit  13101  “Xususiy  korxonalar,  xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarga 
berilgan muddati o‘tgan  kreditlar” 
Bu  buxgalteriya  provodkasi  agar  mijozning  talab  qilinguncha  saqlanadigan 
depozit  bo‘yicha  hisobvarag‘ida  kreditni  qaytarish  uchun  yetarli  pul  mablag‘lari 
bo‘lgan holda bajariladi. Agar qarzdorning hisobvarag‘ida ssudani qaytarish uchun 
mablag‘i  yo‘q  bo‘lsa,  ssuda  summasi  13101  –  “Xususiy  korxonalar,  xo‘jalik 
shirkatlari  va  jamiyatlarga  berilgan  muddati  o‘tgan  kreditlar”  hisobvarag‘iga 
o‘tkaziladi. 
Bu operasiya bo‘yicha quyidagi buxgalteriya provodkasi amalga oshiriladi: 
Debet  13105  “Xususiy  korxonalar,  xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarga 
berilgan muddati o‘tgan kreditlar” 
Kredit  13101  “Xususiy  korxonalar,  xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarga 
berilgan qisqa muddatli kreditlar” . 
Qaytarish muddati kelganda to‘lanmagan va shundan so‘ng 90 kun o‘tgandan 
so‘ng  ham  qaytib  kelmagan  ssudalar  13109  “Xususiy  korxona  va  nodavlat 
korporasiyalariga  berilgan  qisqa  muddatli  shartlari  qayta  ko‘rib  chiqiladigan 
kreditlar” balans hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 


 
91 
 
Kreditlarning  qaytishi  ma’lum  riskni  talab  qiladi.  Shu  sababli  banklarda 
kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi tashkil etiladi. Xususiy korxonalariga 
va  jamiyatlarga  berilgan  qisqa  muddatli  kreditlar  bo‘yicha  zararlarni  qoplash 
zaxirasining hisobini olib borish uchun 13199 balans hisob raqami ochiladi. Unda 
bankning  xususiy  firmalar,  shirkatlar,  jamoa  xo‘jaliklari  hamda  korxonalari, 
korporasiyalariga  bergan  qarzlari  undirib  olinmay  qolishi  mumkin  bo‘lgan  qismi 
bo‘yicha  ko’riladigan  zararlarni  qoplash  uchun  yaratilgan  zaxiralar  hisobi  olib 
boriladi.  Analitik  hisob  har  bir  mijoz  va  kredit  turlari  bo‘yicha  alohida  shaxsiy 
hisobvaraqlarda  aks  ettiriladi.  Boshqa  mulkchilik  shakllariga  tegishli  bo‘lgan 
korxona, tashkilot,  firma, bank va boshqalarga kredit berish va berilgan kreditlarni 
qaytarish  bo‘yicha  operasiyalar  ham  xuddi  shu  tarzda  amalga  oshiriladi.  Faqat 
tegishli hisobvaraqlar tizimi ishlatiladi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish