Baliqchilik asoslari



Download 7,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/152
Sana26.03.2022
Hajmi7,01 Mb.
#510811
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   152
Bog'liq
pU4n1szOyjGzyXFBcaVKO4crJPnzmEvEZJKo3RoP

NAZORAT SAVOLLARI
?


143
XIV BOB. 
BALIQLARDA UCHRAYDIGAN KASALLIKLAR
14.1. Baliqlarning infeksion kasalliklari
Virusli gemorragik septitsemiya kasalligi (yirik baliqlarda).
Bu kontagioz yuqumli kasallik bo‘lib, kasallik terining qorayishi,
qorin bo‘shlig‘ining shishishi, suzgich apparatining izdan chiqishi,
nerv sistemasi faoliyatining buzilishi, jabrada qon quyilishlar
hamda ko‘zning biriktiruvchi to‘qimasida, skelet mushaklarida,
perivisseral yog‘ to‘qimasi va suzgich pufagida qon quyilishi bilan
xarakterlanadi. Ayrim organlarning hamda butun organizmning
funksiyalari butunlay izdan chiqadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi — bu RNK virusli
qo‘zg‘atuvchilar. Yensen (1965-yilda) birinchi bo‘lib ushbu vi-
rusni ajratib olgan, uni sun’iy kultura to‘qimasida (oziqaviy
muhitda) o‘stirishga erishgan va ushbu virusni Daniyaning Egtved
shahri sharafiga Egtved virusi deb nomlagan.
Ushbu shahar yaqinida gulmohi turidagi baliqlarni o‘stiruvchi
ferma mavjud bo‘lib, bu ferma virusli gemorragik septitsemiya
kasalligi uchun nosog‘lom hisoblangan. Virusli gemorragik
septitsemiya virusi barmoqsimon, uzunligi 180—240 millimikron,
eni esa 60—75 nm. Uning apikal qismi yumaloq, distal qismi esa
yassi bo‘lib, dumsimon o‘simta bilan qurollangan. Virusning ichida
o‘zagi (yadrosi) bo‘lib, kattaligi 2 nm, juda murakkab tuzilishga
ega bo‘lgan qovurg‘asimon qobiq (parda) bilan o‘ralgan va usti-
dan silliq parda bilan qoplangan. Virus hazmlanuvchi to‘qima
kulturasida yaxshi o‘sadi (RTQ-2), qaysikim gulmohi turidagi
baliqlarning tuxumdonidagi fibroblastlardan olingan virus efirda,


144
xloroformda, glitserinda hamda pH 3,5 gacha bo‘lganida ancha
sezuvchan. Virus 44 °C da butunlay inaktivlanadi, 15 daqiqa
davomida 30 °C da o‘zining patogenlik xususiyatini 50 % ga
yo‘qotadi. 50 % li glitserinda, agarda harorat 14 °C bo‘lganida
virus o‘zining infeksion xususiyatini qariyb 6 kundan so‘ng
yo‘qotadi. Virus 14 °C dagi distillangan suvda bir sutka ichida
saqlansa, o‘zining faolligini 50% ga, suv havzalarida saqlansa,
qariyb 90% ga yo‘qotadi. Virusga ultrabinafsha nurlari 10 daqiqa
davomida o‘ldiruvchi ta’sir qiladi. Dezinfeksiyalovchi moddalar-
dan 2% li natriy ishqori va 3% li formalin virusni 5—10 daqiqa
davomida o‘ldiradi. Aktiv xlor ixtiopatologiyada keng qo‘llaniladi,
konsentratsiyasiga qarab virusni 2—20 daqiqa ichida o‘ldirish qo-
biliyatiga ega.
Gulmohi baliqlarning o‘ligida, agarda ular VGS oqibatida
o‘lgan va agarda jasad muzda saqlanayotgan bo‘lsa, virus o‘zi-
ning hayotchanligini 24 soat davomida saqlay oladi, —20 °C va
undan pastki haroratda virus o‘zining infeksion qobiliyatini 2 yil
ichida saqlab qoladi, biroq bunda titri 2 marotaba pasayadi.
VGS virusining bir qancha tiplari aniqlangan. Masalan, H
(jigar), R (buyrak), V (visseral) va P (umumiy ta’sirlovchi) hamda
N (neyrotrop).

Download 7,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish