4. Bosh kitob va yordamchi kitoblarni tekshirish. Xatolarni tuzatish
tartibi.
Har kuni ertalab operatsion kun boshlanmasdan oldin mas’ul ijrochilar bir kun
avvalgi operatsiyalarning to‘g‘ri yakunlanganligini nazorat qilish uchun dastlabki
hujjatlarni Yordamchi kitob materiallari bilan taqqoslaydilar, so‘ng ularni Bosh
kitobda qanday aks ettirilganligi tekshirib chiqiladi. Ba’zan xatoliklar aniqlanishi
mumkin.
Lekin bunday hollarda kunlik balans hisobotlari va shaxsiy hisobvaraqlarga
qo‘lda biron-bir tuzatishlar qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Summalarni o‘chirib
yozish va tuzatish, shuningdek, o‘chiruvchi suyuqliklardan foydalanib, ularga
tuzatishlar kiritish qat’iyan taqiqlanadi.
Bank ish kuni yakunlanib, balans hisoboti tuzilib O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankiga jo‘natilganidan so‘ng, xato yozuvlar aniqlangan hollarda, ushbu
xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga ertasi bank ish kuni teskari buxgalteriya
yozuvlari kiritish (storno berish) yo‘li bilan tuzatish memorial orderlari asosida
to‘g‘rilanishi lozim. Bunday hollarda hisobvaraqlardan summalar mijozlarning
roziligisiz hisobdan chiqariladi. Bu haqda bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan
shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi shart.
Agar mijozlarga bitta bank filiali xizmat ko‘rsatsa, tuzatish orderlari to‘rt
nusxada tuzilishi lozim. Ularning birinchi nusxasi order bo‘lib xizmat qiladi,
ikkinchi va uchinchi nusxalari mijozlar uchun debet va kredit yozuvlari bo‘yicha
bildirishnomalar bo‘lib hisoblanadi, to‘rtinchi nusxa esa order kitobchasida qoladi.
Bu kitobcha bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosarida saqlanishi lozim. Orderlarga
boshqa hujjatlardan farqlanadigan tartib raqamlari qo‘yilishi shart.
Tuzatish orderi matnida qachon va qaysi hujjatda xato yozuvga yo‘l
qo‘yilgani ko‘rsatilishi kerak. Agar unga mijoz arizasi sabab bo‘lgan bo‘lsa, shu
sabab ko‘rsatiladi. Bunda memorial orderning to‘rtinchi nusxasining orqa
tomoniga kimning aybi bilan xatolikka yo‘l qo‘yilganligi qayd etiladi, ijrochi,
shuningdek, noto‘g‘ri yozuvni nazoratdan o‘tkazgan shaxsning lavozimi va
familiyasi ko‘rsatiladi. Tuzatish memorial orderlari tuzilishida asos bo‘lgan
arizalar kitobga tikilgan memorial orderlar bilan birga saqlanishi lozim.
Summasi keyinchalik teskari buxgalteriya o‘tkazmalari bilan tuzatilgan
shaxsiy hisobvaraqdagi xato yozuv qarshisiga albatta “To‘g‘rilangan” belgisi
qo‘yilishi, to‘g‘rilash kiritilgan sana va to‘g‘rilangan memorial orderning raqami
ko‘rsatilishi shart. Bu qayd to‘g‘rilangan memorial orderini imzolagan bosh
buxgalter yoki uning o‘rinbosari (bo‘lim boshlig‘i) imzosi bilan tasdiqlanadi.
Bosh buxgalter to‘g‘rilangan memorial orderlarning kitobchada qolgan
nusxalaridan foydalanib, xodimlarning ishidagi xatolar hisobini yuritadi va ushbu
xatolar sabablarini o‘rganib, ishni yaxshilash choralarini ko‘radi.
Тошкент молия институти Сиртқи факултет
_______ курс ________________ академгуруҳ талабаси ______________________________________________________________ нинг
__________________________________________________ фанидан бажарган
Do'stlaringiz bilan baham: |