1-2-amaliy.
Qurilish qorishmalari klassifikatsiyasiQurilish qorishmalari uchun to`ldirgichlar
Biz shu paytgacha to’ldiruvchilarni tabiatda uchraydigan material sifatida qaradik. Biroq to’ldiruvchilar sanoat mahsulotlari asosida ham olinishi mumkin[1].
Petrografik nuqtai nazaridan to’ldiruvchilar, maydalash bo’yicha, hamda taiiy holatda maydalanishi bo’yicha bir qancha tog’ jinslari guruhiga va umumiy xususiyatlarga ega bo’ladi. Eng maqbul klassifikatsiya BS812:1:1975 bo’yicha aniqlanadi, bunda tog’ jinsining turiga bog’liq holda tabiiy to’ldiruvchilar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Tabiiy to’ldiruvchilarning tog’ jinsi turiga
(BS 812: 1:1975) bog’liq holda klassifikatsiyasi
2.3-jadval
Bazalt guruxi - andezit, bazalt, asosiy porfiritlar, diabaz, barcha turdagi fleritlar (teralit va teshenit), epidiorit, slanets lamprofir, kvartsli flerit, spilit;
|
kremniyli guruhi- kremniyli slanets, kremen;
granit guruxi – gneys, granit, granodiorit, granulit, pegmatit, kvartsli diorit, sienit;
|
gabro guruhi – asosiy diorit, asosiy gneys, gabro, norit, rogovaya obmanka, norit, peridotit, pikrit, serpentin;
|
yirik donadorli qum tosh – aglomerat, arkoz, brekchiya, konglomerat, vakka, yirik donadorli qum tosh, qumtosh, tuf;
|
rogovik guruxi – ko’rinishini o’zgartiruvchi barcha turdagi tog’ jinslari, bunda marmar kirmaydi;
|
oxaktosh guruxi – dolomit, oxaktosh va marmar;
|
porfir guruxi – allit, datsit, felsit, granofir, keratofir, mikrogranit, porfir, kvartsporfirit, riolit, traxit;
|
kvartsit guruhi – ganister, kvartsitli qum tosh, perekrisstallashgan kvartsit;
|
slanets guruxi – fillit, gilli slanets kremniyli slanets, barcha metamorfik tog’ jinslari.
|
Guruhlar bo’yicha klassifikatsiya bu istalgan to’ldiruvchining beton olishda yaroqliligini bildirmaydi: mos kelmaydigan to’ldiruvchilar istalgan guruhda bo’lishi mumkin, biroq bir qancha guruhdagi tog’ jinslari yaxshu ko’rsatkichlarga ega bo’ladi. SHuni ta’kidlash lozimki, to’ldiruvchilarni bir qancha nomlanishlari petrografik klassifikatsiyaga mos kelmasligi mumkin.
Tog’ jinslari asosan BS 812: 102: 1989 i BS 812: 104: 1994 (2000) da keltirilgan to’ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi, bunda petrografik usullari ekspertizasini qamrab oladi. BS 812 keyinchalik
BS EN 932 i 933 ga almashtirildi.
ASTM C 294-05 standartida to’ldiruvchilarda ko’p uchraydigan bir
qancha minerallar keltirilgan. Mineralogik tarkibga ko’ra klassifikatsiyalash orqali to’ldiruvchilarni dastlabki xususiyatlarini baxolash imkonini beradi, biroq u orqali bu turdagi to’ldiruvchilarni betonda qo’llash mumkin yoki yo’qligini aniq aytib berib bo’lmaydi, chunki to’ldiruvchilarda universal minerallar mavjud bo’lmaydi. SHu bilan bir vaqtda kerakmas minerallar ko’p holatlarda ko’p uchraydi. ASTM bo’yicha 10 minerallar klassifikatsiyasi ko’rib chiqiladi: kremnezemli minerallar (kvarts, opal, xaltsedon, tridimit, kristobalit), dala shpatlari, slyudali minerallar, karbonatli minerallar, sulfidlar, ferromagnezial minerallar, tseolitlar, temir oksidlari, gilli minerallar.
Ko’rib chiqilgan petrografik va mineralogik usullar ushbu kitob tarkibiga kiritilgan, biroq shuni ta’kidlash lozimki geologik nuqtai nazaridan to’ldiruvchilarni analiz etish orqali ularning sifati baholanadi, yana ishlatilayotgan to’ldiruvchilarning ma’lum ekspluatatsion xarakteristikalari solishtiriladi. Buning natijasida to’ldiruvchi tarkibida uning sifatiga yomon ta’sir ko’rsatuvchi kremnezem kabi minerallarni aniqlash mumkin. Sun’iy to’ldiruvchilarni ishlatish jarayonida ham to’ldiruvchi sifatiga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish texnologiyasi tadqiq etiladi.
shaklidagi qoliplarda tayyorlanadi. Tayanch va tutashuv yuzalarida o’yiq (paz) va bo’rtib chiqqan taroqlari bor (1.61-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |