O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BANK HISOBI, TAHLILI VA AUDITI”
fanidan NAZORAT ISHI
Mavzu: Banklarda bosh va yordamchi kitoblar
Bajardi:TMI_BI_54-2 guruh talabasi:Ismatov Alisher
Toshkent-2022
BANKLARDA BOSH VA YORDAMCHI KITOBLAR
REJA:
1. Hisob tsikli tushunchasi, bosh va yordamchi hisoblarining mazmuni.
2. Analitik hisob (yordamchi kitob) va uning tavsifi.
3. Sintetik hisob (bosh kitob) va uning tavsifi.
4. Bosh kitob va yordamchi kitoblarni tekshirish. Xatolarni tuzatish
tartibi.
5.Xulosa va taqriz.
1.Hisob tsikli tushunchasi, sintetik va analitik hisoblarining mazmuni.
Banklarda buxgalteriya hisobi ikki yo‘nalishda olib boriladi. Buxgalteriya hisobi jahon amaliyotida va hisob yuritishning xalqaro andozalarida sintetik hisobo‘rniga Bosh kitob deb nomlanuvchi hisob hujjatlari qo‘llaniladi. Shuningdek,analitik hisob o‘rniga Yordamchi kitob deb nomlanuvchi hisob hujjatlaridanfoydalaniladi. Biz nazarda tutgan kitob bir qator hisobvaraqlar guruhidir.
Bosh kitob bu – bank moliyaviy hisobotlarida ko‘rsatiladigan hisobvaraqlar
guruhidir.
Moliya hisobotlariga balans hisoboti, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot va boshqalarni kiritish mumkin. Bosh kitobda birinchi navbat balans hisobvaraqlari
bo‘yicha jamlama ma’lumotlar qayd etiladi. Demak, hisobvaraqlar Bosh kitobda
umumiy ma’lumotni qayd etadi, lekin batafsil axborot bilan ta’minlamaydi.
Batafsil axborot Yordamchi kitob ma’lumotlari asosida olinishi mumkin,
chunki birlamchi buxgalteriya operatsiyalari Yordamchi kitobda aks etiriladi.
Yordamchi kitobdagi hisobvaraqlar guruhi har bir alohida operatsiya bo‘yichao‘tkazilgan summalar haqida kerakli axborot beradi. Yordamchi kitob hisobvaraqlariga nisbatan olganda Bosh kitob hisobvaraqlari nazorat hisobvaraqlari
vazifasini bajaradi. Yordamchi kitoblardagi yakuniy summalar har kun oxirida,
shuningdek, oy oxirida yangi oyning birinchi kundagi holatiga ko‘ra ularning Bosh
kitobdagi nazorat yakunlari balansi bilan bir xil chiqish lozim. Bosh kitob nazorat
hisobvaraqlarning ma’lumotlari Yordamchi kitobdagi tegishli hisobvaraqlar
yakuniy summalari bilan taqqoslanadi. Agar dastlabki yozuvlarda xatolarga yo‘l
qo‘yilmagan bo‘lsa, Bosh kitob va Yordamchi kitob summalari teng chiqadi.
Hozirgi kunda ko‘pgina tijorat banklari mijozlarga “so‘mda yuritiladigan
hisobvaraqlar bilan bir qatorda xorijiy valutadagi operatsiyalar hisobini yuritish
maqsadida xorijiy valutadagi hisobvaraqlarni ochishlari mumkin. Xorijiy valutadagi operatsiyalar bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblar har bir valuta turi
bo‘yicha alohida yuritiladi.
Bosh kitob bo‘yicha kodlash tizimi besh xonali bo‘lishi belgilangan. Dastlab
aktiv hisobvaraq kodlari toq, passiv hisobvaraqlarning kodlari esa juft sonlardan
iborat qilib belgilangan edi. Bu tartib osonroq qabul qilish va eslab qolish uchun
ko‘zda tutilgan edi. Lekin yangi hisobvaraqlar kiritilishi munosabati bilan bu tartib
bir oz o‘zgardi. Balans hisobvaraqlarida hisob takrorlanadigan yozuv usulida
yuritiladi. Operatsiyalar ular bo‘yicha mablag‘lar harakatlangan kundan qat’iy
nazar bajarilgan kuni buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Yordamchi kitoblarda buxgalteriya operatsiyalari batafsil va to‘liq aks ettiriladi. Yordamchi kitoblarning shakli va turlari har bir bank tomonidan mustaqil
belgilanadi.
Bosh kitob va Yordamchi kitob hisobvaraqlarida hisob operatsiyalari albatta
ikkiyoqlama yozuv qoidasiga amal qilgan holda qayd etish yoki ushbu
hisobvaraqlar bilan korrespondensiya bo‘lgan hisobvaraqlar raqamlari ko‘rsatilishi
shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |