Baliqchilik asoslari


Davolash usuli ishlab chiqilmagan. Profilaktikasi



Download 7,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/152
Sana26.03.2022
Hajmi7,01 Mb.
#510811
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   152
Bog'liq
pU4n1szOyjGzyXFBcaVKO4crJPnzmEvEZJKo3RoP

Davolash usuli ishlab chiqilmagan.
Profilaktikasi. Qishlovchi komplekslar sharoitida bir qator
veterinariya-sanitariya, baliqchilik-biotexnologiyaviy va umumiy
zoogigiyenik tadbirlarni o‘z vaqtida va puxta amalga oshirishga
asoslangan bo‘lishi shart.
Birinchi navbatda, qishlovchi basseynlarga baliqlarni o‘t-
kazishdan oldin, hovuzlar yozgi ekspluatatsiyadan so‘ng basseyn-
larning devorlarida, tagida yig‘ilgan hamda gidrogenizator,
filtrlovchi aeratsion quvurlar va plastinkalar loyqa va shilliqlardan
yaxshilab tozalanadi. So‘ngra basseynlar toza suv bilan yuvilib
10% li yangi tayyorlangan xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya
qilinadi. Dezinfeksiyalovchi eritma ishlov beriladiganlarning yuza-
siga 2 l/m kvadrat hisobiga sarflanadi. Bir kun o‘tgach, basseyn
suv bilan to‘ldiriladi va xlorning qoldig‘i aniqlanadi, agarda uning
miqdori 0,3—0,5 g/l dan yuqori bo‘lsa, basseyndagi suv oqizib
yuboriladi va qaytadan toza suv bilan to‘ldiriladi.
Barcha baliq ovlovchi asbob-uskunalar 4% li formalin eritmasida
bir soat davomida dezinfeksiyalanadi. Maxsus kiyimlar ish
boshlashdan oldin kirlardan, tangachalardan, shilliqdan tozalanadi,
suv bilan yuvilib, so‘ngra sodali issiq suvda chayqab olinadi. Rezinali
poyabzallar formalin yoki xlorli ohak eritmasida botirib olinadi.


155
Qishlovchi komplekslarga kirish joyiga doimiy ravishda 10 % li
formalin yoki 4 % li xlorli ohak bilan namlangan dezinfeksiya-
lovchi gilamchalar o‘rnatiladi.
Bronxiomikoz — turli turdagi baliqlarning o‘ta yuqumli ka-
salligi bo‘lib, jabra apparatidagi qon tomirlarning zararlanishi va
jabra to‘qimasining nekrozlanib tushib qolishi bilan xarakterla-
nadi. Kasallik G‘arbiy Yevropaning baliqchilik suv havzalarida
uchraydi. Bizda bu kasallik qayd etilmagan bo‘lsa-da, uning kelib
qolish xavfi bor. Sobiq Ittifoqning Ukraina va Rossiyaning bir
qancha viloyatlarida uchramoqda.
Etiologiyasi. Zog‘orabaliq, sazan va ularning gibridlari,
tovonbaliq, qumbaliq turdagi baliqlarning bronxiomikoz kasallik
qo‘zg‘atuvchisi bu Branchiomyces sanguinis Plehn, cho‘rtan-
baliqlarning qo‘zg‘atuvchisi Branchiomyces demigrans Plehn, lin
turdagi baliqlarda esa har ikkala turdagi zamburug‘lar parazitlik
qilishadi.
Branchiomyces sanguinis — spetsifik qon paraziti hisobla-
nadi. Zamburug‘larning giflari (ichidagi xuddi tuxumga o‘xshash
pushtlari) kuchli shoxlangan bo‘lib, qalinligi 8—30 mkm,
uzunligi 10—15 mkm ga teng.
Ular kurtak shaklida, odatda, yupqa bo‘lib, spora hosil
qilganida esa qalinlashadi. Kuchli shoxlangan (tarmoqlangan)
giflar faqat jabraning qon tomirlarida joylashadi hamda jabra-
ning bo‘lmalarida va nafas olish organining burmalarida bo‘ladi.
Branchiomyces demigrans zamburug‘ining mitseliysi daraxtsi-
mon shoxlangan giflardan iborat bo‘lib, po‘stlog‘i qalin ikki
konturli membrana shaklida, qalinligi 0,5—0,7 mkm, rivojla-
nishning oxirgi bosqichida 22—28 mkm gacha uzayadi. Gifning
eni 13—15 mkm. Giflar dastlab nafas oluvchi qatlamlardagi kapil-
larlarda, so‘ngra esa vena qon tomiriga kirib, uning yorilishi
natijasida jabraning biriktiruvchi to‘qimasiga kirib oladi va u yerda
o‘sishi davom etadi.

Download 7,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish