Baliqchilik asoslari


Epizootologik ma’lumotlar



Download 7,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/152
Sana26.03.2022
Hajmi7,01 Mb.
#510811
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   152
Bog'liq
pU4n1szOyjGzyXFBcaVKO4crJPnzmEvEZJKo3RoP

Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik Yevropaning ko‘pchilik
davlatlarida qayd etilgan. 1968-yilda esa virus Daniyadan Chexiyaga
otalangan ikralar orqali kiritilgan. Sobiq Ittifoqqa ham ushbu
kasallik otalangan ikralar orqali yetib kelganligi aniqlangan.
VGS kasalligi bilan, asosan, gulmohi (ðàäóæíàÿ) turdagi
baliqlar kasallanadi. Òabiiy sharoitda gulmohi (daryo gulmohisi),
kitlar, xarius hamda pali turidagi baliqlar kasallanadi. Kasallik
epizootiya ko‘rinishda kechganida o‘lim 9—78% ni tashkil qiladi.
Issiq paytlarda kasallik latent ko‘rinishda kechadi, biroq baliq-
larning oziqlanishi va saqlash sharoiti zoogigiyenik talablarga ja-
vob bermagan taqdirda kasallik yozda ham avj olib, klinik belgilar
bilan kechadi. VGS bilan bir yoshgacha, kattaligi 5—7 sm
bo‘lgan gulmohilar zararlanadi. Malyok va segoletkalar hamda
katta yoshdagi baliqlar kasallikka ancha chidamli.


145
Kasallik manbayi — bu kasal baliqlar, uning chiqindilari va
o‘liklari. Sog‘lom baliq suv havzalarining suvlari, loyqalari orqali
ham kasallikka chalinishlari mumkin. Kasallikning yashirin davri
tashqi muhit haroratiga, virusning virulentligiga hamda baliq
organizmining rezistentligiga bog‘liqdir. Òabiiy sharoitda, suvning
harorati 15—16 °C bo‘lganida inkubatsion davr 7—15 kunga teng,
ba’zan bu muddat biroz cho‘zilib, 25 kunni tashkil qilishi mumkin.
Eksperimental sharoitda esa kasallikning yashirin davri 2 haftani,
qo‘zg‘atuvchini inokulatsiya qilinganda 4 kun va sog‘lom baliq
bilan kasal baliqlarning kontaktida bu muddat yana ham qisqa-
rishi mumkin. Virusni invitro usulida o‘stirilganda, u 10—15 kunda
kasallikni chaqirishi mumkin. VGS bilan kasallangan gulmohi-
larda kuchli immunitet hosil bo‘ladi.
Kasallikning klinik belgilari. Kasallik o‘tkir va surunkali hamda
nerv sistemasi faoliyatining izdan chiqishi ko‘rinishida kechadi.
Ba’zan esa o‘ta o‘tkir va subklinik (latent) ko‘rinishida ham
namoyon bo‘ladi.
Kasallik o‘tkir oqimda kechganida tezlik bilan patologik ja-
rayon rivojlanib o‘lim darajasi yuqori bo‘ladi. Kasal baliqlarning
tanasida to‘q jigarrang dog‘lar paydo bo‘ladi, bir yoki ikki to-
monlama ko‘zi ko‘rmay qoladi (ïó÷åãëàçèå), anemiya va jab-
rasida, ko‘zning periokular pardasida gemorragik chiziqlar hosil
bo‘ladi. Suzgich apparatining asosi qizil tusga kiradi.
Kasallikning surunkali oqimida esa klinik belgilar sekinlik bilan
rivojlanib, o‘lim darajasi ancha past bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Òanasi butunlay qorayib ketadi, kuchli ekzoftalmiya holati hamda
anemiya kuzatiladi. Bunda jabrasi och qizil yoki oq-kulrang tusda
bo‘ladi, ayrim paytlarda esa butunlay oq tusga kiradi. Ba’zan qorin
bo‘shlig‘ida suv to‘planadi.
Kasallikning nerv formasida baliqlarning harakatida o‘ziga xos
o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. Kasal baliqlar spiralsimon
harakat qiladi (suv havzalarining ostida yoki suv oqimiga qarama-
qarshi), ba’zan yonboshi bilan bir qancha muddat suzib yuradi.
Ularda tanasining qaltirab qolishi, spazmatik holatlarning paydo
bo‘lishi kuzatiladi. O‘lim juda ham kam bo‘ladi.


146
Kasallikning davom etish muddati tashqi muhit sharoitiga,
suv havzalarining sanitariya holatiga, texnologik jarayonlarga
bog‘liq bo‘ladi. Kasallikning enzootiya ko‘rinishi 1—2 oyda
tugaydi.

Download 7,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish